10-noyabr — Butunjahon ilm-fan kuni
📍 Toshkent davlat agrar universitetida “Butunjahon ilm-fan kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan “Agrar ilm-fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Vazirlik tizim tashkilotlari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va fermerlar ishtirok etishdi.
🌍 Ushbu sana 2001-yilda UNESCO tashkiloti tomonidan ma’qullanib, 10-noyabr sanasini “Butunjahon ilm-fan kuni” deb rasman tasdiqlangan.
#ilm_fan #UNESCO #agrar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
#ilm_fan #UNESCO #agrar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muzrabotda eksportbop sholi yetishtirilmoqda
✅ Maʼlumki, har bir hudud aholisini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni hamda hudud eksport salohiyatini oshirishni ko‘zlab, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni o‘zlashtirmoqda. Jumladan, mana shu maqsad yo‘lida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ham sifatli guruch yetishtirish borasida yirik salohiyatga ega klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🏠 Ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlayotgan "SCT CLUSTER SHOLI" klasteri uchun 20 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Nafaqat mahalliy bozorlarimizni taʼminlashni, balki sifatli mahsulotini xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan klaster yiliga 60 ming tonna mahsulot yetishtirish va qayta ishlash quvvatiga ega.
📌Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Joriy yilda klaster tomonidan 9000 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 25 410 tonnaga yetkaziladi.
🟢 Shuningdek, klasterda 1800 tonna birinchi navli un ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Korxonada 1500 nafar doimiy va mavsumiy ishchilar faoliyat yuritadi.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
📌Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Joriy yilda klaster tomonidan 9000 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 25 410 tonnaga yetkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agrar sohadagi hamkorlikning yangi bosqichlari
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Xitoyning “BGI group” kompaniyasi vitse-prezidenti Ning Li o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, “BGI group” kompaniyasining genetika va genomika sohasidagi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish va mazkur sohada ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va kelgusida ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining malaka oshirishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda cho‘l muammolari muhokama qilindi.
Aytish kerakki, “BGI group” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hayot fanlari va genomika sohasida faoliyat yuritadigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Maʼlumot o‘rnida, “BGI group” kompaniyasining dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud bo‘lib, sog‘liqni saqlash, resurslarni tejash va huquqiy xizmatlarini bo‘yicha turli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Muzokaralar natijasida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, respublikamizda genetika va genomika sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, albatta.
#agrar #hamkorlik #BGI #vazirlik

🔰 Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, 150 tup tokning (ketmon sofi, kelin barmoq, toyfi) ko'chatlarini ekishdi.
Institutda faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘zlariga ajratilgan hududda tok ko‘chatlarini ekishdi.
🌳 Tuproqshunos olimlarning ta’kidlashicha mazkur “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbiri, avvalo, jannatmakon yurtimizni yanada yashillikka burkanishida asosiy omil bo‘lishiga xizmat qiladi, balki tuproqlarimizda tabiiy va antropogen ifloslanish ta’sirida yuzaga kelayotgan ekologik tahdidlarning salbiy oqibatlaridan himoya qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi.
#yash_makon #tuproqshunoslik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI SHUDGOR — KELGUSI YIL HOSILIGA PUXTA ZAMIN
🌾 Ma’lumki, ekinlardan mo‘l hosil yetishtirishda kuz mavsumidagi shudgor ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytishmagan. Darhaqiqat, o‘z vaqtida obi-tobida yetilgan yerni shudgorlash bu tuproq strukturasini yaxshilashga hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan kafolatli va yuqori hosil yetishtirishga imkoniyat yaratadi.
🚜 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yerni o‘z vaqtida, kuz mavsumida shudgorlanishi tuproqning ham nafas olishiga ham strukturasi yaxshilanib, qish mavsumi davomida me’yorida yetilib, kelgusi yil uchun mo‘l hosil olishiniga zamin yaratadi. Shuningdek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor va pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi, uning sifati doimo nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi.
🔸 Ayni kunlarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi yerlarida shudgorlash jarayonlari olib borilmoqda. Ushbu o‘ziga xos agrotexnik tadbirning ahamiyati va bu agrotadbir ishlarida talab qilinadigan shartlar haqida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Shavkat Ravshanovni fikrlari bilan qiziqdik.
#hosil #kuzgi_shudgor

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“BUTUNJAHON ILM-FAN KUNI” MUNOSABATI BILAN “AGRAR ILM-FANI TARAQQIYOT VA BARQARORLIK UCHUN” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
“Butunjahon ilm fan kuni” joriy etishdan asosiy maqsad:
• jamiyat taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida ilm-fan ahamiyatli ekanligini keng jamoatchilikka yetkazish;
• ilm-fan yutuqlaridan umumiy foydalanish borasida turli mamlakatlar bilan hamkorlikda xalqaro va milliy birdamlik va hamfikrlikni qo‘llab-quvvatlash;
• ilm-fan yutuqlarini jamiyat manfaatlari uchun yo‘naltirish borasida milliy va xalqaro tajribalar natijadorligini oshirish;
• ilm-fan yo‘lidagi muammolarga jamiyat e’tiborini jalb etish va ilmiy yechimini topish hamda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash demakdir.
#anjuman #ilm_fan