QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" informatsion dasturida tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanidagi xonadonlarda tomorqasidan oqilona foydalanib, yiliga ikki, uch martalab hosil olayotgan tomorqa egalarining faoliyati haqida so'z boradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada obunachilarimiz qishloq xo'jaligining qaysi yo'nalishida ishlashini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazildi.
So‘rovda 1171 kishi ishtirok etdi, jumladan:


Dehqonchilik – 339 kishi
Chorvachilik - 140 kishi
Baliqchilik - 27 kishi
Ilmiy tadqiqot - 260 kishi
Agrobiznes - 87 kishi
Boshqa yo‘nalishlarga - 318 kishi ovoz bergan.

So'rovlarimizda ishtirok eting. Bu orqali siz yangi narsalarni o'rganishingiz yoki qishloq xo'jaligining turli sohalari haqida yetarlicha ma'lumotga ega ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
На прошлой неделе был проведен опрос, чтобы узнать в какой сфере сельского хозяйства работают наши подписчики.
В опросе участвовало 1171 человек, из них:

Растениеводство - 339 человек
Животноводство - 140 человек
Рыбоводство - 27 человек
Научно-исследовательская сфера - 260 человек
Агробизнес - 87 человек
Другие сферы - 318 человек

Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#опрос

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTЕGRATSIYASI
 
🔸 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari respublikamiz agroklasterlari hamda fermer xo‘jaliklari, mashinasozlik korxonalarida bo‘lib, ilm-fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish yo‘lida faol ishlar amalga oshirmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining dala maydonlarida ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, hududiy agroxizmatlar markazlari hamda innovatsion rivojlanish agentligining hududiy boshqarma vakillari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy va amaliy tavsiyalar berish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni targ‘ib etish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.

🌱 Mazkur o‘quv seminar ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan ekinlardan bo‘shagan maydonlarni sifatli shudgorlash uchun traktor va pluglarni ishga tayyorlash, sozlash hamda haydovni to‘g‘ri tashkil etish, zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va ularni yuqori unum bilan ishlatish masalalari muhokama qilinib, ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri “AgroTech Klaster” vakillari bilan ham muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turli iqlim sharoitiga mos ko‘chat navlari ko‘zdan kechirildi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

🖋 Vazir dastlab, Jomboy tumanidagi “SAG AGRO” MChJ “Bog‘bon” agrokompleksiga qarashli “In vitro” laboratoriyasi faoliyati va suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

🏠 Laboratoriyada yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos, o‘rik, nok va uzum, olma kabi mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lgan hamda qurg‘oqchilikka chidamli, mahalliy turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlarni yetishtirilmoqda. Muassasa jami 24 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, u yerda mamlakatimizda uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.

📌 Vazir o‘z navbatida laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bugungi kunda agrar soha taraqqiyoti bu kabi zamonaviy majmualarda yetishtirilgan mahsulotlarga chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.

📝 Aytish o‘rinliki, Laboratoriya chet elning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda 140 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydigan mazkur majmua yillik quvvati 20 mln. dona o‘simlik ko‘chatlari ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.

#inVitro #hosildorlik #payvandtag

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Iqboljon Odiljonovich Ergashev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

📝Iqboljon Ergashev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzumni qayta ishlash sanoati: ilg‘or tajriba va imkoniyatlar

📌 Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida vazir Toyloq tumanida joylashgan “Bog‘izag‘on” MChJ ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

🖋Bugunga kelib O‘zbekiston Markaziy Osiyoda uzumchilik va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, har turli vino, sharbat, konsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chiqarishda xomashyo bo‘ladigan hamda, iste’mol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.

🏫Mazkur uzumchilik klasteri ham uzumni qayta ishlash bilan bir qatorda, turli markali vino va konyak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda xorijga eksport qilish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada maxsus omborxona tashkil qilingan bo‘lib, bir necha yillik mahsulot namunalari saqlanmoqda. Muxtasar aytganda, bir mahsulotdan ikki xil xom-ashyo ishlab chiqarilmoqda.

📌 Vazir o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

#uzumchilik #klaster #hosildorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM