QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Yoshlarning muammolari o‘rganildi

Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yo‘lida o‘z g‘oya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda.

🖥Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ham yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida bir qator amaliy choralar olib borilmoqda.

📝Jumladan, joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashish maqsadida Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurdi.

Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot bo‘lish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmog‘i lozim.

#Angren #yoshlar #muammo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI DARAXT EKISH MAVSUMI DAVOM ETMOQDA

📆 2021-yil noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

🌳 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi uzumchilik, bog‘dorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ezgu maqsad yo‘lida, tabiatni asrab qolishga oz bo‘lsada o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda. Umumiy hisobda 350 dan ortiq manzarali daraxtlar xodimlar tomonidan o'tqazilmoqda.

🌲 Institut xodimlari ekayotgan mojjevelnik, kipares navli, manzarali daraxt ko'chatlari o'zidan yuqori darajada kislorod chiqaribgina qolmay, atrof muhit go'zalliga ham o'z hissasini qo'shadi.

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida belgilangan maydonlarga manzarali, mevali ko‘chatlarini har bir hududning tuproq-iqlim, suv ta’minotidan kelib chiqib ekish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, tavsiyalar va takliflar berilmoqda.

#yashil_makon #daraxt_ekish #kuz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston 24” telekanalida To‘qsonbosti ekinlar – mo‘l hosil garovi sarlavhasi ostida "Maxsus reportaj" efirga uzatildi.

Unda Farg‘ona viloyati bo‘yicha 54 ming gektarga bog‘ qator oralariga kuz mavsumida piyoz, sarimsoqpiyoz va rezavorlar ekilishi rejalashtirilgani, jumladan, Bag‘dod tumanidagi 56 ta MFY hududlarida joylashgan bog‘ qator oralig‘larining 2 ming 300 gektar maydonlariga to‘qsonbosti usulida ekinlar ekilib, parvarishlanayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGIDA YANGI MOBIL ILOVA ISHGA TUSHDI

Yer egalari, fermer xo'jaliklari, eksportyor, importyorlar uchun yangilangan «Agroko'makchi» maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi.

Endi fermer yoki dehqonlar zarurat bo‘lganda telefon orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

Mobil ilovada
zararli organizmlar, begona o‘tlar haqida batafsil ma’lumot;
ularga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar;
sinov va ro‘yxatdan o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar;
eksport uchun ochilgan bozorlar;
hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
tuproqni agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchi laboratoriyalar;
o‘simlik klinikalari;
qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma’lumotlar jamlangan.

Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirish va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirish ham mumkin.

“Qidiruv” menyusi yordamida ma’lumotlarni osongina topib olish mumkin bo'ladi.

🛒 "Agroko'makchi" ilovasini 🛒Play market va
🛒 App store platformalaridan yuklab olish mumkin.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov “Textile Technologies Group” paxta-to‘qimachilik klasterida bo'ldi.

B.Oxunov tashrif davomida, Toshkent viloyati paxta to'qimachilik klasteri rahbarlari bilan uchrashdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi mexanizmlar mazmun-mohiyati, klasterlarning muammo va takliflari o‘rganildi.

🏠Jumladan, klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

📌Darhaqiqat, bugun hayotning o‘zi yangi innovasion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda.

🔗Binobarin, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini yaratish va tomorqa xoʻjaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Taʼbir joiz boʻlsa, ushbu yangi tuzilma oʻtgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayveriga aylandi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham koʻproq ahamiyat berilayotganining boisi ham shunda.

📝Boshqacha aytganda, bu tizim dehqonlarimiz, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni oʻrgatdi. Hosildorlik, daromadni oshirdi.

#klaster #muloqot

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQSHUNOSLIKDA – INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILDI


📈 Ma’lumki, hozirgi kunda tuproq tahlillarini amalga oshirishda yuqori aniqlik va tezlikka ega bo‘lgan yangi zamonaviy uskunalardan keng foydalanish qishloq xo‘jaligida, xususan, yer resurslarining asosini tashkil etuvchi tuproqlardan samarali va oqilona foydalanish, mavjud muammolarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.

🌱 So‘nggi yillarda Innovatsion rivojlanish agentligi  tomonidan sohada ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda.

🔼Xususan, o‘tgan davr mobaynida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga xorijdan yuqori texnologiyalar olib berildi.

Tuproq namunalarini tahlil qilishda Germaniyadan keltirilgan Agilent 5800 ICP-OES spektrometridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur uskuna namuna tahlili paytida IntelliQuant butun to‘lqin uzunligi diapazoni bo‘ylab ma'lumotlarni to‘playdi va keyin ulardan namunadagi 70 tagacha element konsentratsiyasini hisoblash uchun foydalanadi.

#innovatsiya #tuproqshunoslik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM