Paxta xom ashyosining narxi qanday aniqlanadi?
💹 Endi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini kunlik e'lon qilib boradi. Bu ma'lumotlarni kuzatib borish orqali siz birjada bir tonna paxta tolasining so‘mdagi kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini bilib olishingiz mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Nyu-York savdo birjasida har kuni muntazam paxta tolasining kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasining vazni ingliz funtida, narxi esa AQSH dollari sentlarida ifodalanadi.
📊 Nyu-York savdo birjasida kotirovka qilinadigan paxta tolasi taxminan mahalliy to‘rtinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass paxta naviga to‘g‘ri keladi.
E'tibor bering bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasi sentdagi narxini bir tonna paxta tolasining AQSH dollardagi narxiga aylantirish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya'ni bir funt paxta tolasining o‘rtacha narxi -85 sentni hisob-kitob koeffitsiyenti--22,046 (o‘zgarmas koeffitsiyent) ga ko‘paytiramiz, shunda bir tonna paxta tolasining dollardagi narxi kelib chiqadi.
85 s/funt * 22,046 = 1 874 dollar/tn
Bunda “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun - oktyabr davrdagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.
#paxta #xom_ashyo #narx
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
💹 Endi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini kunlik e'lon qilib boradi. Bu ma'lumotlarni kuzatib borish orqali siz birjada bir tonna paxta tolasining so‘mdagi kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini bilib olishingiz mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Nyu-York savdo birjasida har kuni muntazam paxta tolasining kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasining vazni ingliz funtida, narxi esa AQSH dollari sentlarida ifodalanadi.
E'tibor bering bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasi sentdagi narxini bir tonna paxta tolasining AQSH dollardagi narxiga aylantirish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya'ni bir funt paxta tolasining o‘rtacha narxi -85 sentni hisob-kitob koeffitsiyenti--22,046 (o‘zgarmas koeffitsiyent) ga ko‘paytiramiz, shunda bir tonna paxta tolasining dollardagi narxi kelib chiqadi.
85 s/funt * 22,046 = 1 874 dollar/tn
Bunda “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun - oktyabr davrdagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.
#paxta #xom_ashyo #narx
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇧🇭 “Ekspo Doha-2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro koʻrgazmasiga start beriladi
🔸 Uychi tumanining ilg‘or paxtakorlari marraga yetib keldilar
🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar daromadini oshirish manbai
🌱 Yashil energetikaning qishloq xo'jaligi va ekologiyaga ta'siri
📈 FAO tomonidan Fan va innovatsiyalar kuni o‘tkazildi
🌱 Moyli ekinlar urug‘chiligini urivojlantirish va mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
🇮🇹 Italiyadan keltirilgan navbatdagi za’faron tuganak piyozboshlari ekildi
✅ Mevalarning shohi — behining yangi navi ixtiro qilindi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-oktyabrdan 15-oktyabrgacha ob-havo ma'lumoti
9-oktyabrdan boshlab ☀️
Quyosh chiqishi – 06:27
Quyosh botishi – 17:53
🌓 Tugayotgan oy: 9-12-oktyabr
Yangi oy: 13-15-oktyabr
🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2 ).
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (2-5 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
Havoning namligi:
9-oktyabr - 40%; 10-oktyabr - 36%; 11-oktyabr - 32%; 12-oktyabr - 41%; 13-oktyabr - 57%; 14-oktyabr - 42%; 15-oktyabr - 34%;
🌤️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
🏔️ Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
#ob_havo #iqlim #tavsiya

Погодные явления с 9 октября по 15 октября
С 9 октября ☀️
Восход – 06:27
Закат –17:53
🌓 Убывающая луна: 9-12 октября
Новолуние: 13-15 октября
🧲 Геомагнитная активность:
Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 2-2-2-2-2-2-2).
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается умеренный уровень (2-5 баллов).
Влажность воздуха:
9-октября - 40%; 10-октября - 36%; 11-октября - 32%; 12-октября - 41%; 13-октября - 57%; 14-октября - 42%; 15-октября – 34%
🌤️ Еженедельная сводка погоды
На этой неделе, по большей части территории Узбекистана переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с.
Температура ночью 9-14°, днем 25-30°
🏔️ По горным районам республики небольшая, местами переменная облачность, местами дождь. Ветер восточный 7-12 м/с.
Температура ночью 5-10°, днем 15-20°.
📝 Рекомендации для фермеров и дехкан
На полях, засеянных зерном, проводятся ирригационные работы. В садах собирают спелые плоды. Также необходимо обратить внимание на качественный и чистый сбор хлопка на хлопковых полях.
#погода #климат #рекомендации

VODIYDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI AVJIDA
🔰 Joylarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviyligini ta’minlash, rejali ishlarning bajarilishi bilan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.
Farg‘ona viloyati azaldan ishning ko‘zini biladigan, bir qarich yerdan ham samarali foydalanadigan mirishkor dehqonlari, bog‘dorchilikning hadisini olgan, shakardan shirin lazzatli mevalarini asl holida uzoq muddatgacha saqlay oladigan bog‘bonlari bilan tanilgan. Vazirning viloyatda tashrif buyurgan ilk manzili – Dang‘ara tumanidagi "Azimobod" fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikka qarashli dala maydonida ayni paytda paxta yig‘im-terimi avjida.
✅ Aziz Voitov bu yerda olib borilayotgan paxta yig‘im –terim ishlari bilan tanishdi. Soha mutaxassislari va terimchilar bilan suhbatlashdi.
🔸 Shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 103 gektarni tashkil etadi, shundan 44 gektariga paxta ekilgan bo‘lib, hozirgi kunda 35 sentnerdan hosil olinmoqda. Ayni paytda xo‘jalikdagi paxta yig'im-terimida yaqin atrofdagi mahallalardan ixtiyoriy ravishda 120 nafar terimchi qatnashmoqda. Bundan tashqari paxta teruvchi mashinalar ham ishga tayyor holatda.
Samimiy suhbat chog‘ida fermer xo‘jaligining faoliyati, kelgusidagi rejalari, g‘o‘zaning hudud iqlimiga mos yuqori hosildor navlari, paxtadan bo‘shagan yerlarga g‘alla va boshqa ekinlarni ekishning ahamiyati haqidagi fikrlar o‘rtaga tashlandi. Vazir bu bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Aziz Voitovning Farg‘ona viloyatiga ishchi tashrifi davom etmoqda.

Yaqinda Italiyaning Rim shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning “Samaralilik, inklyuzivlik va chidamlilik” mavzusidagi Qishloq xoʻjaligini barqaror mexanizatsiyalash boʻyicha global konferensiyasi (QXMGK) boʻlib oʻtdi.
✅ Unda Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilariga yurtimizda xoʻjalik yuritishning yangi mexanizmi – klaster va kooperatsiyalar faoliyati qoʻllab-quvvatlanib, texnika parkini yangilash darajasining oshishi hamda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida, chigit ekish mavsumi 15 kundan 10 kunga, gʻalla oʻrish mavsumi 30 kundan 20 kunga qisqarib, shudgorlash ishlarini 25-30 kunda yakunlash imkoniyati yaratilganligi, mexanizatsiya xizmatlarini yaxshilash maqsadida agrar sohada lizing xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator loyihalar ishlab chiqilganligi hamda mexanizatsiya darajasini oshirishda berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Ushbu anjuman yettita tematik sessiyani oʻz ichiga olib, unda ishtirokchilar global qishloq xoʻjaligi hosildorligini oshirish uchun barqaror qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashning texnologik imkoniyatlariga tegishli masalalar muhokama qilishdi.
#Fao #konferensiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raddiya❗️
Ijtimoiy tarmoqlarda “paxta tolasining taxminiy narxlari e’lon qilindi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.
🔸 Lekin shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlarni oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondashuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarni atroflicha va xolis o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi:
Paxta tolasi narxlari Nyu-York birjasi e'lon qilgan kotirovka va uning formulasi orqali hisob-kitob qilinadi. Unga muvofiq, paxtaga narx belgilash tomonlarning o'zaro manfaatli kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda aniq narxni ko'rsatilgan holda bu kabi tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi yana bir bor ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish lozimligiga chaqirib qoladi!
Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot xizmati muloqotga ochiqligini ma’lum qilib qolamiz.

FARG‘ONADA ISSIQXONA XO‘JALIGI VA CHORVACHILIK RIVOJLANMOQDA
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. Vazir Uchko‘prik tumani “Bog‘ibo‘ston” MFY hududida “Uchko‘prik Vegetable Business” MCHJ tomonidan tashkil etilgan issiqxona majmuasini ham ko‘zdan kechirdi.
✅ Issiqxonaning umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etadi. Bu yerga shirin qalampirning “Ferrari” navi ekilgan bo‘lib, u asosan Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi. Ushbu navning sifati yuqoriligi va eti go‘shtliligi bois, gastronomik biznesda unga talab kundan-kunga oshib bormoqda.
To‘liq ko‘mir yoqilg‘isida isitishga mo‘ljallangan issiqxonada yetishtirilayotgan shirin qalampirning gektaridan 160 tonnagacha hosil olish ko‘zda tutilgan.
🔸 Vazirning tashrif dasturi bo‘yicha keyingi manzil Bag‘dod tumanining “Dasht” MFY hududida joylashgan "G‘ofurjon dehqon" MCHJga qarashli naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik kompleksi bo‘ldi.
Ushbu fermada ayni vaqtda 810 bosh qoramol boqilmoqda. Bir kunda o‘rta hisobda 10 tonna sut sog‘ib olinadi. Bitta sigir o‘rtacha hisobda 27,6-28 litr atrofida sut bermoqda. Sutlarning yog‘lilik darajasi 3,8 — 4%.
Bundan tashqari uchrashuvda bugungi kundagi ozuqa-yem bazasini arzonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Chetdan olib kelinayotgan ozuqani o‘zimizda ishlab chiqarish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish va narxini arzonlashtirish masalalari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.