QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
21.2K photos
2.6K videos
7 files
8.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi muhokama etildi
 
🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasining tahlili va kelgusida qilinishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini so‘zsiz taʼminlash kollegial muhokama qilindi.

Darhaqiqat, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida qishloq xo‘jaligiga oid belgilangan maqsad-vazifalar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

🔰 Videokonferens aloqa ko‘rinishida o‘tkazilgan yig‘ilishda, Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning PQ-300-son qarorida 2023 yilda  bajariladigan 18 ta vazifa va 13 ta maqsadli ko‘rsatkichlarning  mazmun-mohiyati barcha rahbar va xodimlarga tushuntirilib, ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Xususan, masʼullar tomonidan topshiriqlarni  bajarish mexanizmlari to‘liq belgilanmaganligi,  ishlab chiqiladigan 5 ta normativ huquqiy hujjatlarning 2 tasi bo‘yicha ish boshlanmagani tanqid qilindi.

🌱Qolaversa yig‘ilish davomida, umumxalq referendumidan so‘ng, ilk marotaba o‘tkaziladigan Yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kunini nishonlashga mas’uliyat bilan yondashib, uni munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda dekabr oyinig ikkinchi yakshanbasida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan undan o‘rin oladigan chora-tadbir hamda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi.

Belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan masʼul ijrochilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#ozbekiston_2030 #videoselektor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚜 AGRITECHNICA - Qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish, tarmoqni ilg‘or usullar asosida rivojlantirishda sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashina-traktor parklarini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlash, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga moslashtirilgan maxsus muzlatgichlar sonini ko‘paytirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha doimiy ishlarni olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhim o‘rin tutadi.

Buning uchun esa albatta rivojlangan davlatlarning qishloq xo‘jaligida to‘plangan boy tajribalar, sohada mehnat qilayotgan insonlarning og‘irini yengil qiladigan zamonaviy texnikalar, ekinlar hosildorligini oshirish uchun xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalar haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim. Shu bois dunyoning turli davlatlarida agrar sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

📆 Joriy yilning 12 - 18 noyabr kunlari Germaniyaning Gannover shahrida AGRITECHNICA — dunyoning eng katta Qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada yangi innovatsiyalar, dunyoning barcha mashinasozlik sohalarining ilg‘or korxonalari, 53 ta davlatdan 2800 ta eksponatlar, 440 000 kv.m. va 24 ta pavilionda joylashgan, 135 ta davlatdan 400 000 ta qatnashchilar bir joyda jam bo‘ladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬 QIRGʼIZ RESPUBLIKASI BILAN AGROTARMOQDA OʼZARO HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI

Joriy yil 23-oktyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurovning Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Murat Ramatov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv davomida agrosanoat sohasidagi hamkorlikning kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil yanvar oyidagi oliy darajadagi tashrif davomida ikki davlat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida imzolangan 2022-2025-yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari o‘rtasida agrosanoat sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo aylanmasini oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati ko‘rib chiqildi.

🌱 Jumladan, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik va akvamadaniyat, naslchilik, o‘simliklar karantini va biohimoyasi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

#Yol_xaritasi #uchrashuv #investitsiya_loyihalari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarga oid Qishloq xo‘jaligi vazirligining munosabati

Ijtimoiy tarmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi e-qaror.uz platformasiga xodimga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotnoma va pasportining yuklanganligi bilan bog‘liq holat yuzasidan xabar tarqaldi. Vazirlik quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmonining 5-ilova “Yo‘l xaritasi”ning 22.2-bandida edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish moduli orqali qabul qilingan barcha turdagi buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i belgilangan.
“Moddiy yordam ajratish to‘g‘risida”gi buyruq ham yuqoridagi tartibga ko‘ra xodimning shaxsiy ma’lumotnomasi va pasporti buyruqning asosi sifatida ilova holda edo.ijro.uz platformasiga vazirlik Devonxona bo‘limi tomonidan joylashtirilgan.

Biroq, o‘z navbatida e-qaror.uz va edo.ijro.uz platformalari o‘zaro integratsiyalashgan bo‘lib, tizim avtomatik ravishda imzolangan normativ xujjatlarni joylashtirish buyrug‘ida ko‘radi. Tizim ma’muri buyruqning shaxsiy ma’lumotlariga oid varaqlari joylamaslikni belgilagan bo‘lsada, dasturiy ta’minot buruqni to‘liq talqinini ilovalari bilan joylagan va varaqlar belgilangan buyruqni rad etgan. Bu texnik xato sanalib, boshqa xujjatlarda bu kabi omil mavjud emas. Muammo to‘liq bartaraf etildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha zudlik bilan mutasaddilarni safarbar qildi va shaxsga oid ma’lumotlarni sir saqlash hamda oshkor etmaslik tamoyiliga doimo rioya etilishini ma’lum qilib qoladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimizda ikkita xalqaro koʻrgazma ish boshladi

Bugun Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar pavilonida Xalqaro qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat sanoati koʻrgazmalari o'z ishini boshladi.

Ko’rgazma ochilishida Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To’rayev so’zga chiqib ushbu ko’rgazma so’nggi yillarda qishloq xo’jaligida yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda erishilayotgan natijalar, xorijiy bozorlar va mashhur supermarketlar rastalarini bezayotgan sarxil mevalaru, sabzavot va poliz mahsulotlarining eksport geografiyasi yildan-yilga kengayayotganini ta’kidladi. A.To’rayev shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Qishloq xo’jaligi vazirligining o’rni haqida gapirar ekan ayni paytda mahalliy iqlim sharoitiga mos ekin navlarining yangilari In-vitro laboratoriyalarida yaratilib fermer va dehqonlarga yetkazilayotgani, sohani qo’llab quvvatlash uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilayotganini hosildorlikning yildan-yilga oshib, yuqori daromad olishga imkon berayotganini ham e’tirof etdi.

Ko’rgazmada dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi texnikasi, elita navli urug‘lar va ko‘chatlar, issiqxona, sug‘orish tizimlari uchun innovatsion ishlanmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash yo’nalishidagi eng so’nggi so‘nggi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma 26 oktabrgacha davom etadi.

#korgazma #eksport #xorijiy_bozorlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Sitrus mevalar yetishtiruvchilar uyushmasi ilmiy xodimlari yangi yaratilayotgan limon navini 23 daraja sovuqda sinovdan o‘tkazgani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada limonni sovuqqa chidamli navlarini yetishtirish bo‘yicha hozirgi kunga qadar ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagani, 2020-yildan boshlab nazariy tomondan o‘rganib, 2021-yildan boshlab limonning eng sovuqqa chidamli navlaridan namunalar olib keltirilib tajriba sifatida unib-o‘stirib ochiq maydonlarda sinovdan o‘tkazilgani haqida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, sinov natijalariga ko‘ra, ushbu sovuqqa chidamli navlar 23 daraja sovuqda to‘liq tajribadan o‘tgani va sovuqlarda nafaqat barglari hattoki, shoxlarini ham sovuq urmagani ta’kidlab o‘tilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada rasmda qanday ekin turi ko'rsatilganligi haqida foto so'rovnoma o'tkazgan edik.

So‘rovnomada 1102 kishi ishtirok etdi. Ulardan 777 tasi to‘g‘ri javob bergan. To'g'ri javob - qovoqning bir turi.

Uning boshqa nomi - Gorilyanka qovoq. O'simlik tez o'sadi, barglari yumshoq va tikanlari yo'q. Ular hech qanday alohida parvarishni talab qilmaydi, Bu o‘simlik turi hatto oddiy tuproqlarda ham o'sadi, lekin kerakli agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o‘tkazish kerak. Mavsum oxirida lagenariya mevalari fotosuratda ko‘rganingizdek holatda bo‘ladi - yashil, suvli va og'ir, zich qobig'i bilan.

So'rovlarimizda ishtirok eting. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #qovoq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM