QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🐑 CHORVACHILIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
 
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.

📈 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti salohiyatini oshirish markazi va Germaniya mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik Samarqand chorvachilik tarmog‘ida yanada barqaror va farovon kelajakka yo‘l ochdi.

Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz

#chorvachilik #seminar
 
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐑 СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ ВЕДЕНИЯ ЖИВОТНОВОДСТВА
 
🔰 Стремясь повысить сельскохозяйственный потенциал агрокластеров и местных фермеров, «Центр развития потенциала» при Международном сельскохозяйственном университете 5 октября организовал мероприятие, на котором провел научно-практический семинар на тему «Летне-зимние мероприятия на животноводческих фермах». Мероприятие собрало большой круг участников: среди них были животноводы, ветеринарные специалисты, научные сотрудники, а также студенты-энтузиасты, желающие получить знания как от немецких специалистов, так и от местных экспертов.

📈 Сотрудничество Центра наращивания потенциала Международного сельскохозяйственного университета и немецких специалистов открыло путь к более устойчивому и процветающему будущему самаркандского животноводства.

Применение на практике уроков, полученных на этом семинаре, несомненно, приведет к процветанию самаркандских фермерских хозяйств, обеспечив экономическую стабильность и продовольственную безопасность региона.

#Животноводство #семинар
 
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MEVALARNING SHOHI — BEHINING YANGI NAVI IXTIRO QILINIDI

Jannatmakon yurtning qaysi go‘shasiga bormang, bog‘lar, ko‘chalar, ziyoratgohlar, hovli tomorqalarida behi daraxtlarini uchratasiz. Bir nechta Behizor nomli ko‘chalar ham bor. Zero, behi daraxti uzoq vaqt suvsiz yashay olishi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Lekin behining 80 foizi Farg‘ona vodiysining suvga serob bo‘lgan tog‘ yon bag‘irlari, qir-adirlarda yetishtiriladi.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasida ham bir qator behi navlari mavjud. Ushbu kolleksiya bog‘i 2012-2013-yillarda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 31 ta behi navi, shuningdek 10 ta duragay navlari parvarish qilinmoqda.

“Olmabehi” navida yoppasiga pishish sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida kuzatiladi. Behizorlarni kuchli zararlaydigan bakterial kuyish kasalligiga bardoshli. Yuqori hosilli nav, unumdorligi past yerlarda har gektariga 200 sentnerdan hosil beradi. Hosil quvvati 4,1-4,3 balga baholangan. 

Farg‘ona ilmiy-tajribasi stansiyasida mavjud 31 ta nav ichidan kasalliklarga, ayniqsa, bakterial rakka nisbatan chidamli navlarni aniqlab olish muhim ahamiyatga egadir. Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan “Olmabehi” navida ham kasallanish darajasi 1 ball bilan baholanib, kasallikka bardoshliligi tasdiqlangan.

Oltindek tovlanayotgan behizorlar aro kezgan odam bu mumtoz meva daraxtini undirib, o‘stirgan bog‘bon mehnatiga tasanno aytadi. Bu ilmiy maskan ekinzorlarida bir necha 10 yillardan buyon yaratish, yashnatish ishqi bilan mehnat qilayotgan usta mirishkorlar bor. Har yili erta bahordan behi daraxtlariga shakl berish, ularni o‘g‘itlash, suspenziyalar yordamida dorilash ishlari ilmiy xodimlarning maslahat va ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi.

#behi #olmabehi #yangi_nav #Fargona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Bugun jahon hamjamiyati insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri global iqlim o‘zgarishi ekanligini tan olmoqda.

Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida har bir davlat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘zidagi bor imkoniyatlarini to‘liq ishga solmoqda.
☀️ Iqlim o‘zgarishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Кeyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

📈 Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

#ekologiya #tomchilatib_sugorish #suv_resurslari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICHKI BOZORNI UN MAHSULOTI BILAN BARQAROR TA'MINLASH UCHUN ZAXIRA YETARLI

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq boshlangan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va bug‘doyni qayta ishlash korxonalarining faoliyati tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Jumladan, joriy yil hosilidan respublikamiz g‘allakorlari tomonidan 8,1 million tonnalik g‘alla xirmoni yaratilgan.

📊 8,1 mln tonnalik g‘alla xirmonini yaratishda respublika fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

Shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta'minlash darajasi o‘tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

Jumladan, sohada yaratilgan imkoniyatlar natijasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subyektlari tomonidan import qilingan bug‘doyni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan 926 ming tonna un mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobarga oshgan.

Bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hamda xo‘jalik subyektlarining eksport amaliyotlari orqali respublika iqtisodiyotiga valyuta oqimining kirishini ta'minlamoqda.

#un_zaxirasi #don #ishlab_chiqarish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 2023-yilda yetishtirilgan paxta xom-ashyosining narxini aniqlash yuzasidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini (paxta tolasi tonnasining so‘mdagi narxlarining kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini) kunlik e'lon qilib boradi.

💹 Paxta tolasining indikativ prognoz narxining so‘mdagi ifodasi esa so‘m almashuv kursining prognoz narxiga ko‘paytirish orqali topiladi.

Paxta xom ashyosining o‘rtacha indikativ prognoz narxi (to‘rtinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klass) tola chiqishi o‘rtacha ko‘rsatkichini hisobga olib, paxta tolasining indikativ prognoz narxidan kelib chiqqan holda, milliy valyuta (so‘m)da quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

🔴 Px = (Pt-ISx) x Tch + CHq+Lq+Uq,

Ushbu formula bo‘yicha paxta xom ashyosining indikativ prognoz narxini aniqlash uchun saytimizda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlangan paxta xom ashyosining indikativ prognoz narxidan kelib chiqib, paxta xom ashyosining narxi har bir sanoat navi, sinfi va tipi bo‘yicha koeffitsiyentlari asosida aniqlanishi mumkin. Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub'yektlar shartnomaviy munosabaatlar doirasida paxta xomashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🔸 Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir: yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul

#bu_qiziq #yer_haydash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вспашка земли осенью, для чего она нужна?

Обработка почвы – важнейшее агротехническое мероприятие. Качественная подготовка земли к посевному сезону позволяет увеличить урожайность культур и снизить потери сельскохозяйственных культур. Поговорим о пользе вспахивания.

🔸 Вспахивание – это обработка почвы особым способом: слой земли примерно 20 см глубиной переворачивается, крошится, рыхлится и перемешивается с помощью плуга. В личных и небольших фермерских хозяйствах плуги бывают ручными либо соединяются с культиватором, в производственных масштабах плугом являются насадки к сельскохозяйственной технике.

Вспашка земли имеет ряд преимуществ: земля обогащается кислородом, растения в ней быстрее поднимутся и окрепнут; разрушаются подземные ходы грызунов и насекомых; предотвращается эрозия почвы; упрощается процесс удаления сорняков, так как корни их поднимаются на поверхность; засоленность земли снижается.

Осеннее вспахивание поднимает корни сорняков и живущих под землей бактерий и вредителей, которые гибнут в холоде, но в дождливое время вспахивание проводить не нужно, во избежание обезвоживания земли.

#это_интересно #вспашка_земли

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paxta xom ashyosining narxi qanday aniqlanadi?
 

💹 Endi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini kunlik e'lon qilib boradi. Bu ma'lumotlarni kuzatib borish orqali siz birjada bir tonna paxta tolasining so‘mdagi kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini bilib olishingiz mumkin.

Shuni aytib o‘tish kerakki, Nyu-York savdo birjasida har kuni muntazam paxta tolasining kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasining vazni ingliz funtida, narxi esa AQSH dollari sentlarida ifodalanadi.

📊 Nyu-York savdo birjasida kotirovka qilinadigan paxta tolasi taxminan mahalliy to‘rtinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass paxta naviga to‘g‘ri keladi.

E'tibor bering bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasi sentdagi narxini bir tonna paxta tolasining AQSH dollardagi narxiga aylantirish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya'ni bir funt paxta tolasining o‘rtacha narxi -85 sentni hisob-kitob koeffitsiyenti--22,046 (o‘zgarmas koeffitsiyent) ga ko‘paytiramiz, shunda bir tonna paxta tolasining dollardagi narxi kelib chiqadi.

85 s/funt * 22,046 = 1 874 dollar/tn
Bunda “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers
kotirovkalarining har birining joriy yil iyun - oktyabr davrdagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.

#paxta #xom_ashyo #narx

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 2-7 Oktyabr 2023-yil

🇧🇭 “Ekspo Doha-2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit”
xalqaro koʻrgazmasiga start beriladi

🔸 Uychi tumanining ilg‘or
paxtakorlari marraga yetib keldilar

🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar
daromadini oshirish manbai

🌱 Yashil energetikaning
qishloq xo'jaligi va ekologiyaga ta'siri

📈 FAO tomonidan Fan va
innovatsiyalar kuni o‘tkazildi

🌱 Moyli ekinlar urug‘chiligini urivojlantirish va mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida


🇮🇹 Italiyadan keltirilgan navbatdagi
za’faron tuganak piyozboshlari ekildi

Mevalarning shohi —
behining yangi navi ixtiro qilindi

📊 2023-yilda yetishtirilgan paxta xom-ashyosining narxini aniqlash yuzasidan

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
 9-oktyabrdan 15-oktyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
9-oktyabrdan boshlab ☀️
Quyosh chiqishi – 06:27
Quyosh botishi – 17:53
 
🌓 Tugayotgan oy: 9-12-oktyabr
Yangi oy: 13-15-oktyabr
 
🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (2-5 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
9-oktyabr - 40%; 10-oktyabr - 36%; 11-oktyabr - 32%; 12-oktyabr - 41%; 13-oktyabr - 57%; 14-oktyabr - 42%; 15-oktyabr - 34%;
 
🌤️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
🏔️ Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM