Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishdagi istiqbolli vazifalar belgilab olindi
Baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talab yildan yilga ortmoqda. Shu bois, mamlakatimizda baliqchilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Baliq yetishtiruvchi tadbirkorlarga bir qator imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.
Baliqchilikning rivojlanishi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash barobarida, aholini baliq tarkibidagi yuqori sifatli oqsillar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Xususan, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayogan XVI-Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonovning Rossiya Federatsiyasi Federal baliqchilik agentligi rahbari Ilya Shestakov bilan baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida baliqchilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, muloqot asosini intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va rag‘batlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilish, baliqchilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif tashkil etdi. Tomonlar baliqchilikka ixtisoslashtirilgan klasterlar tashkil etish istiqboli haqida muloqot qildilar.
Bundan tashqari, Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
#qishloq_xojaligi #hamkorlik #baliqchilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON – NIDERLANDIYA: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Nazarov va vazirlik mutasaddilari Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vazirligi bosh kotibi Yan Kes Xut boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda ikki davlat qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, mavjud kelishuvlar va agrosanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbirda sohaga yangi innovatsion ishlanmalar va qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi o‘rtaga tashlandi. Bu borada dastlab, O‘zbekistonda aynan bu yo‘nalish bo‘yicha ta'lim tizimini rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sifati bo‘yicha sho‘balarini tashkil etish taklif etildi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ushbu taklifni amalga oshirish uchun yurtimizda aynan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bir nechta oliy o‘quv yurtlari mavjudligi, qolaversa 2022-yildan vazirlik huzurida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyat olib borayotganligi va bu takliflarni aynan mana shu oliy o‘quv yurtlarida yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida so‘z yuritishdi.
Bundan tashqari tomonlar ikki davlat savdo aylanmasi haqida to‘xtalar ekan, 2022-yilda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasi 55,7 million dollarni tashkil etib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 million dollarga teng bo‘lganini e’tirof etishdi. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.
#Niderlandiya #uchrashuv #istiqbollar

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona nanotexnologiyalarga asoslangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarmoqda
🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
🌱 Uchrashuv chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov mutasaddilar bilan ayni kunlarda yerni shudgorlash ishlari jadal boshlangani, yerni kimyoviy vositalar yordamida ishlov berish ahamiyatidan kelib chiqib, zavod mahsulotlarini maqbul shartlarda fermerlarga yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga bu yerda tayyorlanayotgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaritsid va insektitsidlarga talab oshib borayotgani, mahalliy bozorga mazkur vositalarni yetarli miqdorda yetkazish masalalari ham muloqot asosini tashkil qildi.
✅ Ayni kunda bu yerda 40 turdagi mahsulot tayyorlanib, buning uchun 3 ta asosiy va 1 ta yordamchi majmua, 11 ta reaktor hamda 1 ta yirik sig‘im faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarni sintez qilish orqali esa mahalliy iqlimga mos va hudud bo‘yicha ajratilgan yer imkoniyatlariga to‘g‘ri keladigan preparat tayyorlash talabi qondirilmoqda.
#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalq manfaatini yuksaltirishga xizmat qiladi
🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida oldinda turgan dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilari, boshqarmalar boshliqlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
✅ Vazir tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qancha dolzarb masalalar, xususan, zudlik bilan g‘alla ekish va kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli qilib o‘tkazish va qisqa muddatlarda yakunlash hamda ichki ariqlarni tozalash va kimyoviy vositalar bilan ishlov berish; hududlarda mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish, to‘qsonbosti usulida dala chetlariga sabzavot ekinlarini ekish; 2024-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish hamda chorvachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
✅ Vazir tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qancha dolzarb masalalar, xususan, zudlik bilan g‘alla ekish va kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli qilib o‘tkazish va qisqa muddatlarda yakunlash hamda ichki ariqlarni tozalash va kimyoviy vositalar bilan ishlov berish; hududlarda mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish, to‘qsonbosti usulida dala chetlariga sabzavot ekinlarini ekish; 2024-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish hamda chorvachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qashqadaryo MTRK" tomonidan tayyorlangan tuproqlar unumdorligining pasayishiga olib kelayotgan sabablar to'g'risidagi lavhada hozirgi kundagi iqlim o'zgarishi oqibatida vujudga kelayotgan muammolar to'g'risida so'z yuritiladi.
Shuningdek, lavhada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan mamlakatimiz tuproqlarida sodir bo‘layotgan degradatsiya jarayonlari va unga qarshi kurashish, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, uni muhofazalash hamda yerlardan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritiladi hamda Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
#repost
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Shuningdek, lavhada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan mamlakatimiz tuproqlarida sodir bo‘layotgan degradatsiya jarayonlari va unga qarshi kurashish, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, uni muhofazalash hamda yerlardan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritiladi hamda Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shakar olma haqida eshitganmisiz?
Noina- shakar olma noodatiy meva bo'lib, uning o'xshashi yo'q va bizga tanish bo'lgan mevalarning hech biriga o'xshamaydi.
Noinaning mevalari olma kattaligida, yashil rangda.
Mevaning ta'mi juda yoqimli, shirin aromatik magʻzi va loviya o'lchamidagi ko'plab qattiq urug'lari mavjud. Pishmagan mevasining tuzilishi qattiq va umuman mazali emas, qovoqqa o'xshaydi. Shuning uchun, bozorda pishmagan mevasini sotib olib, tatib ko'rgan ko'plab sayyohlar uni yoqtirmay, iste'mol qilishdan bosh tortishadi. Ammo uni bir-ikki kun saqlasangiz, u pishib, juda mazali bo'ladi. Pishganligini aniqlash uchun siz qobig'iga sal bosishingiz kerak. Bemalol bosilsa, meva pishgan bo'ladi. Agar siz uni muddatidan oldin "ochsangiz", u pishib yetilishdan oldin yomon holatga kelishi mumkin.
Po‘stlog‘ini yeb bo‘lmaydi va uni tozalash juda noqulay. Agar meva pishgan bo'lsa, unda mevani ikkiga bo'lgandan keyin mag'zini qoshiq bilan yeyish mumkin. To'liq pishgan yoki biroz pishgan mevalar sizning qo'lingizda tom ma'noda parchalanib ketadi.
Pishgan, mazali noinani tanlash uchun, birinchi navbatda, uning yumshoqligiga e'tibor berish kerak (yumshoq mevalar ko'proq pishgan boʻladi).
Meva C vitamini, aminokislotalar va kalsiyga boy.
Mavsumi: iyundan sentyabrgacha.
#bu_qiziq #shakar_olma #noina