QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jannatmakon bu yurtimizda eng ajib, eng totli meva-yu sabzavotlar yetishtiriladi. Bu zaminning ko‘zni quvnatar naqsh olma-yu anorlari, boldan-da shirin uzumlarini yemabsiz, dunyoga kelmabsiz. Mana shunday betakror mevalarimizning navlarini saqlab qolish, uni dunyo bozorlariga olib chiqish maqsadida so‘nggi yillarda ko‘plab festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

🍇Bugun bir necha soatlardan so‘ng Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida mana shunday nufuzli tadbirlarda biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlanadi.

Mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishdek ulkan maqsadni ko‘zlagan ushbu festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan.

Festivalda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya, "Eng yaxshi uzum navi" va "Eng yaxshi vino mahsuloti" nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Siz ham festivalga tashrif buyuring va biz bilan birgalikda betakror taassurotlarga oshno bo‘ling!

#uzumchilik #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbirlardan biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlandi.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbir — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu festival Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
*****
НАЧАЛА СВОЮ РАБОТУ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

🍇В селе Заркент Паркентского района Ташкентской области проходит престижное мероприятие"Узум сайли и международный фестиваль виноделия".

Данный фестиваль организован Министерством сельского хозяйства совместно с Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и хокимиятом Ташкентской области в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан ПП-260 "О мерах, направленных на дальнейшее развития сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годах" от 3 августа этого года.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya #seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇PARKENT TUMANINING ZARKENT QISHLOG‘IDA "UZUM SAYLI VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI" QIZGʻIN PALLADA
*****
🍇В СЕЛЕ ЗАРКЕНТ ПАРКЕНТСКОГО РАЙОНА В САМОМ РАЗГАРЕ «ФЕСТИВАЛЬ ВИНОГРАДА И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФЕСТИВАЛЬ ВИНОДЕЛИЯ».

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO: ISLOHOTLAR NATIJASI VA YANGI IMKONIYATLAR

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda navbatdagi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.

Yaratilayotgan yangi navlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi ana shu uyg‘unlik va izlanishlarning natijasidir. Jumladan, yangiliklar yaratish borasida respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov yondosh hududda joylashgan “Asian Golden Oil” MCHJning oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan un va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona xodimlarining fikr-mulohazalari tinglandi. E'tiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli un va yog‘ mahsulotlari bilan ta'minlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan.

#vazir #tashrif #ilmiy_tadqiqot_instituti #un_va_yog_mahsulotlari #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

🍇“Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali
doirasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya qizg’in tarzda o’tmoqda. Ma’ruzalar mahalliy hamda xorijiy ekspertlar tomonidan olib borilmoqda. Unda uzum yetishtirish agrotexnologiyalari, serhosil uzum navlarini ko'paytirishda tokzorlarda uchraydigan har xil kasalliklarga qarshi kurashish usullari haqida nafaqat yurtimiz olimlari va soha mutaxassislarining, balki Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Ahamiyatlisi, konferensiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni olishmoqda.

O‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Uzum yetishtirish va saqlashning innovatsion texnologiyalari”, “In vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi”, “Hosilli tokzorlar intensiv texnologiyasi”, “Uzumning sharobbop navlarini tanlash va yetishtirishda tavsiyalar”, “Uzumning mayizbop navlarini o‘stirish usullarining hosil va hosil sifatiga ta'sirini o‘rganish”, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba, uzumchilikda standartlash va sertifikatlash tizimini joriy etish (GLOBAL GAP, ORGANIC), tok tuplarining yashil qismlari bilan bog‘liq ishlar borasida ham bir qator ma'ruzalar tinglanmoqda.
Tadbir doirasida xorijiy biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mahalliy va xorijiy investorlar hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida turli bitim va kelishuvlar imzolanmoqda.

Shuningdek, “Uzum sayli” doirasida “Eng yaxshi uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM