QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🤖 ЧАТ GPT КАК ПОМОЩНИК В РАБОТЕ
 
19 октября 2023 года по инициативе Управления проектами Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан стартовало инновационное семинарское обучение под названием «ILM Farm».
 
📈 Новые семинары и тренинги под названием «ILM Farm» организуются по инициативе Управления проектами Министерства сельского хозяйства с целью развития инноваций в сфере сельского хозяйства и предоставления возможностей для взаимного обучения с экспертами. Платформа «ILM (Intelligence, Literacy, Management) Farm» открывает новые возможности для экспертов и лидеров отрасли для выхода на более высокий уровень знаний, опыта и обмена идеями.
 
Первый семинар, направленный на расширение потенциала развития в агропромышленном комплексе, был посвящен теме «Технологии искусственного интеллекта в агропромышленном комплексе.»

#искусственный_интелект

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan mevali daraxt ko‘chatlarining turlarini ko‘paytirish orqali intensiv bog‘larni barpo etishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada agentlik tomonidan Jizzax viloyatning Zomin tumanida 50 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilayotgani, bu yerda ekilayotgan gilos ko‘chatlari mutaxassislar tomonidan payvand qilinib tayyorlangan ertapishar, suvsizlikga chidamli, bozorbop sifatli hosil beruvchi ko‘chatlar haqida so‘z yuritilgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni. Avvalo, bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan sizlarni chin qalbimdan tabriklayman.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

🔸 Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

O‘zbek tili – xalqimizning birligi va yaxlitligi, jipsligining muhim omili hisoblanadi. Milliy madaniyatimiz va o‘ziga xosligimizni ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

O‘zbek tili — O‘zbekiston tili! Davlat sifatida uni himoya qiladigan, taraqqiyotini, qonuniy asoslarini to‘liq ta’minlaydigan ham mana shu Vatan!

Bu bizga yanada vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi va tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytiradi. Shu o‘rinda aytish joizki, o‘zbek tili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yana bir bor barchangizni ushbu ayyom bilan qutlayman.
Hurmat bilan, Aziz Voitov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Сегодня, 21 октября, праздник узбекского языка. Прежде всего, искренне поздравляю вас с сегодняшним знаменательным днем   – праздником узбекского языка.
 
Для человека родной язык, определяющий его личность и духовный мир, так же дорог и почетен, как и воспитавшие его родители.
 
Сохранение и развитие этого бесценного сокровища, являющегося ярким зеркалом мышления нашего народа, является сегодня одной из самых почетных задач.
 
🔸 Узбекский язык является важным фактором единства и целостности нашего народа. Основная наша задача — это обеспечение всестороннего развития узбекского языка, который является средством выражения нашей национальной культуры и самобытности, и последовательная и полная реализация его потенциала как государственного.
 
В сфере сельского хозяйства ведется системная работа по усилению влияния узбекского языка, эффективной организации работы на государственном языке и достижению абсолютного соответствия нормативно-правовым документам. Каждый из нас должен с глубоким уважением относиться к своему языку, чтобы поднять его международную репутацию, включая его в ряды языков, разработанных на основе национальных и общечеловеческих концепций.
Узбекский язык – язык Узбекистана! Именно Родина защищает его и полностью обеспечивает его развитие и правовые основы!
 
Знание языка заставляет нас чувствовать себя более патриотичными и укрепляет нашу любовь к своей стране. Не будет преувеличением сказать, что за последние годы узбекский язык стал языком любви, объединяющим представителей более ста национальностей и народов Узбекистана. Еще раз поздравляю всех вас с этим событием.
С уважением,  Азиз Воитов

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ona tili millat ma'naviyatining poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida 21-oktyabr– O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda “O‘zbekiston” telekanali “Munosabat” ko‘rsatuvi boshlovchisi Quddus A'zam, “Antik dunyo” va “Turon” xalqaro akademiyasi akademigi, notiq, professor Rahimboy Jumaniyozov hamda tilshunos olimlar ishtirok etishdi.

– Ona tilimizning o‘ziga xos jihatlari, so‘z boyligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q, – deydi tadbirda so‘z olgan professor Rahimboy Jumaniyozov – O‘zbek tili haqida doimo qayg‘urishimiz, uning kelgusidagi rivoji, ravnaq topishida har birimiz mas'ulmiz. Vatanimizning har bir dilbandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini yuksak darajaga ko‘tarish borasida qilinayotgan tashabbuslarda birgalikda harakat qilishi lozim.

Tadbir davomida so‘ngi yillarda o‘zbek tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar, me'yoriy hujjatlar qabul qilinganligi va ushbu yo‘nalishda 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va alohida ishlab chiqilgan dasturdan ko‘zlangan maqsad va uning mohiyati borasida so‘z bordi.

Savol javob tariqasida o‘tgan tadbir so‘ngida jonli ijroda kuy yangrab, yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki bayram shukuhini baxsh etdi.

#ona_tili #millat #bayram_tadbiri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland boʻlsin ona tilim 🇺🇿

Toshkent davlat Agrar universitetida 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Qishloq xo’jaligi vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o’qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan bir qator mehmonlar, xususan, Do'stlik ordeni sohibi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shodmonqul Salom ham ishtirok etdi.

Tadbirda Qishloq xo'jaligi vazirining maslahatchisi Eshmirza Abdualimov Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitovning bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

Shundan so'ng, Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori Sohibjon Islamov o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan barcha tadbir qatnashchilarini tabrikladi.

Tadbir davomida o’zbek tili rivojiga hissa qo’shayotgan bir qator qishloq xo’jaligi tizimidagi soha vakillari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda davom etdi. O'zbekiston davlat drama teatridan kelgan san’atkorlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

#ona_tili #millat #bayram_tadbiri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, Toshkent davlat Agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva hamda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining shakllanish bosqichlari, ona tilimizning hozirgi siyosiy ahamiyati, ish hujjatlarida qo‘llanilishi hamda agrar sohada tilimiz meyorlariga rioya qilinishi yuzasidan fikrlar almashilindi. Shuningdek, Sayyora Xolmirzayeva tilimizning boy tarixi haqida so‘zlab berar ekan, uning hozirgi holatga kelguniga qadar necha-necha og‘ir yo‘llar bosib o‘tilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov tadbir qatnashchilarini 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ona tilimizning kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini alohida qayd etdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida fotosuratga tushishdi.

#ona_tili #millat #tabrik #onatilimfaxrim

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida qishloq xo‘jaligi olimlari tomonidan behi mevasining yangi “Olmabehi” navi ixtiro qilingani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida ilk hosili pishib yetilgan behiga “Olmabehi” deb nom berilgani va uning boshqa navlarga nisbatan afzalliklari haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA DRONLAR

Uchuvchisiz uchish apparatlari dronlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi tufayli fermer xo‘jaliklarining unumdorligini oshirishi e’tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar dronlar yordamida an'anaviy usullardan ko‘ra arzonroq, tezroq va aniqroq amalga oshiriladi.

Dronlar dalalar va ekinlar holatini kuzatish samaradorligini oshiradi. Dronlar tufayli ko‘proq ma'lumot to‘plash va qayta ishlash tezroq amalga oshirilishi mumkin, bu esa hosildorlik va rentabellikni oshirishga olib keladi. Dronlardan foydalanishga o‘tish fermerlarni maxsus o‘lchash asboblari yordamida dala bo‘ylab mashaqqatli sayr qilishdan qutqaradi, shuningdek, istalgan vaqtda ekinlar holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashda yordam beradi.

Dronlarning yana bir muhim afzalligi - bu maydonlarni xaritalash va hududlarni belgilash qobiliyatidir. Agar siz aerofotosurat yordamida yer maydonlarining chegarasini aniqlasangiz, natija aniqroq bo‘ladi va kam vaqt sarflaysiz. Olingan ma'lumotlar qayta ishlanishi va batafsil elektron xaritalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin.

Dronlarning dizayni juda oddiy. Bundan tashqari, ularning parvozlari uchun maxsus ob-havo sharoitlari talab qilinmaydi. Qurilma ma'lum bir marshrut bo‘ylab aniq harakat qiladi, bu sizga ishning yuqori sifati va unumdorligini saqlashga imkon beradi. Ko‘pgina dronlar batareyada ishlaydi. Shu bois, qurilmalar chiqindi gazlar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydi.

#dron #qishloq_xojaligi #bu_qiziq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Дроны в сельском хозяйстве

Беспилотные летательные аппараты в настоящее время являются признанными инструментами в сельском хозяйстве, повышая производительность ферм благодаря своевременным данным с воздуха. И они делают это более дешевыми, быстрыми и точными способами, чем традиционные методы.

Дроны повышают эффективность мониторинга состояния полей и посевов. Благодаря дронам можно гораздо быстрее собирать и обрабатывать большее количество информации, что влечет повышение прибыльности и улучшение урожайности. Переход на использование дронов избавит фермеров от изнурительных прогулок по полю со специальными измерительными приборами, а также поможет со сбором данных о состоянии посевов в любое время.

Еще одним не менее важным преимуществом дронов является их способность составлять карты полей и разметку территории. Если производить разметку при помощи съемки с воздуха, то результат будет гораздо точнее, а количество затрачиваемого времени сократится. Полученные данные могут обрабатываться и использоваться для создания подробных электронных карт.

Конструкция дронов весьма проста. К тому же не требуется особенных погодных условий для их полетов. Аппарат движется точно по заданному маршруту, что позволяет поддерживать высокое качество и производительность работ. Большинство дронов работает от аккумуляторной батареи. Следовательно, аппараты не загрязняют окружающую среду выхлопными газами.

#Дроны

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISTIQBOL UMIDLARI TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi hududiy boshqarma va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi tashkil etilmoqda. Mazkur tanlovda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi. Kuni kecha esa “Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichiga start berildi.

Tanlovda 7 ta jamoa: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Agroleaders”, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Sahro umidlari”, Toshkent davlat agar universitetining “Agrar yoshlari”, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrointellekt”, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Liderlar”, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining “Taraqqiyot” va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “Kelajak liderlari” jamoalari ishtirok etishdi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy oʻtgan musobaqada Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Agroleaders” jamoasi 3-oʻrinni, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Sahro umidlari” jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrointellekt” jamoasi esa faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib keyingi bosqichga yo’llanma oldi.
Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan boʻlsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

#istiqlol_umidlari #tanlov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM