QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Konstitutsiya – kelajagimizning ishonchli kafolati

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillgi 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Shu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirini Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga ham alohida to‘xtalib, madhiyamizning qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otishini hamda bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘ylari mujassam ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

#konstitutsiya #bayram_tadbiri

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xodjayev va Belarus Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. Zayts hamraisligida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10-majlisi boʻlib oʻtdi.

Vazirlik va boshqarmalar, sanoat birlashmalari, savdo-sanoat palatalari va ikki mamlakat moliya institutlari rahbarlari qatnashgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligidan vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

Uchrashuv chogʻida ikki davlat qishloq xoʻjaligi vazirliklari qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “Yoʻl xaritasi”ni yangilashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarlarining o‘rinbosarlari “Ikki davlat axborot tizimlarini o'simliklar karantini sohasiga integratsiya qilish to‘g‘risida”gi Bayonnomani imzoladilar. Bundan tashqari, 5-dekabr kuni O‘zbekiston-Belarus biznes-forum tashkil etildi. Unda yurtimizning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi yirik tadbirkorlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida agrar sohada bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi

Bu yil Konstitutsiya qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z bordi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarida yer islohotlarni rivojlantirish, yerlar bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning yer tuzish va huquqshunoslik yo‘nalishidagi xalqaro konsultantlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Adliya vazirligining ushbu yo‘nalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Seminar doirasida amalga oshirilgan ishlar ham har tomonlama tahlil qilinib, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yaratilgani ham qayd etildi.

#yer_resurslari #rivojlantirish

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM