QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Shuhrat Otajonov – WSB universiteti faxriy professori

🇺🇿🤝🇵🇱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)da Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️ Polshalik mehmon Milliy markaz rahbariyatiga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi.

📖 Shundan so‘ng, WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga mazkur universitetning faxriy professori unvonini topshirdi.

🔝 Ushbu universitet Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta universitet ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda ushbu universitetda 3000 nafardan ziyod xorijiy talabalar tahsil oladi. Ular orasida 200 nafari o‘zbekistonlik talabalardir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi Sh.Otajonovni ushbu yuksak daraja bilan qutlab, ilm-fan rivoji hamda yurtimiz nufuzi va taraqqiyoti yuksalishiga qo‘shayotgan hissalarida ulkan zafarlar tilaydi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari

🟢 Bugun, Toshkent davlat agrar universitetida “Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda vazirlik tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.

✍️ Seminarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat rahbari Shamshod Ergashev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo’lim boshlig’i Nurali Oripov hamda mas’ul xodim Murod Fayziyevlar so‘zga chiqib, bugungi kunda matbuot xizmatlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashda muhim o‘rni xususida so‘z yuritdi.


🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "O‘zbekiston 24" telekanali orqali "Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish" sarlavhasi ostida tahliliy reportaj efirga uzatildi.

📈 Unda sohaga yangi raqamli texnologiyalarni joriy qilish asosida erishilayotgan yutuqlar, oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlash va eksport salohiyati haqida so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavalludinining 583 yilligi keng nishonlanmoqda

🪶Bugun o‘zbek xalqining milliy iftixori, adabiyot va ma’naviyatning komil timsoli, so‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiyning 583 yilligi keng nishonlanmoqda.

📖Mutafakkirning nafaqat boy ma’naviy merosi, balki iqtisodiy sohaga oid fikrlari ham hanuzgacha dolzarb, desak mubolag‘a emas. 1441–1501-yillarda yashab ijod qilgan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy o‘z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg‘usini uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan. Uning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari “Hiloliya” hisoblanadi. Qolaversa, Navoiy inson o‘zining halol mehnati bilan boylik jamg‘arishi va o‘ziga to‘q yashashi mumkinligini ta’kidlagan.

🔖Shuningdek, Hazrat Mir Alisher Navoiy bir qator asarlarida iqtisod bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etgan. Ularni mutolaa qilib, ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos ma’naviy xazinadir

🎭Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonparvarlik va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.

🎉Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 583 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

🟢Jumladan, kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ulug‘ bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, xushovoz xonanda Yulduz Jonibekovaning jonli ijrodagi “Nurli Sayyoraning yorqin yulduzi” nomli madaniy dasturi ishtirokchilarga taqdim etildi.

👏Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlarning ijrosi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barqaror rivojlanish maqsadlari yolidagi hamkorlik

🇺🇿🤝🇺🇳Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal xonim, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti-FAOning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Sherzod Umarov hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢 Unda Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi (SDG 2)ni qo‘llab-quvvatlash, xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi (SDG 2)ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan talabalarga ma’ruzalar qilindi.

Shundan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida barqaror rivojlanish uchun strategik hamkorlik qilish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM