QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi

O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.

Oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.

Bugun hayotning o‘zi yangi innovasion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda. Eng avvalo, klaster usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatdorligi kafolatlanayotganini ta’kidlash joiz. Qolaversa, tizim orqali “mavsumiy ishchi” tushunchasiga barham berilayotgani uning ahamiyatli jihatlaridan, deyish mumkin.

Darhaqiqat, klaster bo‘lguncha hamma fermerlar paxta planini bajarish va yillab shu pulni orqasidan yurish bilan sarson edi.
20 yil oldin ham tolani jahon bozoridagi bahosi 1.8-2.0 dollar edi, hozir ham shu narx, katta o‘zgarish yo‘q. Lekin O‘zbekistonda paxta narxi 120 foizga oshdi, sababi talab ko‘paydi, klasterlar yangi ip kalava fabrikalarini tashkil qildi, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ko‘paydi.

#paxta #klaster #manfaatdorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida band bo'lgan xotin-qizlar necha foizni tashkil etishi yuzasidan so'rovnoma o'tkazgan edik.

So‘rovda umumiy 558 kishi ishtirok etdi. Shulardan 79 nafar obunachimiz to‘g‘ri javobni belgilagan. To'g'ri javob - 41,3%.

Ayni paytda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lganlarning 41,3 foizini ayollar tashkil etadi.

So'rovlarimizda ishtirok eting. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#opros #natijalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
На прошлой неделе был проведен опрос о том, какой процент женщин занят в аграрном секторе нашей страны.

В опросе приняли участие 558 человек. Из них 79 ответили верно. Правильный ответ - 41,3%.

На данный момент в аграрном секторе нашей страны женщины составляют 41,3%.

Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#опрос #резултат

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda, “O‘zbekistondagi issiqxonalar falokat yoqasida” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga munosabat

Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida issiqxonalar maydoni so‘ngi 5 yilda 3 barobarga ko‘payib, 5,2 ming gektarga yetdi, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga ko‘paydi.

Amaliy natijalardan biri - Energetika vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlari yakuniga yetmoqda.

Xususan, issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhining 3 ta yig‘ilish bayonlari qabul qilinib, issiqxona xo‘jaliklari tomonidan olingan 87 foiz kredit mablag‘larining muddati 14 yilgacha uzaytirildi.

Tanqidiy ruhda tarqatilgan xabarlar esa, birlamchi tahmin hamda asosga ega bo‘lmagan fikrlar jamlanmasi.
Gap-so‘zlar va mish-mishlar negizida shakllangan ushbu izohlarni aniq dalili bor manbaga aylantirishga urinish joiz emas.

Shu o‘rinda Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyorligini ma’lum qiladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Prezidentimiz 17-oktabr kuni Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi.

Uchrashuvda
ikki mamlakat o‘rtasida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Vyetnam O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim an’anaviy hamkoridir. Keyingi yillarda turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda.

#repost #Ozbekiston #Vyetnam #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, mamlakatimiz hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Bundan tashqari prezidentimiz Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyoning “Yashil” kun tartibi” va “Yashil ipak yo‘li” konseptual tashabbuslarini o‘zaro bog‘lash doirasida kambag‘allikni qisqartirish va “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralari va loyihalarini o‘z ichiga olgan “Yashil” taraqqiyot dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

#repost #Ozbekiston #Xitoy #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PAXTA-2023: MANFAAT BOR JOYDA O‘SISH BO‘LADI

O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi.

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida qator mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

🤝 Ma’lum qilindiki, Qishloq xo‘jaligi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini boshladi. Bu borada dastlabki shartnomalar imzolangan.

👥 Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari hamda issiqxona yurituvchi tadbirkorlar vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlab o‘tildiki, gazning tadbirkorlik subyekti vakillariga yetkazish tannarxi 1 kubi uchun 1.500 so‘mni tashkil qiladi. Tadbirkor raqamli o‘lchov hisoblagich, zahira yoqilg‘i hamda oldindan bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi, uning issiqxonasida zangori olovning yonishiga zamin yaratadi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmda qanday ekin turi ko'rsatilgan deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
3%
Qovun
69%
Qovoq
1%
Tarvuz
26%
Patisson
Как думаете, разновидность какой бахчевой культуры изображена на картинке?
Anonymous Poll
5%
Дыня
77%
Тыква
3%
Арбуз
15%
Патиссон