“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVI DOIRASIDA HUDUDIY BO‘LINMALAR O'RTASIDA SARALASH BOSQICHI O'TKAZILDI
Kecha, 16-noyabr kuni Toshkent davlat Agrar unversitetida tashkil etilgan “Istiqbol umidlari” tanlovining navbatdagi turida Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalarining yosh xodimlardan iborat 6 ta jamoa o‘rtasida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, ushbu tanlovning asosiy maqsadi vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh istiqbolli xodimlarni aniqlab, vazirlikning amaldagi nomzodlarining zaxirasiga kiritish hamda kelajakda ushbu istiqbolli xodimlar bilan tizimli ishlash, shuningdek, mazkur tanlov g‘oliblarini kelajakda xalqaro hamjamiyatga nomzod xodim sifatida taqdim etilishi haqida taʼkidlab o‘tdi.
Tanlov nizomiga asosan, 3 ta shart bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Orol shamoli”, Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Xorazm”, Navoiy viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Umidli yoshlar”, Buxoro viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Buxoro yoshlari”, Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining «Qashqadaryo yoshlari», Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Kreativ” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoasi 1-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Orol shamoli” jamoasi 2-o‘rin hamda Buxoro viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Buxoro yoshlari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqada ishtirok etgan jamoalarga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍎Mazkur olma O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari hududlarida ekiladi. O‘sish davri 220-250 kun, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi.
Mevalari yumaloq-yassi shaklda, yashilsimon-sariq rangli, biroz pushti rangdagi xoli bor. 3-4 yilda hosilga kiradi.
📅Avgust oyining oxiri, sentabr oyining boshlarida mevasi to‘liq pishib yetiladi. Nordon-shirin taʼmli bo‘lib, mevasi 30-40 kun davomida saqlanishi mumkin va transportda tashishga chidamli. Intensiv bog‘lar uchun juda maqbul navdir.
🍎Этот сорт выращивается во всех регионах Узбекистана.
Вегетационный период составляет 220-250 дней, высота куста достигает 3-4 метров.
Плоды округло-плоской формы, зеленовато-желтые с розовым оттенком.
📅Созревают плоды в конце августа – начале сентября. Вкус кисло-сладкий, плоды могут храниться 30-40 дней, устойчивы к транспортировке.Сорт также подходит для интенсивных садов.
#agro #mantet #olma #bu_qiziq #hosildorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 195-son majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari davlat xizmatchilari va Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Milliy Gvardiya orkestri tomonidan davlat madhiyasining jamoaviy tarzda jo‘r bo‘lib ijro etilishi barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragandan so'ng tadbirni Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berib, bayram munosabati bilan o'zining iliq tilaklarini bildirib o'tdi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi dotsenti Oybek Ostonovning “Davlatimiz bayrog‘i – milliy g‘urur va faxrimiz!” mavzusidagi videotaqdimot ma’ruzasi asosida vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarda davlat xizmatchilari uchun ma’rifiy soatlar hamda oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun “Axborot-murabbiylik soat”lari o‘tkazildi.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM