QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.5K photos
2.69K videos
7 files
9.36K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Пекин шаҳри Тяньаньмэнь майдонидаги Халқ йиғинлари уйида давлат ташрифи билан Хитойда бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В Доме народных собраний на площади Тяньаньмэнь города Пекина состоялась официальная церемония встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, пребывающего с государственным визитом в Китае.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Пекин шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг расмий делегациялар аъзолари иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди.

В Пекине состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина с участием членов официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xitoyda Qishloq xo‘jaligi vazirining yana bir maqolasi e'lon qilindi

📰Xitoy davlatining mashhur jurnallaridan biri hisoblangan "Xitoy" jurnalida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning "Innovatsiya — O'zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim qadam" nomli maqolasi chop etildi.

🟢Unda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi eng muhim yo‘nalishlar haqida, shuningdek, innovatsiya, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashuv masalalariga ham alohida urg‘u berilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олий даражадаги музокаралардан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин Қўшма баёнот имзоладилар.

По итогам переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания двусторонних документов. Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Председатель Китайской Народной Республики Си Цзиньпин подписали Совместное заявление.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ko‘kdalada tarvuz ekish ishlari qizg‘in pallada

🟢Hali qish faslining chillasi chiqmagan ayni kunlarda Ko‘kdala tumanida ertapishar tarvuz ekish ishlari davom etmoqda. Bu yerda mirishkor bobodehqonlarning tinimsiz izlanishlari evaziga tarvuzlar har yildagidan 5-6 kun avval pishib yetilmoqda.

Shu bois, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida tarvuz yetishtirish va tayyor hosilni birinchilardan bo‘lib bozorga chiqarish bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Hozircha ertaki tarvuz yetishtirishda ularning oldiga tushadigani yo‘q.

➡️Ko‘kdalaliklar ekkan tarvuzning pishishini hatto eksportchi korxonalar ham poylab turadi. Boisi, bu yerda yetishtirilgan tarvuzlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir.

📌2022-yilda tumanda 12 ming gektar yerda tarvuz yetishtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 20 ming gektarga yetkazilgan edi.

🍉Yetishtirilgan hosil va eksport hajmi ham shunga mos ravishda: 2022-yilda Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 300 tonna tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga oshdi. Bu yil ham mirishkor bobodehqonlarning rejasi ulkan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM