QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
FARM MACHINE-2024 g‘oliblari

Germaniyaning Gannover shahrida 12-18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan "AGRITECHNIKA-2023" qishloq xo‘jaligi ko'rgazmasida qishloq xo‘jaligi texnikasining ko‘plab qiziqarli namunalari namoyish etildi. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, ushbu ko'rgazma doirasida TOTY-2024(“Eng yaxshi traktor 2024”) hamda "Eng yaxshi innovatsion texnologiya" kabi bir qator tanlovlar o'tkazildi.

Huddi shunday tanlovlardan biri bu — "FARM MACHINE-2024".

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi boʻyicha dunyodagi eng yirik "FARM MACHINE-2024" tanlovi tashkilotchilari (ilgari “Yil mashinasi” deb nomlangan) natijalarni sarhisob qildi va barcha gʻoliblarni nominatsiyalar boʻyicha e'lon qildi. Natijalar Germaniyaning Gannover shahridagi Agritechnica-2023 qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida e'lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, bu yil “Eng yaxshilar ichida eng yaxshisi” nominatsiyasi uchun 37 ta yangi agrotexnologiya mahsulotlari raqobatlashdi.

FARM MACHINE-2024 g‘oliblari:

Eng yaxshi yuqori quvvatli traktor - CLAAS Xerion 12;
muqobil yoqilg'idan foydalanadigan eng yaxshi yuqori quvvatli traktor - suyultirilgan tabiiy gaz LNGda ishlaydigan New Holland T7 Methane Power LNG;
o'rta quvvat sinfidagi eng yaxshi traktor - Fendt 600 Vario;
eng yaxshi ixcham traktor - Case IH Farmall 75C Electric;
eng yaxshi kombayn - New Holland CR 11;
eng yaxshi yem-xashak yig'ish mashinasi Kuhn FC 13460 RA;
eng yaxshi treyler/yarim tirkama - OptiGrass bilan Krone ZX;
ildiz ekinlari bilan ishlash uchun eng yaxshi mashina Grimme EVO 290 hisoblanadi;
eng yaxshi tuproqqa ishlov berish texnologiyasi Vaderstad TopDown;
eng yaxshi ekish kompleksi Amazone Precea-TCC;
o'simliklarni himoya qilish vositalari va o'g'itlarni qo'llash uchun eng yaxshi qurilma Horsch Leeb Xeric 14 FS pnevmatik o'g'it distribyutori;
agrosanoat majmuasini raqamlashtirish bo‘yicha eng yaxshi loyiha – 3A ADVANCED AUTOMATION AUTONOMY platformasi – CLAAS, AgXeed va Amazone;
Tomoshabinlar e'tirofi- Fendt 600 Vario.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosi ta'minlanmoqda

🌱 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi “Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 91-son qarori 3-bandi ijrosi yuzasidan Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, bugungi kunda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi 6 ta korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar birja savdolari orqali sotilmoqda va bu qishloq xo'jaligi mahsulotlarini talab darajasida yetishtirish imkonini beryapti.

📌 Sotib olingan mineral o‘g‘itlar yer egalari tomonidan maxsus yopiq omborxonalarda xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda saqlanishi belgilab qo‘yilgan.

2024-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yetkazib beriladigan azotli o‘g‘itlar miqdori 800 ming tonna, fosforli o‘g‘itlar 242,7 ming tonna va kaliyli o‘g‘itlar 80,40 ming tonna qilib belgilangan.

#azot #fosfor #kaliy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi qanchani tashkil etgan?
Anonymous Poll
33%
282,7 trln so‘m
31%
292,7 trln so‘m
15%
255,8 trln so‘m
13%
266,7 trln so‘m
8%
270,5 trln so‘m
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

📝Tashrif davomida, universitetning iqtidorli talaba-yoshlari bilan suhbatlashish bilan bir qatorda, turar joy binosida talabalar uchun yaratilgan sharoit, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🏢Qolaversa, Toshkent davlat agrar universiteti hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan yangi talabalar turar joyi binosi bilan tanishdi.

#vazir #tashrif #agrar #turar_joy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI IMKONIYATLARI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇦🇫 Xabar berganimizdek, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Kuni kecha delegatsiya vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarinig fitosanitariya xavfsizligini ta’minlashda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda delegatsiya vakillariga Agentlikning tashkil topish tarixi va uning faoliyati davomida orttirgan zamonaviy tajribasi hamda tizimda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

🔰 Shuningdek, uchrashuv davomida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini tatbiq etish va sohani malakali kadrlar  bilan ta’minlashda hamkorlik qilish takliflari o‘rtaga tashlandi.

🔗 Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari agentlikning markaziy fitosanitariya laborotoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
 
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sifatli mahsulot yetishtirish, hosildorlikni oshirish, dunyo bozorini ekologik toza oziq-ovqat bilan ta'minlashda tuproq sifati va uning unumdorligini oshirish asosiy vazifalar qatorida turadi. Bunga erishmasdan turib, bugungi kundagi dolzarb oziq-ovqat xavfsizligini to'laqonli ta'minlash qiyin.

Qishloq xo'jaligi yerlarining holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish yurtimizda muhim masalalardan biri. Qolaversa, unumdor tuproq — serhosil va sifatli mahsulot degani. Dehqon qancha ko'p hosil olsa, daromadi shuncha oshib boraveradi.

Tuproq degradatsiyasi tuproqlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar populyatsiyalarining kamayib ketishida ham ko'rinadi. Ushbu muammoni yechimi bugungi infografikada keltirilgan.

#infografika #hosildiorlikni #ekologik_toza

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

🔹Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Respublikaning barcha hududlarida ona tabiatni yashillik va tabiiylik bilan boyitish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

💼 "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Respublikamizda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi Oltiariq tumanidan Qashqadaryo viloyatiga 1 000 tup uzum qalamchalari yetkazib berilgan edi.

😊Institutning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan esa "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida 1 000 dona uzum qalamchalari hamda 2 000 ta terak ko'chatlari ekildi.

🌿 Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Yashil makon" umumilliy loyihasida institutning barcha hududiy bo'linmalari xodimlari faol ishtirok etib kelishmoqda.

#yashil_makon #umummilliy_loyiha

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM