Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos ma’naviy xazinadir
🎭 Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonparvarlik va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.
🎉 Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 583 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.
🟢 Jumladan, kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Unda ulug‘ bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, xushovoz xonanda Yulduz Jonibekovaning jonli ijrodagi “Nurli Sayyoraning yorqin yulduzi” nomli madaniy dasturi ishtirokchilarga taqdim etildi.
👏 Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlarning ijrosi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barqaror rivojlanish maqsadlari yolidagi hamkorlik
🇺🇿 🤝 🇺🇳 Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal xonim, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti-FAOning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Sherzod Umarov hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi (SDG 2)ni qo‘llab-quvvatlash, xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
🟢 Shuningdek, Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi (SDG 2)ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan talabalarga ma’ruzalar qilindi.
✅ Shundan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida barqaror rivojlanish uchun strategik hamkorlik qilish bo‘yicha Memorandum imzolandi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerni boqsang – yer seni boqadi
🇺🇿 Yurtimizning deyarli barcha hududlarida mehnatidan baraka topayotgan tajribali dehqon xo‘jaliklari oz emas. Shunday mirishkor dehqon oilalardan biri, Buxoro viloyati Olot tumanidagi Nurobod mahallasida istiqomat qilayotgan Jalilovlar oilasi o‘z uyida 10 ortiq chorva mollari va 40 yaqin parrandani boqib, ulardan foyda olib kelmoqda. Mehnati ortidan ro‘zg‘orida sut, qatiq, qaymoq, go‘sht va tuxum kabi mahsulotlar yetarlicha zaxira qilinayotgani ko‘plar uchun ibrat.
🥬 Ayni kunda umumiy hisobda 70 sotixni tashkil etgan yer maydonida “duga”li issiqxonani barpo qilishib, tomorqadan barakali mahsulot yetishtirib kelishmoqda. Bu ekin yerining 7 sotixiga 3 ming tup “Barselona” sara naviga mansub gulkaram ekkan. Bultur noyabr oyida ekilgan nihol mart oyiga yaqin pishib yetiladi. Bundan tashqari, 200 gramm sara “Modera” navli pomidor urug‘idan bugunga kelib 40 ming tup nihol yetishtirilgan.
🧄 Shu bilan birga, o‘z tomorqasida xushxo‘r ismaloq, ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, shuningdek 40 kunda pishib yetiladigan mahalliy qovoq ko‘chatidan ham 1400 tup parvarishlanmoqda.
🤩 Ayni paytda xonadonning qolgan 25 sotix yerida esa oddiy mahalliy navga mansub karam parvarishlanmoqda. Qolaversa, bu dalaning bo‘sh maydonida bulg‘or qalampiri, baqlajon, pomidor ko‘chatlarini yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM