QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TEXNOLOGIYALAR, ILM-FAN VA TA’LIMGA INVESTITSIYALARSIZ OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA ERISHISH MUTLAQO IMKONSIZDIR

🗣Joriy yilning 7-8-sentyabr kunlarida Samarqandda bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti bosh direktori Yerlan Baydaulet ham qatnashib, ma’ruza qildi. Shundan so‘ng, bizga anjuman taassurotlari va o‘zi rahbarlik qilayotgan Tashkilot faoliyati haqida so‘zlab berdi.
*****
ДОСТИЖЕНИЕ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ БЕЗ НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ,ИНВЕСТИЦИЙ В НАУКУ, ОБРАЗОВАНИЕ ПРАКТИЧЕСКИ НЕВОЗМОЖНО

🗣7-8 сентября текущего года генеральный директор Международной исламской организации по продовольственной безопасности Ерлан Байдаулет принял участие и выступил на Международной конференции по продовольственной безопасности, проходившей в Самарканде. После этого он рассказал нам о своих впечатлениях от конференции и деятельности возглавляемой им организации.

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOZORLARDA UZUMLAR HAMYONBOP NARXLARDA SOTILMOQDA

🍇Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bozor rastalarida uzum narxining keskin oshib ketgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Garchi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda rasman maʼlumot taqdim etilgan bo‘lsa-da, hanuzgacha uzum narxi juda yuqori ekanligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar tinmayapdi.

Biz vaziyatga oydinlik kiritish hamda bu yilgi uzum hosili haqida ma’lumot olish uchun dastlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l oldik.

Uzumchilik va mikro-vinochilik bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori O‘tkir Ochildiyevning taʼkidlashicha, bugungi kunda respublikada 1820 ta uzum nav kolleksiyasi mavjud bo‘lib, shulardan 200 tasi mahalliylashtirilgan, xususan 49 tasi Davlat Reestridan o‘rin olgan.

Respublikada 2021-yil holatiga ko‘ra, uzum yetishtirish bo‘yicha 157 ming gektar maydon mavjud edi. Uzumchilikda olib borilayotgan islohotlar natijasida ushbu mevaning sifatli va eksportbop navlarini ko‘paytirish uchun unga ajratiladigan maydonni kengaytirish yaʼni tokzorlar 2025-yilgacha 307 ming gektar bo‘lishi rejalashtirilgan.

O‘rganishlarimiz natijasida mahalliy “Kishmish” navli qora uzum narxi — 15-25 ming so‘m atrofida, “Husayni” uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha ekanligiga amin bo‘ldik. Shuningdek, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, “Mersedes” navli uzumning narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligiga guvoh bo‘ldik.

#uzumchilik #narx_navo #ilmiy_tadqiqot_instituti

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA XITOY: QISHLOQ XO‘JALIGIDA AGROINNOVASIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA HAMKORLIKLAR MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgani to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Xitoyning bir qator yirik kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Delegasiyamiz vakillari, shuningdek, Xitoydagi “Tuproq sifatini sinash” markazi, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” parki, “Pitahaya” issiqxonasi, ShHT bazasi ko‘rgazma zali hamda transchegaraviy elektron tijorat markazlarida bo‘lishdi hamda mamlakatlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Xitoy tomoni bilan birga qishloq xo‘jaligida “Yerdan foydalanish islohotlari”, “Mintaqaviy rivojlanish va urbanizatsiya strategiyasi”, “Bandlik va ijtimoiy taʼminotni rivojlantirish, oziq-ovqat va strategik zaxiralarni boshqarish” kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham eʼtibor qaratildi, shuningdek, “Yashil energetika” hamda agrar sohada ilg‘or loyihalarni amalga oshirish muhimligi ham qayd etildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston24” telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Intensiv bog‘lar tashkil etish texnologiyasi va samaradorlik" mavzusida lavha namoyish etildi.

Unda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2020-2023-yillarda 6,5 ming gektar maydonda tashkil etilgan intensiv bog‘lar va ulardan yuqori hosil olish uchun mavsumiy agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli olib borilayotganiga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, lavhadan Prezident tomonidan “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida bunga qo‘shimcha ravishda 452 gektar maydonga yangi intensiv bog‘lar yaratish uchun amaliy harakatlar boshlangani haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FIKRINGIZCHA, OʻZBEKISTONDA QAYSI HUDUD YILQI SONI KOʻPLIGI BOʻYICHA YETAKCHI?
Final Results
63%
Qashqadaryo viloyati
11%
Samarqand viloyati
23%
Toshkent viloyati
4%
Xorazm viloyati
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «FIKRINGIZCHA, OʻZBEKISTONDA QAYSI HUDUD YILQI SONI KOʻPLIGI BOʻYICHA YETAKCHI?»
КАК ВЫ ДУМАЕТЕ, КАКОЙ РЕГИОН ЛИДИРУЕТ ПО КОЛИЧЕСТВУ ЛОШАДЕЙ В УЗБЕКИСТАНЕ?
Final Results
69%
Кашкадарьинская область
8%
Самаркандская область
18%
Ташкентская область
4%
Хорезмская область
O‘ZBEKISTONDA KREVETKA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Ozbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Youfa Group” kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasiga e’tibor qaratildi.
*****
В УЗБЕКИСТАНЕ БУДЕТ НАЛАЖЕНО РАЗВЕДЕНИЕ КРЕВЕТОК

🤝В Министерстве сельского хозяйства состоялась встреча руководства ассоциации «Узбекбаликсаноат» и представителей китайской компании «Shandong Youfa Group».

В ходе конструктивного диалога были обсуждены перспективы налаживания и расширения двустороннего сотрудничества. В частности, особое внимание было уделено вопросу промышленного разведения креветок в Узбекистане.

#Ozbekbaliqsanoat #baliqchilik #krevetka #suv_havzalari

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURUQ MEVALAR EKSPORTI BO‘YICHA “YO‘L XARITASI” VA DAVLAT-XUSUSIY PLATFORMASI ISHLAB CHIQILADI

👥Toshkent davlat agrar universitetida quruq mevalar eksportini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” va davlat-xususiy platformasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Sohadagi o‘zgarishlarni izchil va hamma uchun birdek manfaatli o‘zanda olib borish maqsadida davlat hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida maxsus “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga qaror qilindi. Besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platforma ham tashkil etiladi, u quruq mevalar tayyorlash va eksport qilishning butun siklida davlat hamda xususiy sektor o‘rtasida muntazam muloqotni ta’minlaydi.
*****
РАЗРАБОТКА «ДОРОЖНОЙ КАРТЫ» И ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОЙ ПЛАТФОРМЫ ПО ЭКСПОРТУ СУХОФРУКТОВ

👥В Ташкентском государственном аграрном университете состоялся круглый стол по формированию «Дорожной карты», направленной на развитие экспорта сухофруктов и создание государственно-частной платформы.

Было принято решение разработать специальную «Дорожную карту» с участием представителей государственного и частного секторов в целях последовательной и взаимовыгодной трансформации в сфере. В качестве логического продолжения этой, рассчитанной на пять лет дорожной карты, станет государственно-частная платформа, которая обеспечит постоянную связь между государственными органами и бизнесом на протяжении всего цикла производства и экспорта сухофруктов.

#davra_suhbati #Yol_xaritasi #quruq_mevalarni_tayyorlash #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM