QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Live

Ayni paytda InterContinental Tashkent-IHG (Trilliant) mehmonxonasida "O'zbekiston agrar oziq-ovqat sektorini rivojlantirishda hamkor tashkilotlar o'rtasida muvofiqlashtiruvchi yig'ilish" bo'lib o'tmoqda.

📌 Unda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, O'zbekistonning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorini qo'llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan yetakchi davlat tashkilotlari va xalqaro hamkor tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlikning yangi bosqichi sari

Samarqand shahrida o’tkazilayotgan O’zbekiston-Belarus biznes forumi doirasida O’zbekiston-Belarus delegatsiyasi Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joylashgan sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Pure Milk” MCHJ korxonasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida korxonada sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shundan so’ng ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va kelajakda amalga oshiriladigan loyihalari taqdimoti bo’lib o’tdi.

Ta’kidlash kerakki ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona hamkorlik aloqalari o’zining samarasini bermoqda. Joriy yilning o’n oyi yakunlariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshgani ham buning ifodasidir.

O’zbekiston-Belarus biznes forumi doirasida mahalliy va belorus tadbirkorlari o’rtasida B2B uchrashuvlari tashkil qilindi. Ushbu uchrashuvda qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha 50 dan ortiq mahalliy va beloruslik 10 dan ortiq tadbirkorlar o’rtasida uchrashuv hamda yuzma-yuz muloqotlar bo’lib o’tdi.

Forum doirasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mahalliy korxona rahbarlari va beloruslik tadbirkorlar o’rtasida go’sht va sutni qayta ishlash, qandolat mahsulotlari, meva-sabzovotlar, vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'nalishlari bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda tomonlar o’zlarini qiziqtirgan yo’nalishlar bo’yicha fikr almashishdi. Jumladan, korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlaring namunalari, prays listlari, assortimentlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlarni yetkazib berish va boshqa tegishli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida taraflar kelgusida mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolanishi bo’yicha kelishib olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya – kelajagimizning ishonchli kafolati

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillgi 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Shu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirini Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga ham alohida to‘xtalib, madhiyamizning qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otishini hamda bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘ylari mujassam ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

#konstitutsiya #bayram_tadbiri

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xodjayev va Belarus Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. Zayts hamraisligida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10-majlisi boʻlib oʻtdi.

Vazirlik va boshqarmalar, sanoat birlashmalari, savdo-sanoat palatalari va ikki mamlakat moliya institutlari rahbarlari qatnashgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligidan vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

Uchrashuv chogʻida ikki davlat qishloq xoʻjaligi vazirliklari qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “Yoʻl xaritasi”ni yangilashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarlarining o‘rinbosarlari “Ikki davlat axborot tizimlarini o'simliklar karantini sohasiga integratsiya qilish to‘g‘risida”gi Bayonnomani imzoladilar. Bundan tashqari, 5-dekabr kuni O‘zbekiston-Belarus biznes-forum tashkil etildi. Unda yurtimizning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi yirik tadbirkorlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida agrar sohada bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM