FARG‘ONADA ISSIQXONA XO‘JALIGI VA CHORVACHILIK RIVOJLANMOQDA
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. Vazir Uchko‘prik tumani “Bog‘ibo‘ston” MFY hududida “Uchko‘prik Vegetable Business” MCHJ tomonidan tashkil etilgan issiqxona majmuasini ham ko‘zdan kechirdi.
✅ Issiqxonaning umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etadi. Bu yerga shirin qalampirning “Ferrari” navi ekilgan bo‘lib, u asosan Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi. Ushbu navning sifati yuqoriligi va eti go‘shtliligi bois, gastronomik biznesda unga talab kundan-kunga oshib bormoqda.
To‘liq ko‘mir yoqilg‘isida isitishga mo‘ljallangan issiqxonada yetishtirilayotgan shirin qalampirning gektaridan 160 tonnagacha hosil olish ko‘zda tutilgan.
🔸 Vazirning tashrif dasturi bo‘yicha keyingi manzil Bag‘dod tumanining “Dasht” MFY hududida joylashgan "G‘ofurjon dehqon" MCHJga qarashli naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik kompleksi bo‘ldi.
Ushbu fermada ayni vaqtda 810 bosh qoramol boqilmoqda. Bir kunda o‘rta hisobda 10 tonna sut sog‘ib olinadi. Bitta sigir o‘rtacha hisobda 27,6-28 litr atrofida sut bermoqda. Sutlarning yog‘lilik darajasi 3,8 — 4%.
Bundan tashqari uchrashuvda bugungi kundagi ozuqa-yem bazasini arzonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Chetdan olib kelinayotgan ozuqani o‘zimizda ishlab chiqarish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish va narxini arzonlashtirish masalalari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
✅ Joriy yilning 9-oktyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸 Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Qahramon Yuldashev, Alisher Shukurov hamda vazirlik mutasaddi vakillari, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasidagi Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator professorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, Shimoliy-G‘arbiy A&F universiteti va O‘zbekistondagi agrar soha oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Umuman olganda uchrashuv chog‘ida bir qator yo‘nalishlarda, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mablag‘lari hisobidan suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ochish, malakali professor-o‘qituvchilar orasida tanlov o‘tkazish, degradatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish hamda “Davlat-ilm-ishlab chiqarish” o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish uchun Xitoyning Yangling shahriga qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari va kollejlar rahbarlaridan iborat delegatsiyalarni yuborish masalalari yuzasidan fikrlar almashilinib, keyingi chora tadbirlar belgilab olindi.
#universitet #delegatsiya

♻️ Vazir qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tabiiy quritish jarayoni bilan tanishdi
Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
🔰 Tashrif doirasida vazir Bag‘dod tumanidagi 2 km uzunlikdagi yassi tekislikda joylashgan “Do‘stlik bog‘bonlari” hududi bilan yaqindan tanishdi.
✅ 10 gektar maydonni egallagan ushbu hudud 200 nafar fermer xo‘jaliklariga bepul foydalanish uchun taqdim etilgan.
Hududda mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish ishlari olib borilmoqda. Atrofdagi 3500 gektar maydonda ekilgan mahsulotlar esa, qishki zaxira uchun aynan shu hududda tayyorlanadi.
Umuman olganda, qishloq aholisini doimiy hamda mavsumiy ish bilan taʼminlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun bu kabi qulayliklar yaratib berilayotgani ham bejiz emas.
Aziz Voitov o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va mahsulotning tannarxini tushirish yuzasidan qilinadigan ishlarning ko'lami belgilab olindi.

TOSHLOQLIK KASANACHILAR O‘Z MAHSULOTLARINI EKSPORT QILMOQDA
🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘ona viloyatidagi tashrifi doirasida Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY da istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida ham bo‘ldi. Bu mahalla o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.
Jumladan, ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an'anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul.
✅ Mahalladagi 120 ta xonadon ushbu kasanachilik bilan doimiy ravishda mashg‘ul bo‘lsa, har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.
🌐 Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.
📝 Bugungi kunda ushbu kigizlarga bo‘lgan ichki talabni ham to‘la qondirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov shu yerning o‘zida kasanachilar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida ma'lum bo‘ldiki, bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subyektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda ham unumdorlik oshadi.
#kigiz #eksport