QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QASHQADARYO: ISLOHOTLAR NATIJASI VA YANGI IMKONIYATLAR

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda navbatdagi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.

Yaratilayotgan yangi navlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi ana shu uyg‘unlik va izlanishlarning natijasidir. Jumladan, yangiliklar yaratish borasida respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov yondosh hududda joylashgan “Asian Golden Oil” MCHJning oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan un va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona xodimlarining fikr-mulohazalari tinglandi. E'tiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli un va yog‘ mahsulotlari bilan ta'minlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan.

#vazir #tashrif #ilmiy_tadqiqot_instituti #un_va_yog_mahsulotlari #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

🍇“Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali
doirasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya qizg’in tarzda o’tmoqda. Ma’ruzalar mahalliy hamda xorijiy ekspertlar tomonidan olib borilmoqda. Unda uzum yetishtirish agrotexnologiyalari, serhosil uzum navlarini ko'paytirishda tokzorlarda uchraydigan har xil kasalliklarga qarshi kurashish usullari haqida nafaqat yurtimiz olimlari va soha mutaxassislarining, balki Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Ahamiyatlisi, konferensiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni olishmoqda.

O‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Uzum yetishtirish va saqlashning innovatsion texnologiyalari”, “In vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi”, “Hosilli tokzorlar intensiv texnologiyasi”, “Uzumning sharobbop navlarini tanlash va yetishtirishda tavsiyalar”, “Uzumning mayizbop navlarini o‘stirish usullarining hosil va hosil sifatiga ta'sirini o‘rganish”, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba, uzumchilikda standartlash va sertifikatlash tizimini joriy etish (GLOBAL GAP, ORGANIC), tok tuplarining yashil qismlari bilan bog‘liq ishlar borasida ham bir qator ma'ruzalar tinglanmoqda.
Tadbir doirasida xorijiy biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mahalliy va xorijiy investorlar hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida turli bitim va kelishuvlar imzolanmoqda.

Shuningdek, “Uzum sayli” doirasida “Eng yaxshi uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“AQLLI ISSIQXONALAR” BO‘YICHA KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

💻Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari borasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar.

Loyihaning maqsadi esa, O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan “aqlli” fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish markazini barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Bilimlar, muhim maʼlumotlar tortig‘i va qizg‘in bahs-munozalardan so‘ng, o‘quv seminari o‘z ishini yakunladi. Qatnashchilarga sertifikatlar va sovg‘alar topshirildi hamda esdalik uchun suratga tushildi.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Aqlli_issiqxonalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO MIRISHKORLAR YURTI

Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.

Qashqadaryolik mehnatkashlar paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki mevalar yetishtirishmi – har sohada yuzlari yorug‘ bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Birgina Kasbi tumanidagi “Naxshab Tex Group” misolida ko‘radigan bo‘lsak, ayni paytda bu erda sifatli kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘z navbatida, Vazir korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham fikrlarini o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng Aziz Voitov korxonaga yondosh hududda joylashgan, “Do‘stmurod Eshonqulov” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi.

Viloyatda ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi ham qashqadaryolik mirishkorlarini shashtlaridan qaytara olmagan. Fermer xo‘jalik tomonidan 20 gektar maydonga sabzi, 3 gektarga karam, 3 gektariga esa sholg‘om ekilgan.

Shundan so‘ng, Vazir keyingi lokatsiya bo‘yicha Qarshi tumanida joylashgan “Sulton Golden Teks” MCHJ dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

Ko‘pni ko‘rgan tajribali dehqon-u fermerlar har bir agrotexnik tadbir o‘z vaqtida bajarilsagina yerdan unumli hosilni olish mumkin, deb hisoblaydi. Shu bois fermer xo‘jaligi mutasaddilari asosiy dala maydonlarida suv kirish qismining har 5 gektariga mo‘ljallab sharbat xandaqlar qazib, mahalliy o‘g‘it bilan to‘ldirmoqda.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA “YASHIL MOLIYALASHTIRISH” QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

👥Bugun dunyo ahlini, hamjamiyatini bir fikr birlashtirmoqda: Tabiatni sof holicha asrash va xavfsiz, sifatli oziq-ovqat tizimini yaratish. Buning amaliyoti bevosita insonlarning sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgani bois, uning dolzarbligi kun sayin ortib bormoqda.

Toshkentda o‘tkazilgan “Iqlimga maqbullashtirilgan qishloq xo‘jaligi uchun yashil moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminar ham aynan ushbu maqsad yo‘lida yana bir dadil qadam bo‘ldi.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Markaziy bank va respublikamizdagi tijorat banklari mutasaddilari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAOning ) vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda mavzuga oid “Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga ko‘maklashish, xususan, iqlim aqlli qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihaga ko‘ra:
🟢qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqlim o‘zgarishiga chidamli bo‘lishiga yordam berish;
🟢qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni barqaror oshirishga imkon berish;
🟢issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish
kabi vazifalar bajarilishi lozim.

#seminar #oziq_ovqat #yashil_moliyalashtirish_mexanizmlari #FAO

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM