QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Germaniya: Berlindagi ʻʻYashil haftalik — 2024ʼʼ doirasidagi xalqaro ko‘rgazma

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🖇Jumladan, Surxondaryo viloyati Boysun tumani IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin xodimlari, veterinariya bo‘limi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi dehqon bozorlarida oziq-ovqat xavfsizligi va veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🟢Tadbir davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan parranda go‘shtlari tegishli tartibda mutaxassislar tomonidan yo‘q qilindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mavsum oldi qishloq xo‘jaligi texnikalari shay holatga keltirilmoqda

👨‍🌾 Texnika dehqonning qanoti. Ayniqsa, bugungi zamonda agrar sohani qishloq xo‘jaligi texnikalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dalada bajariladigan har bir agrotexnik tadbirda uning imkoniyati va kuchidan keng foydalaniladi.

🟢 Shu boisdan, 2024-yil bahorgi dala ishlarida jami 136 500 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlashi rejalashtirilgan.

🚜 Jumladan, texnikalarning umumiy miqdori 19 649 ta chopiq traktorlari, 19 130 ta kultivatorlar, 8 160 ta chigit ekish seyalkalari, 4 071 ta purkagichlar, 3 259 ta mineral o‘g‘it sepkichlar, 2 877 ta yer tekislagichlar, 4 623 ta chizellar va 74 631 ta tishli boronalarni tashkil etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" bo‘lib o‘tdi.

🟢Forum doirasida, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda ham joriy etish masalalari muhokama qilindi.

🟢Muxtasar aytganda, mazkur forum doirasida 34 ta hamkor tashkilotlar bilan qishloq xo‘jaligi fanlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“FAMSUN” kompaniyasi mamlakatimiz agrar sohasiga o‘z sarmoyasini kiritishga tayyor

🟢Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini rivojini zamonaviy ilm va izlanishsiz tasavvur etish mushkul. Hosildorlikni oshirishning turli usullari bor. Ammo sof tabiatiga zarar yetkazmay, mahsulotni organik yetishtirishda katta tajriba kerak.

Ayni Pekin uchrashuvlarining asosini ham yuqoridagi fikr ustuvorligi tashkil qildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yuksak texnologiyalar va innovatsion yechimga ega loyihalarni qo‘llash jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Hamkorlar va sheriklar bisyor. Ularning orasida ham o‘z kompaniyasi taraqqiyotini biz bilan birga ko‘rayotganlari oz emas.

🔰“FAMSUN” kompaniyasi shulardan biri hisoblanadi. Xitoylik ko‘ptarmoqli tadbirkorlik subyekti vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan muloqot stoliga o‘tirishiga ham yuqoridagi fikrlar zamin yaratdi. Chorvachilik uchun muhim bo‘lgan ozuqa bazasini yaratish va yurtimizda omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish, zaminimizda yetishtirilgan mevalarni qayta ishlash masalalari uchrashuv diqqat markazidan o‘rin oldi.

🤝Vazir mazkur ishlarni tashkil etish uchun o‘zaro manfaatli takliflarni o‘rtaga tashladi. O‘z navbatida, “FAMSUN” kompaniyasi rahbariyati mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Investitsiya kiritish va zamonaviy ishlab chiqarish majmualariga asos solinishi uchun kelishuvga erishildi. Zamonaviy dunyoda global miqyosda qadamlar hisob qilinadi. Bugungi uchrashuvning mohiyatiga qarasak ham ayni shunday.

➡️Kompaniya O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyoda ushbu yo‘nalishlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish niyatida. Bu maqsad va rejaning bir yo‘nalishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan qulay sarmoya muhiti va eng asosiysi istiqbolli bozor munosabatlari shakllanayotgan diyorimizda o‘z mavqei va o‘rinlariga ega bo‘lish niyatlari bor.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda John Deere "Starlink" sun'iy yo‘ldoshlari bilan aloqa qiladi

🛰 Deere & Company fermerlarga ilg‘or sun'iy yo‘ldosh aloqasi "SATCOM" xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha SpaceX bilan shartnoma tuzdi.

📶 Starlink tarmog‘idan foydalanish fermerlarga qishloq xo‘jaligi maydonlarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi. SATCOM yechimi yangi va mavjud mashinalarni internet va sun'iy yo‘ldosh terminallari orqali bog‘laydi. Bu avtonom, real vaqt rejimida ma'lumotlar almashish, masofaviy diagnostika va mashinistlarning o‘zaro aloqa qilishlari uchun qulaylik yaratadi.

🔗 Buni amalga oshirishda John Deere kompaniyasi mashinalarga Starlink terminalini, shuningdek, mashinani John Deere operatsion markaziga ulash uchun 4G LTE JDLink modemi o‘rnatiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM