QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌱 “Surum” yanada obod makonga aylanmoqda

O‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni obod, farovon maskanga aylantirish har bir fuqaroning, farzandning muqaddas burchidir. Ushbu yuksak vazifani ado etish hamda yurtimizning ekotizimini saqlab qolish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu xayrli va ezgu maqsadni ko‘zlagan loyihaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ham o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qilishdi.

🌳Korxona vakillari shijoati bilan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi «Surum» MFY ga qarashli yer maydoni manzarali va mevali ko‘chatlar bilan yana-da obod va xushmanzara makonga aylanadigan bo‘ldi. Albatta, bu manzilga ko‘chat ekishdan oldin hududning iqlim sharoiti eʼtiborga olindi, shunga ko‘ra, daraxt ko‘chatlari tanlandi. 400 tupdan ortiq ko‘chatlar aynan ushbu maskan uchun munosibligi tasdiqlangach, yaxshi niyat bilan yerga ekildi.

🌟 Yaxshidan bog‘ qoladi deydi, xalqimiz. Bugun ko‘chat ekib, bog‘ yaratayotgan xalqimiz kelgusida avlodlarga go‘zal bo‘ston qoldirishi, shubhasiz.

#surum #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston–Belarus: hamkorlikning yangi bosqichlari

🔗Kuni kecha Qishloq xoʻjaligi vazirligi majlislar zalida Belarus-Oʻzbekiston ishchi guruhining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qahramon Yuldashev va Belarus Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri oʻrinbosari Smilgin Ivan oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.

📌Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi savdosi, fan va agrar taʼlim sohasida yaqin hamkorlik oʻrnatilgan, shuningdek, chorvachilik, veterinariya va oʻsimliklar seleksiyasi sohasida faol oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

🖥Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda Q.Yuldashev Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi sohasida ham juda katta koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilayotgani, bu esa mamlakatlarimiz uchun birdek manfaatli ekanini eʼtirof etdi.

🟢Qolaversa, Belorussiyaning “Yagodka” fermer xoʻjaligida “in-vitro” usulida yetishtirilgan golubika koʻchatlarining elita navlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida golubika yetishtirish boʻyicha eksperimental koʻrgazmali maydon yaratish loyihasi kelishib olindi.

🏫Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi.

#agrar #belarus #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va FAO: hamkorlikning istiqbolli odimlari

Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dunyuy bilan videokonferensaloqa orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

🟢Unda amaldagi hamkorlik va 2024-yilga moʻljallangan rejalar muhokama qilindi. Qolaversa, FAO kelasi yil hamkorlikda mintaqaviy va hamkorlik forumlarini tashkil etish masalasidagi hayrihohlik masalalarini oʻrtaga tashladi.

🔗Aytish kerakki, bugungi kunga qadar, FAO bilan hamkorlikdagi boshlangan loyihalar paketi, 69 ta milliy va mintaqaviy loyihalar doirasida 72 million AQSH dollarni tashkil etadi.

📌Maʼlumot uchun Oʻzbekiston FAOga 2001-yil 2-oktyabrda aʼzo boʻlgan boʻlib, 2014-yildan buyon mamlakatimizda oʻz vakolatxonasi faoliyat olib bormoqda.

#agrar #FAO #muloqot

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston-Fransiya: oʻzaro ishonchga asoslangan manfaatli hamkorlik yoʻlida

🤝Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Bugungi kunda ham oʻzaro manfaatdorlik va hurmatga asoslangan doʻstona munosabatlar jadal rivojlanmoqda.

📝Jumaladan, qishloq xoʻjaligi sohasida ham hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
Mana shunday amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muloqot Qishloq xoʻjaligi vazirligida boʻlib oʻtdi.

Unda vazir Ibrohim Abdurahmonov va “zoom” platformasi orqali Fransiyaning “Rungis-Semmaris” kompaniyasi vakillari, loyihaga aloqador mutasaddilar ishtirok etdi.

🟢Muloqot asosini Fransuz kompaniyasi hamkorligida Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida agrologistika komplekslarini tashkil etish masalalari tashkil qildi.

📌Konstruktiv ruhda oʻtgan muloqot, samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.

#agrar #Fransiya #agrologistika #muloqot

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida necha tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilganligi yuzasidan so'rovnoma o'tkazgan edik.

So'rovnomada umumiy 302 kishi ishtirok etgan bo'lib, ularning aksariyati 1,2 mln tonna javobini belgilashgan.

Umuman olganda, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM