Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко Қўшма баёнот қабул қилдилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида қатор икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.
—
По итогам прошедших переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко приняли Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония подписания ряда двусторонних документов.
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
По итогам прошедших переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко приняли Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония подписания ряда двусторонних документов.
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Diqqat viktorina!
Rasmdagi mevaning asl nomi nima?
Rasmdagi mevaning asl nomi nima?
Pitaya ekzotik mevasi
🤩 Ushbu meva Pitaya yoki ajdaho mevasi sifatida ham keng tanilgan bo’lib, kaktusda o‘sadigan ekzotik meva. Balandligi 2-10 metrgacha yetadi.
🌟 Po‘stlog‘i qizil, sariq yoki zangori ranglarda, eti oq yoki qizil bo'lib, mayda qora urug‘chalardan iborat. Ta'mi nafaqat shirin va tetiklantiruvchi, balki yengil iforga ham ega.
🌎 Pitaya asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Avstraliyaning ba'zi tropik va subtropik mintaqalarida yil davomida yetishtiriladi.
💊 Shuni ta'kidlash kerakki, pitaya immunitet tizimini va tananing umumiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan ko‘p miqdordagi vitamin, mineral va antioksidantlarga boy.
🏪 Pitayaning noyob va mazali mevasini yurtimiz bozorlari va turli do‘konlardan ham xarid qilishingiz mumkin.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🌟 Po‘stlog‘i qizil, sariq yoki zangori ranglarda, eti oq yoki qizil bo'lib, mayda qora urug‘chalardan iborat. Ta'mi nafaqat shirin va tetiklantiruvchi, balki yengil iforga ham ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuhrat Otajonov – WSB universiteti faxriy professori
🇺🇿 🤝 🇵🇱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)da Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✍️ Polshalik mehmon Milliy markaz rahbariyatiga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi.
📖 Shundan so‘ng, WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga mazkur universitetning faxriy professori unvonini topshirdi.
🔝 Ushbu universitet Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta universitet ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda ushbu universitetda 3000 nafardan ziyod xorijiy talabalar tahsil oladi. Ular orasida 200 nafari o‘zbekistonlik talabalardir.
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi Sh.Otajonovni ushbu yuksak daraja bilan qutlab, ilm-fan rivoji hamda yurtimiz nufuzi va taraqqiyoti yuksalishiga qo‘shayotgan hissalarida ulkan zafarlar tilaydi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari
🟢 Bugun, Toshkent davlat agrar universitetida “Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda vazirlik tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.
✍️ Seminarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat rahbari Shamshod Ergashev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo’lim boshlig’i Nurali Oripov hamda mas’ul xodim Murod Fayziyevlar so‘zga chiqib, bugungi kunda matbuot xizmatlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashda muhim o‘rni xususida so‘z yuritdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavalludinining 583 yilligi keng nishonlanmoqda
🪶 Bugun o‘zbek xalqining milliy iftixori, adabiyot va ma’naviyatning komil timsoli, so‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiyning 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
📖 Mutafakkirning nafaqat boy ma’naviy merosi, balki iqtisodiy sohaga oid fikrlari ham hanuzgacha dolzarb, desak mubolag‘a emas. 1441–1501-yillarda yashab ijod qilgan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy o‘z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg‘usini uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan. Uning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari “Hiloliya” hisoblanadi. Qolaversa, Navoiy inson o‘zining halol mehnati bilan boylik jamg‘arishi va o‘ziga to‘q yashashi mumkinligini ta’kidlagan.
🔖 Shuningdek, Hazrat Mir Alisher Navoiy bir qator asarlarida iqtisod bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etgan. Ularni mutolaa qilib, ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM