QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekistonlik talabalar Amerikada amaliyot o'taydi

🟢Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor Aziz Abduvasikov USAID dasturining "Agrobiznesni rivojlantirish" loyihasi xodimi Asror Nazirov ishtirokida AQShning Missuri shtatidagi ikkita qishloq xo‘jaligi stansiyasida bakalavr, magistr va doktorantlarni stajirovka qilish uchun o'tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu bosqichda barcha ishtirokchilar yuqori darajadagi kasbiy va til ko‘nikmalarini namoyish etdilar. 20 nafar nomzod ishtirok etdigan ushbu tanlovning yakuniya natijalariga ko‘ra 10 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

❗️Bu esa o‘z navbatida Toshkent davlat agrar universiteti talabalarining AQShda amaliyot o‘tashlari va malaka oshirishlari uchun berilgan imkoniyatlarning boshlanishi demakdir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bulung‘urliklar ham tomorqada banan va o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirmoqda

🟢 Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani aholisi tomorqadan samarali foydalanishning hadisini olganlardan. Mahalliy aholi birgina tomorqaning o‘zidan har yili yaxshi daromad olib kelmoqda.

Jumladan, Sarqipchoq mahallasida yashovchi Erkin Xolmamatov 2023-yilning bahor oylarida shaxsiy tomorqasining 8 sotix maydonida issiqxona tashkil qilib, limon va pakana bo‘yli (karlik), serhosil banan ekib, mo‘maygina daromad oldi.

🌳Bir yillik limon daraxtidan hozirgi kunda 1 tonnaga yaqin hosil olingan bo‘lib, sof daromadning o‘zi qariyib 26 mln so‘mga bormoqda. Tomorqa egasining so‘zlariga ko‘ra, dastlab 10 tup ekilgan banan daraxti, hozirgi kunga kelib 50 tupga yetkazilgan. Birinchi terimdan 400 kg hosil olingan bo‘lib, 15 mln so‘mga sotilgan.

📌Shuningdek, tumanning Sayltepa mahallasida yashovchi Keldibek Rabbimqulovning shaxsiy tomorqasida Ozarbayjon tajribasi asosida o‘rmon yong‘og‘i (findiq) daraxtlari parvarishlanib kelinmoqda.

❗️O‘rmon yong‘og‘ining yaxshigina iqtisodiy foyda keltirishi hech kimga sir emas. Shu bois tumandagi boshqa tomorqachilar ham o‘rmon yong‘og‘ini ko‘paytirish niyatida.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢“Yeri boyning – eli boy”, deydi xalqimiz. Inson yashashi, rizq topishi, turmushini farovon qilish uchun undan unumli foydalanmog‘i lozim.

Yerning har qarichi – oltinga teng. Zero, hamma vaqt tiriklik manbai bo‘lib kelgan yerdan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning zaruriy sharti, farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rivojlantirish strategiyasi – kelajak poydevori

🟢Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilib, muhokama qilindi.

🔰Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jarayonida “Tezkor sinov”lar laboratoriyasini rekonstruksiya qilish, 7 ta sinov stendi va 26 ta o‘lchash vositalarini xarid qilish hamda 4 ta sinov treklarini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Texnik topshiriq”lar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” mutaxassislari bilan birgalikda mukammallashtirildi va tender savdolariga taqdim etildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – Markazni bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Xalilov Safarali Akbaraliyevich
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Kompleans nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM