QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston va Yaponiya: hamkorlikning yangi bosqichlari

Joriy yilning 13-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Yaponiya Qishloq xo‘jaligi milliy ilmiy markazi (NARO) O‘simliklar genetik resurslari Genbanki direktori o‘rinbosari doktor Komoto Natuo o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikning yangi bosqichi hamda sabzavotchilik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Aytish kerakki, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni amalga oshirish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan bugungi uchrashuv ham so‘zimiz ayni isboti.

Unda, O‘zbekistonda sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishning ilmiy asoslangan zamonaviy, yanada samarali resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda eksportbop elita nav va duragaylarni yaratish, shuningdek, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarishga joriy qilish, o‘simliklar genetik resurslarini ekspeditsiyalar asosida yig‘ib olish, saqlash va seleksiya uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida fikrlar almashildi.

📝Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki Dunyoning top 10 ta eng yirik genbanlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u yerda 230 mingdan ziyod o‘simlik navi namunalari saqlanadi.

🔗Muzokaralar yakunida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, sabzavotchilik sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, shubhasiz.

#agrar #hamkorlik #NARO #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi

Bugungi jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yoʻlida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ana shunday ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil boʻlmoqda.

🖋Shu kabi maqsadlar yoʻlida markazda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi bog‘i”ga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

🌳 Xususan, bog‘ga 120 tupdan ortiq mevali daraxtlar (olma, anor, behi), bundan tashqari qaragʻay va terak kabi manzarali daraxtlar ham ekildi.

🔊 Bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

#yashil_makon #sertifikatlash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi

Bugun, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🖥Uchrashuv davomida agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik, paxtachilik tarmog‘ining yangi istiqbollari yuzasidan mavjud kelishuvlar va klasterlar faolyaitini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

📌Suhbatda aynan paxtachilik tarmog‘i va klasterlar faoliyatini modernizatsiya qilish, bugungi kunga qadar yechimini topmagan bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

📝Uchrashuv yakunida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada jadallashtirish va kelgusida hamkorlikda yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

#agrar #jahon_banki #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜 AGRITECHNICA-2023”: ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI NAMOYISHI

12-noyabr kuni Gannover shahrida qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan “AGRITECHNICA-2023” xalqaro qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ko‘rgazmasi ochildi.
 
📈 18-noyabrgacha davom etadigan ko‘rgazmada qishloq xojaligi mashinasozligining barcha yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalarning innovatsiyalari, jumladan 52 davlatdan tashrif buyurgan yirik ishlab chiqaruvchilarning 2810 ta texnikasi umumiy maydoni 386 ming kvadrat metr bo‘lgan jami 24 ta pavilyonda namoyish etilmoqda.

👥 Tadbir 135 mamlakatdan 400 000 dan ortiq ishtirokchilarni o‘zida jamlagan.

#zamonaviy_texnika #innovatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜 AGRITECHNICA-2023”: ДЕМОНСТРАЦИЯ СОВРЕМЕННОЙ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ

12 ноября в городе Ганновере открылась международная выставка сельскохозяйственных технологий "AGRITECHNIСA-2023", посвященная инновациям в сельском хозяйстве.
 
📈 С 12 по 18 ноября на выставке представлены инновации ведущих предприятий во всех областях сельского машиностроения, включая 2 810 экспонатов из 52 стран общей площадью 386 000 квадратных метров, расположенных в 24 павильонах.

👥 В мероприятии участвуют более 400 000 участников из 135 стран.

#современная_техника #инновация

Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Surum” yanada obod makonga aylanmoqda

O‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni obod, farovon maskanga aylantirish har bir fuqaroning, farzandning muqaddas burchidir. Ushbu yuksak vazifani ado etish hamda yurtimizning ekotizimini saqlab qolish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu xayrli va ezgu maqsadni ko‘zlagan loyihaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ham o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qilishdi.

🌳Korxona vakillari shijoati bilan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi «Surum» MFY ga qarashli yer maydoni manzarali va mevali ko‘chatlar bilan yana-da obod va xushmanzara makonga aylanadigan bo‘ldi. Albatta, bu manzilga ko‘chat ekishdan oldin hududning iqlim sharoiti eʼtiborga olindi, shunga ko‘ra, daraxt ko‘chatlari tanlandi. 400 tupdan ortiq ko‘chatlar aynan ushbu maskan uchun munosibligi tasdiqlangach, yaxshi niyat bilan yerga ekildi.

🌟 Yaxshidan bog‘ qoladi deydi, xalqimiz. Bugun ko‘chat ekib, bog‘ yaratayotgan xalqimiz kelgusida avlodlarga go‘zal bo‘ston qoldirishi, shubhasiz.

#surum #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM