QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“YASHIL MAKON” LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI YOZYOVONDA HAM BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish shuningdek, dala chetlariga mevali daraxtlar, tok, tut, terak ko‘chatlari hamda to‘qsonbosti ekinlar ekish jarayoni bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Aziz Voitov ishchi tashrif rejasiga ko‘ra dastlab viloyatning Yozyovon tumanida bo‘lib, dala chetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayni paytda Yozyovon tumanida 232 nafar fermer faoliyat yuritadi. 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida tuman miqyosida dala chetlaridagi 162 gektar yer maydoniga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mo‘ljallangan. Jumladan 38 gektar yer maydoniga 152 ming dona tut daraxti ekilsa, 14 gektar maydonga 19 ming dona tok qalamchalari ekilib uzumzor qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 43 gektarga manzarali terak kochatlari ekilsa 67 gektarga sabzavot va poliz ekinlari ekish maqsad qilingan.

Azim Toshkentning Chilonzor tumanida Davlatimiz rahbari boshlab bergan “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi vazir Aziz Voitov boshchiligida aynan Yozyovon tumanida ham start oldi. Shu munosabat bilan ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlar bilan Yozyovon tumani iqlimiga mos keluvchi ekinlar va daraxtlar turlari haqida maslahatlashildi. Shundan so‘ng loyiha doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab berildi.

Aziz Voitovning Farg‘onaga ishchi tashrifi davom etmoqda.

#fargona #tashrif #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞Bugun qishloq ayollari kunida biz e’tiboringizga Oʻzbekistonning qishloq ayollariga bagʻishlangan hujjatli filmni taqdim etmoqchimiz.

Ushbu film qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarni targʻib qiluvchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan EU-AGRIN loyihamiz tomonidan Agrar soha ayollari uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

🔗Toʻliq film bu yerda: https://youtu.be/l09JZc1XWX4

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 9-15-oktyabr 2023-yil

👨‍🌾 Vodiyda paxta yig'im-terimi avjida

🚜 Qishloq xo'jaligi texnikasidan foydalanishni optimallashtirish yo'llari muhokama qilindi

🔸 Farg'onada issiqxona xo'jaligi va chorvachilik rivojlanmoqda

🤝 Shimoli-g'arbiy a&f universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Vazir qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tabiiy quritish jarayoni bilan tanishdi

🛫 Toshloqlik kasanachilar o'z mahsulotlarini eksport qilmoqda

📊 B ташкенте проходит узбекско-чешский бизнес-форум

🇰🇷 Kartoshkachilik bo'yicha O'zbekistonlik mutaxassislar koreya respublikasida

👩‍🌾 15-oktyabr - xalqaro qishloq ayollari kuni

🌿 Noyob rezavor mevalarni o'zbekistonda yetishtirish yo'lga qo'yilmoqda

#dayjest #hafta_davomida

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-oktyabrdan 22-oktyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️ 16-oktyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 06:35
Quyosh botishi – 17:42
 
🌖 Yangi oy: 16-oktyabr
O‘sayotgan oy: 17-22- oktyabr
 
🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (3-4 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
16-oktyabr - 53%; 17-oktyabr - 52%; 18-oktyabr - 46%; 19-oktyabr - 51%; 20-oktyabr - 47%; 21-oktyabr - 43%; 22-oktyabr - 42%;
 
⛅️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° bo’ladi.
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-7° iliq; kunduzi 15-20° bo’ladi.
 
Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 16 октября по 22 октября
 
☀️ С 16 октября
Восход – 06:35
Закат –17:42
 
🌖 Новолуние: 16 октября
Растущая луна: 17-22 октября
 
🧲 Геомагнитная активность:
Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 2-2-2-2-2-2-2).
 
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается умеренный уровень (3-4 баллов).
 
Влажность воздуха:
16-октября - 53%; 17-октября - 52%; 18-октября - 46%; 19-октября - 51%; 20-октября - 47%; 21-октября - 43%; 22-октября – 42%
 
⛅️ Еженедельная сводка погоды
На этой неделе, по большей части территории Узбекистана переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 7-12°, днем 20-25°.
По горным районам республики небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 2-7° тепла, днем 15-20°.
 
Рекомендации для фермеров и дехкан
На полях, засеянных зерном, проводятся ирригационные работы. В садах собирают спелые плоды. Также необходимо обратить внимание на качественный и чистый сбор хлопка на хлопковых полях.
 
#погода #климат #рекомендации

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿“YASHIL MAKON” BILAN HAMOHANG YASHNAYOTGAN
FARG'ONA


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

🌳 Vazir viloyatning Oltiariq va Rishton tumanlarida ham bo‘lib, bu yerda to‘qsonbosti ekinlarni ekish jarayoni hamda dala chetlaridan unumli foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oltiariq tumanida bugungi kunda 243 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida ular tomonidan jami 187 gektar dala chetlariga 534 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 35 gektar yer maydoniga 140 ming dona tut daraxti, 12 gektar yer maydoniga 16 ming dona tok qalamchalari, 76 gektar yer maydoniga esa manzarali terak ko‘chatlari ekiish ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari dala chetlaridagi 64 gektar yer maydoniga sabzavot va poliz ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Vazir Aziz Voitov dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.

#yashil_makon #Fargona #ishchi_tashrif

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM