QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligi-vaziri-azizbek-voitov-mavzhud-ekin-maydonlaridan-unumli-foydalanish-eng-muhim-vazifa_527412

O‘zbekiston milliy axborot agentligi –O‘zAda “Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov: “Mavjud ekin maydonlaridan unumli foydalanish eng muhim vazifa” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda Andijon viloyatida “Noan'anaviy ekin turlarini ekish orqali manfaatdorlik va iqtisodiy yuksalishga erishish” mavzusida seminar o‘tkazilgani va Andijonda sabzavotchilikni rivojlantirish, sohaga yangi texnologiyalarni joriy qilish, sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport hajmini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami haqida so‘z yuritilgani aytib o‘tilgan.

Maqolada o‘tkazilayotgan bunday seminarlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, noan'anaviy ekin turlarini ekish bo‘yicha mutaxassislar bergan tavsiyalarning yuqori samaradorlikka erishishdagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida yurtimizda mana bir necha yillardan beri keng nishonlab kelinmoqda. Ayni paytda yurtimiz qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lgan xotin-qizlar necha foizni tashkil etadi?
Anonymous Poll
44%
32,1 foiz
21%
38,4 foiz
14%
41,3 foiz
20%
45 foiz
👩 15 октября – Международный день сельских женщин уже несколько лет широко отмечается в нашей стране. На данный момент какой процент женщин занят в аграрном секторе нашей страны?
Anonymous Poll
60%
32,1 процента
14%
38,4 процента
14%
41,3 процента
12%
45 процента
🔰 YIRIK XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI KO‘RGAZMASIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
 
Joriy yilning 24-26 oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur ko‘rgazma sokin kuz faslining eng yirik sanoat tadbiridir. Unda dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ozuqabop ekinlar va g‘alla yetishtirish qayta ishlash uchun innovatsion yechim taklif etuvchi korxonalar ishtirok etishadi.

Ko‘rgazmada qishloq xo'jaligi texnikasi, urug‘lar va ko‘chatlar; issiqxonalarni loyihalash va qurish, issiqxonalar uchun materiallar; sug‘orish tizimi va aksessuarlar; nasos stansiyalarini jihozlash; torf va maysazor aralashmalarini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda eng so‘nggi mahsulotlar namoyish etiladi.  

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 24-oktyabr, soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” MKM, 3-pavilonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun siz onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #innovatsion_yechimlar #texnika

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 КРУПНАЯ МЕЖДУНАРОДНАЯ ВЫСТАВКА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ГОТОВИТСЯ К ОТКРЫТИЮ

24-26 октября в «Узэкспоцентре» пройдет Международная выставка сельского хозяйства. Данная выставка является крупным отраслевым мероприятием осеннего сезона. Участники выставки — это предприятия и организации, специализирующиеся на производстве и продаже современной сельскохозяйственной техники и запасных частей, оборудования, технологий и материалов для растениеводства, животноводства, орошения и ирригации, а также компании, предлагающие решения для комбикормовой и зерновой промышленности.

На ней будут представлены такие разделы, как сельскохозяйственная техника, семена и саженцы, проектирование и строительство теплиц, материалы для тепличных хозяйств, системы полива и комплектующие к ним, оснащение насосных станций, производство торфа и газонных смесей, сельхозпродукция, а также хранение и переработка корма.

Церемония открытия выставки состоится 24 октября в 11:00 в НВК «Узэкспоцентр», 3 павильон.

Для посещения выставки необходимо пройти онлайн-регистрацию.

#международная_выставка #техника

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 NOYOB REZAVOR MEVALARNI O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Andijon viloyatida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir 470 gektarda joylashgan Paxtaobod tumanidagi “2 U” MCHJ meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💧Bugungi kunda mazkur yer maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan hududda birinchi bosqichda jami 190 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratilib ekinlarni parvarishlash rejalashtirilgan.

Italiya va Ispaniyadan gilos, golubika ko‘chatlari olib kelinib, tomchilatib sug‘orish asosida zamonaviy bog‘ yaratilgan, jumladan, 145 gektar gilos, 25 gektar golubika, rezavorlardan 20 gektar malina va qulupnay ekiladi.

📈 Yillik ishlab chiqarish quvvati 50000 tonnani tashkil etadigan mevalarni qayta ishlash korxonasi hududida bugungi kunda 4400 kv. maydonda sig‘imi 6 ming tonna bo‘lgan muzlatkich qurilish ishlari olib borilmoqda va bu orqali 2000 nafar ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Eʼtiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli mahsulot bilan taʼminlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan. Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi.

O‘z navbatida, vazir korxona faoliyatini yana-da rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. Konstruktiv ruhda kechgan ushbu samimiy uchrashuv tomonlar uchun manfaatli kechdi.

#vazir_tashrifi #ishlab_chiqarish #noyob_rezavor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" informatsion dasturida "To‘qsonbosti" usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Namangan viloyati Chortoq tumanida ekilayotgan "To'qsonbosti" ekinlarining ekilish jarayoni hamda tadbirlari haqida so'z boradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍂 Fasllar almashaveradi, tabiat esa goʻzalligicha qoladi.

#kun_fotosi #kuz

🍂 Сезоны меняются, а красота природы остается.

#фото_дня #осень

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘ZBEKISTON - 🇨🇿CHEXIYA BIZNES-FORUMI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkentda O'zbekiston va Chexiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Chexiya Respublikasi Sanoat va transport ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi birlashmalari, korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, muloqot o‘rnatish va o‘zaro manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan qo‘shma istiqbolli loyihalarni aniqlash uchun platforma yaratish va rivojlantirishdan iborat.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo aloqalari ijobiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda.

Bu ishlarning davomi o‘laroq, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazir hamda Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi. Bu esa ikki davlat savdo salohiyatini yanada oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

#biznes_forum #memorandum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Oʼzbekiston–🇹🇷Turkiya: agrosugʼurta hamkorlikda rivojlantiriladi

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirining oʼrinbosari А. Karimov boshchiligidagi mamlakat qishloq xoʼjaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.

Аvval xabar berganimizdek, joriy yil sentyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligi oʼrtasida “Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash va sugʼurtalash sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida”gi qoʼshma bayonot hamda yoʼl xaritasi imzolangandi.

Mazkur qoʼshma bayonot ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari А.Karimov rahbarligidagi delegatsiya vakillari Turkiya Respublikasida boʼlib turibdi. Tashrif davomida Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Ahmet Gumen bilan Turkiya sugʼurta qonunchiligini tartib-taomillarini Oʼzbekiston Respublikasida tatbiq etish boʼyicha oʼzaro fikr almashilib, hamkorlikda qonun loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligining Qishloq xoʼjaligi islohotlari departamenti mudiri Osman Yildiz va departament tarkibiy tuzilmasi rahbarlari bilan Turkiya Qishloq xoʼjaligi sugʼurtasining tarixi, joriy etilishi bosqichlari, erishilgan yutuqlar toʼgʼrisida maʼlumot olindi va ushbu tizimni Oʼzbekistonda joriy etish yoʼnalishlari muhokama qilindi.

#agrosugurta

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM