QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌿“YASHIL MAKON” BILAN HAMOHANG YASHNAYOTGAN
FARG'ONA


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

🌳 Vazir viloyatning Oltiariq va Rishton tumanlarida ham bo‘lib, bu yerda to‘qsonbosti ekinlarni ekish jarayoni hamda dala chetlaridan unumli foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oltiariq tumanida bugungi kunda 243 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida ular tomonidan jami 187 gektar dala chetlariga 534 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 35 gektar yer maydoniga 140 ming dona tut daraxti, 12 gektar yer maydoniga 16 ming dona tok qalamchalari, 76 gektar yer maydoniga esa manzarali terak ko‘chatlari ekiish ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari dala chetlaridagi 64 gektar yer maydoniga sabzavot va poliz ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Vazir Aziz Voitov dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.

#yashil_makon #Fargona #ishchi_tashrif

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy telegram kanaliga 15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag'ishlangan videorolik joylandi.

Unda qayd etilganidek, mamlakatimizning 18 millionga yaqin aholisi qishloq hududlarida istiqomat qiladi. Shundan 9 millionga yaqini ayollardir. Ularning aksariyati qishloq xo'jaligining turli sohalarida, xususan, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish kabi yo'nalishlarda fidokorona mehnat qilib kelishmoqda.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-OKTYABR - BUTUNJAHON OZIQ-OVQAT KUNI

🔸Bugun, 16-oktyabr - Butunjahon oziq-ovqat kuni. Shuningdek, bundan 78 yil avval ushbu sanada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil topgan.

Butunjahon oziq-ovqat kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanadi. Bu BMT taqvimidagi eng mashhur xalqaro kunlardan biri hisoblanadi.

💧2023-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining shiori “Suv - bu hayot. Suv - bu oziq-ovqat. Hech kim e'tibordan chetda qolmasin” – deb nomlandi.

Mazkur sana munosabati bilan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan fototanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov yoshlar e'tiborini oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda suv resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishning muhimlini targ‘ib etishi bilan ahamiyatlidir.

🏆 Ijodiy tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi 20 ta asarlar mualliflari aniqlanib, dastlabki uchta o‘rin g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar – noutbuk, planshet va smartfon bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, bir qancha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

#fao #oziq_ovqat_kuni #tadbir #taqdirlanish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈 XORIJLIK MEHMONLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
 
15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forumning xorijlik ishtirokchilari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari hamda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutlarida ham bo‘lishdi.  
 
🔸 Xorijlik mehmonlar dastlab Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, Farg‘ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan, yangi va yuqori salohiyatli g‘o‘za navlari, resurs tejovchi texnologiyalar hamda zararkunandalarga qarshi kompleks chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shundan so‘ng forum ishtirokchilari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

Institut bugungi kunda «In-vitro» usulida ko‘plab mevalarning mahalliy iqlimga mos, yangi navlarini yetishtirishga muvvaffaq bo‘lgan.

Ko‘chatlar tashqi muhitdan ajratilgan holda sun’iy idishlarda undiriladi. Yilning har qanday faslida ham bemalol ularni ekish mumkinligi mehmonlarni hayratga soldi.

Tadbir yakunida xorijiy mehmonlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

#tadbir #xorijlik_mehmonlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Daraxt ekish, vatanni obod va fayzli maskanga aylantirish barchamiz uchun muqaddas amallardandir. Shu bois ham keyingi yillarda daraxt ekish xayrli anʼanaga aylanmoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan navbatdagi videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda taʼkidlanganidek, loyihani muvaffaqiyatli olib borish uchun eng avvalo, tuproq tahlilini o‘tkazish muhim hisoblanadi. Sifatli va unumdor tuproqda esa, kutilgan natija bo‘y ko‘rsatib, ekilgan nihollar ulkan daraxtlarga aylanishi, shubhasiz. Shu bois ham, iqlim sharoiti asosida qaysi maskanga qanday ko‘chat turini va qancha miqdorda ekishni belgilash asosiy vazifaga aylandi. Bu esa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi" davlat unitar korxonasi laboratoriyasi tomonidan yanada ko‘proq ishlar bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi. “Sevimli” telekanaligining “Zamon” informatsion dasturida namoyish etilgan lavhada esa, aynan o‘simlikni yaxshi rivojlanishi uchun talab etiladigan tuproq talablari va bu borada muhim bo‘lgan laboratoriyadagi tahlil amaliyotlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥜 YERYONG‘OQLAR ICHIDA “LIDER” NAV YARATILDI

Dunyo dehqonchiligida tuproqning tabiiy unumdorligini tiklashda dukkakli ekinlardan foydalanish samarali usullardan biri ekanligi ilmiy asoslangan bo‘lib, ularning orasida yeryong‘oq iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfurat Amanova ham 17 yil davomida yeryong‘oqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.

🔍 Izlanishlar samarasi o‘laroq, olima yeryong‘oqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan "Lider” navini yaratishga va Davlat Reestriga kiritilishiga muvaffaq bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Lider” navli yeryong‘oq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.
___ ___ ___

🥜 СОЗДАН НОВЫЙ СОРТ АРАХИСА «ЛИДЕР»
 
Научно доказано, что использование зернобобовых культур является одним из эффективных способов восстановления естественного плодородия почвы в мировом сельском хозяйстве. Среди данных культур арахис выделяется своей высокой экономической эффективностью.

🔍Махфурат Аманова, профессор факультета плодоовощеводства и виноградарства Ташкентского государственного аграрного университета, доктор сельскохозяйственных наук, за 17 лет провела ряд научных исследований по созданию нового вида арахиса.

Одним словом, арахис сорта «Лидер» может полноценно конкурировать с американскими, индийскими и китайскими сортами. Вместе с тем стоит упомянуть, что, урожайность этого сорта составляет 6,5 тонн.

#yeryongoqlar #yangi_nav

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KIGIZNING SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI OSHMOQDA

🔰 Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari mazkur hududda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarda muqobil energiya resurslari va anʼanaviy issiqni saqlovchi materiallardan foydalanish” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, tadbirkor va xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarni vazir A.Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugun yurtimizda, ayniqsa, qish va bahor oylarida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlar va savdo do‘konlarida bu mahsulotlarning maqbul narxlarda barqaror sotilishiga erishishda issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini, ayniqsa, issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini minimal darajada ushlab turish uchun muqobil energiya resurslari hamda bir maromda issiqlikni saqlovchi mahsulotlar foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

Seminar davomida ham mutaxassislar tomonidan kigiz global muammoga aylangan mintaqaviy iqlim o‘zgarishlari sharoitida issiqxonalarning salbiy taʼsirini kamaytirishda va undan himoyalanishda munosib yechim bo‘la olishi borasida maʼlumot berildi.

Aytish kerakki, bugun "Varzak" MFYdagi 120 ta xonadon anʼanaviy usulda kigiz bosish bilan shug‘ullanadi, bu yerda tayyorlanadigan kigizning boshqa hududlarda tayyorlanadigan kigizdan farqi shundaki, uning yopishqoqlik darajasi, o‘z navbatida issiqlikni ushlab turish xususiyati va boshqa ko‘plab jihatlarda o‘ziga xos bo‘lib, o‘tda yonmaydi degan talabga to‘laqonli javob beradi.

Ma’lumot o‘rnida, kigiz o‘rtacha 15 darajagacha issiqlikni ushlab turishi mumkin. Kigiz bilan o‘ralgan kichik hajmdagi issiqxonalarda gaz va ko‘mir sarfi ancha kamayadi, qishning iliq kunlarida esa bu kabi yoqilg‘ilarga ehtiyoj sezilmaydi.

#kigiz #seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM