QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Tahlilnoma dasturida GLOBAL HUNGER INDEX ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston eng yaxshi mamlakatlar orasida 21-o‘rinni egallagani haqida lavha efirga uzatildi.

Tahlilinomada mazkur reyting Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Oziq-ovqat xavfsizligi mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilayotgan kunlarda e’lon qilingani o‘ziga hos ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Tahlilnoma #FAO

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

🐟Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli baliq turlarini iqlimlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, fermerlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.

#baliqchilik #seminar #oziq_ovqat #akvaponika_tizimi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI KO‘RGAZMALARIGA MARHAMAT!

‼️2023-yil 29-noyabrdan 1-dekabrgacha “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi muhim ikki voqea — “Agroexpo Uzbekistan” hamda “Agrotechmash expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

📌Ko‘rgazmada 20 dan ortiq davlatlardan 100 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuasiga oid zamonaviy texnologiyalar, mahsulotlar, uskunalar va yangiliklarni namoyish etadi.

Qishloq xo‘jaligi yangiliklaridan bexabar qolmay desangiz, ko‘rgazmalarga tashrif buyuring!

TASHKILOTCHILAR:
🔴“O‘zekspomarkaz”
🔴IFWexpo Heidelberg GmbH

📞Batafsil ma'lumot olish uchun: 71 238 56 00

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI

💧Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi masalalar muhokama qilindi va yechimlar izlandi.

O‘zbekiston Respublikasidagi katta maydonlarda hozirgi kunda suv tejovchi texnologiyalar joriy etib kelinmoqda. Ulardan eng afzali tomchilatib sug‘orish deb tan olinib kelinmoqda. Masalan, suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, diskret usulida sug‘orish, shuningdek lazerli tekislash yordamida suvni tejashga qaratilgan turli xil texnologiyalar joriy etilgan. Shularning ichida eng ommabopi – bu tomchilatib sug‘orishdir. Uning bir qator afzalliklari mavjud. Tomchilatib sug‘orish asosan paxta maydonlarida keng qo‘llanilib kelmoqda. Bunda 40-45 foizgacha suv resurslarini tejash imkoniyatlari yaratilyapti.
*****
ОБМЕН ОПЫТОМ В СФЕРЕ ВНЕДРЕНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ

💧На международной конференции, проходившей в Самарканде, обсуждались ключевые вопросы продовольственной безопасности и вырабатывались единые подходы к поиску решений.

В настоящее время водосберегающие технологии внедряются на обширных территориях Узбекистана. Лучший вариант — капельное орошение. Например, среди водосберегающих технологий в арсенале имеются различные технологии, направленные на экономию воды с использованием капельного, дождевального, дискретного орошения и лазерного нивелирования. Самый популярный вид – капельное орошение. Он имеет ряд преимуществ. Метод в основном широко используется в хлопководстве. Таким образом можно сэкономить 40-45% водных ресурсов.

#tomchilatib_sugorish #suvdan_foydalanish_tizimi #yomgirlatib_sugorish #lazerli_tekislash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETIDA TANISHUV HAFTALIGI

👨‍🎓11-sentyabr kuni o‘ziga xos yo‘nalish va taʼlim tizimiga ega bo‘lgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida joriy yilda qabul qilingan talabalar uchun o‘quv yilining boshlanishi va tanishuv haftaligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bu yil universitetimizga juda ko‘p abituriyentlar hujjatlarini topshirishdi va biz ularning orasidan 160 nafarini saralab oldik. Bu talabalar asosan ingliz tilida dars o‘tiladigan guruhlarga qabul qilindi. Bundan tashqari, bu yilda magistratura yo‘nalishini ham tashkil etdik va bu yo‘nalishga ham 20 nafarga yaqin abituriyentlarni talabalikka qabul qildik. Shuningdek, 3 nafar xorijiy talaba o‘qishi kutilmоqda.
*****
НЕДЕЛЯ ЗНАКОМСТВА В МЕЖДУНАРОДНОМ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ

👩‍🎓11 сентября в Международном сельскохозяйственном университете, с особой специализацией, состоялось мероприятие, посвященное началу учебного года и ознакомительной неделе для студентов, поступивших в этом году.

В этом году в наш университет подали документы очень много абитуриентов, и мы отобрали 160 из них. Эти студенты были приняты в группы, где уроки преподаются преимущественно на английском языке. Помимо этого, в этом году мы организовали еще и магистратуру и приняли на этот курс около 20 человек. Также ожидается обучение 3 иностранных студентов.

#IAU #talabalar #tadbir

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAPONIYA OROLBO‘YI MINTAQASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHADI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Hatori, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Fayyad Qarman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi  hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihada Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan dolzarb muammolarni hal qilish, Qoraqalpog‘iston aholisi o‘rtasida moslashish va chidamlilikni oshirishga ko‘maklashishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda qayd etilishicha, ushbu tashabbus Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi tufayli amalga oshiriladi. Qiymati 2 million dollarga teng mazkur dastur Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bu orqali iqtisodiyotni rivojlantirish  maqsadida joriy etilyapti.

#xalqaro_hamkorlik #Orolboyi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida azim Samarqand shahrida ikki kun davom etgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Agro oziq-ovqat investitsiya” forumida yuqori natijalar qayd etilgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda xalqaro anjumanda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirgani va buning natijasi o‘laroq, forum yakunida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolangani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24 #Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NIMA DEB O‘YLAYSIZ, SURATDA TUPROQNING QANDAY TURI AKS ETGAN?
КАК ДУМАЕТЕ, КАКОЙ ВИД ПОЧВЫ ИЗОБРАЖЕН НА КАРТИНКЕ?
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​NIMA DEB O‘YLAYSIZ, SURATDA TUPROQNING QANDAY TURI AKS ETGAN?»
AGRAR SOHADAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUTAXASSISLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA

💻Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Uch kunlik seminar davomida vazirlik va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
*****
ПОВЫШАЕТСЯ КВАЛИФИКАЦИЯ СПЕЦИАЛИСТОВ ПО ИНФОРМАЦИОННЫМ ТЕХНОЛОГИЯМ В АГРОСФЕРЕ

💻Сегодня, в Центре цифровизации агропромышленности при Минсельхозе, представители южнокорейской компании «Camtic» провели учебный семинар, чтобы поделиться опытом организации деятельности «Умных теплиц».

В ходе трёхдневного семинара IT-специалисты министерства и его структурных подразделений повысят уровень своих знаний и навыков в процессах управления «Умными теплицами» с помощью компьютерных программ, корейского опыта цифровизации тепличных хозяйств, узнают о его преимуществах и функциональных возможностях.

Данный семинар проводится в рамках проекта «Создание инновационного центра промышленных технологий умного сельского хозяйства в Узбекистане».

#Agrosanoatni_raqamlashtirish #aqlli_issiqxona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

👥Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM