QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
PAXTA HAQIDA 5 TA QIZIQ FAKT

🟢Paxta – insoniyat madaniylashtirgan ilk o‘simliklardan biri. Arxeologlar isbotlashicha, Hind vodiysida paxta 7000 yil oldin ham yetishtirilgan.

🟢Paxta tolalari hayratlanarli shimuvchanlik xususiyatiga ega. Paxta o‘z vaznidan 27 barobar ko‘proq suvni shimishi mumkin. Ivish orqali paxta faqat mustahkamroq bo‘lib boradi.

🟢To‘rt mamlakatning davlat ramzida paxta aks etgan: O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston.

🟢Tabiiy paxta uch rangda bo‘ladi: oq, jigarrang, yashil.

🟢Ilk paxta terish mashinalari XIX asrda paydo bo‘lgan, shunday bo‘lsa-da, hozirgacha dunyoda paxtaning 60 foiziga yaqini qo‘lda teriladi. Paxta hosili to‘liqligicha mashinada teriladigan mamlakatlar faqat AQSh va Avstraliyadir. Xitoy, Hindiston va Pokistonda butun paxta hosili qo‘lda terib olinadi.

#bu_qiziq #paxta

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5 ИНТЕРЕСНЫХ ФАКТОВ О ХЛОПКЕ

🟢Хлопок - одно из первых растений, которые начал выращивать человек. Археологи доказали, что хлопок выращивали в долине Инда 7000 лет назад.

🟢Волокна хлопка обладают
выдающимися впитывающими свойствами. Хлопок может вобрать в себя воды в 27 раз больше собственного веса. От намокания хлопок становится только прочнее.

🟢Хлопок нашел свое место и в государственной символике четырех стран: Узбекистана, Туркменистана, Кыргызстана, Таджикистана.

🟢Натуральный хлопок бывает трех цветов: белого, коричневого, зеленого.

🟢Первые машины по сбору хлопка появились в XIX веке, однако до сих пор около 60% хлопка в мире собирается вручную. Единственные страны, где весь хлопок собирается машинами, - США и Австралия. В Китае, Индии и Пакистане весь хлопок собирается вручную.

#это_интересно #хлопок

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 4-9-SENTYABR 2023-yil

💻AQUACROP MODELINING YANGI TALQINI

🐛ANDIJON VILOYATIDA PILLACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA E’TIBOR QARATILMOQDA

🌎XALQARO KONFERENSIYAGA TAYYORGARLIK AVJIDA

🌿OROLBO‘YIGA EKINZORLAR YARASHADI: KUNJUT YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

📍SHEROBODNING DOVRUG‘I DOSTON ANORLARI

🍇JIZZAXDA UZUMZORLAR BARPO ETILMOQDA

🔰SAMARQAND KONFERENSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

🔰OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAGISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA QIZG'IN PALLADA

🗣SAMARQAND KONFERENSIYASI: TAJRIBA, TAKLIF VA TASHABBUSLAR O‘RTAGA TASHLANMOQDA

🇧🇭SAMARQAND KONFERENSIYASI: QATAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🤝SAMARQAND KONFERENSIYASI: BIR KUNDA 1,88 MLRD AQSH DOLLARLIK KELISHUVLAR IMZOLANDI

🖋OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA SAMARQAND DEKLARATSIYASI QABUL QILINDI

🇮🇱ISROIL BILAN AGRAR SOHAGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JALB ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

🌱XALQARO KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARI BILAN TANISHMOQDA

🔰OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYANING YORQIN LAHZALARI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Tugayotgan oy: 11-12-sentyabr
🌔Yangi oy: 13-16-sentyabr
🌗O‘sayotgan oy: 17-sentyabr

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-3-4-2-3-3-4).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida juda yuqori daraja (5-7 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 11-sentyabr – 36%; 12-sentyabr – 33%; 13-sentyabr – 32%; 14-sentyabr – 31%; 15-sentyabr – 33%; 16-sentyabr – 32%; 17-sentyabr – 32%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e'tibor qaratish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay toabad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin, toki bor jahon...


Ana shunday satrlar bilan boshlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubida g‘urur paydo bo‘ladi, hurmat-e'tibor kuchayadi, faxr-iftixor hissi jo‘sh uradi. Bu muazzam sado azmu shijoatli xalqimizning ruhiga ruh, kuchiga kuch bag‘ishlab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da'vat etadi.

Madhiya faqat madh etish uchun emas, balki e'tiqodning ifodalanishidir. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzulari, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. Davlat madhiyasining huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanib, uning maqsadi davlat suverenitetiga bo‘lgan e'tiqodning rasmiyligini ta'minlash, davlat suverenitetining idrok qilinishi uchun matn va musiqa yordamida ifodalashdan iboratdir.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uyingiz nonga to‘lsin!

#kun_fotosi #non
*****
Хлеб вашему дому!

#фото_дня #хлеб

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA POMIDORNING YANGI, SERHOSIL, MAHALLIY NAVI YETISHTIRILMOQDA

🍅Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Tomchilatib sug'orish yo'li bilan yetishtirilgan ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.

Olimlar yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rchatkich hisoblanadi.
*****
В САМАРКАНДЕ НОВЫЙ МЕСТНЫЙ СОРТ ТОМАТОВ ПОЗВОЛЯЕТ СОБИРАТЬ 200 ТОНН С ГЕКТАРА

🍅Учёные Самаркандской научно-опытной станции Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства создали новый местный сорт томатов «Мустакиллик-28». По сравнению с другими, его отличают высокая транспортабельность, экспортоориентированность и урожайность.

Аналогичные данные нового сорта, созданного учеными Самаркандского НИИ овощебахчевых культур и картофеля, оставляют 7 процентов, и этот показатель является рекордным среди самых сладких томатов, выращиваемых в нашей стране.

#pomidor #yangi_nav #Mustaqillik_28 #ilmiy_tadqiqot_instituti #томат #новый_сорт #НИИ

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOREYA BILAN KARTOSHKACHILIKKA IXTISOSLASHGAN ISSIQXONA BARPO ETILADI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov boshchiligidagi vazirlik mutaxassislari hamda Janubiy Koreyaning Xalqaro Meva-sabzavotchilik instituti vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligi va ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Unga ko‘ra, Xalqaro Meva-sabzavotchilik instituti vakillari Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hududida gidroponika usulida smart issiqxona, shuningdek hududda kartoshkani saqlash uchun omborxona barpo etishni maqsad qilganliklarini aytib o‘tishdi.
*****
В СОТРУДНИЧЕСТВЕ С КОРЕЕЙ ПЛАНИРУЕТСЯ ВОЗВЕСТИ ТЕПЛИЦУ ПО ВЫРАЩИВАНИЮ КАРТОФЕЛЯ

🤝Сегодня состоялась встреча делегации во главе с заместителем начальника управления производства сельскохозяйственной продукции Министерства сельского хозяйства Узбекистана Джамшиджоном Абдузухуровым и представителями Международного института плодоовощеводства Южной Кореи.

В ходе встречи обсуждался проект, направленный на повышение потенциала кадров в развитии семеноводства и производственной системы картофеля в Узбекистане. В соответствии с которым представители Международного института плодоовощеводства заявили о намерении построить "умную" теплицу на основе метода гидропоники на территории Самаркандского института агро инноваций и исследований, а также склад для хранения картофеля.

#xalqaro_hamkorlik #kartoshkachilik #gidroponika #smart_issiqxona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Tahlilnoma dasturida GLOBAL HUNGER INDEX ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston eng yaxshi mamlakatlar orasida 21-o‘rinni egallagani haqida lavha efirga uzatildi.

Tahlilinomada mazkur reyting Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Oziq-ovqat xavfsizligi mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilayotgan kunlarda e’lon qilingani o‘ziga hos ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Tahlilnoma #FAO

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

🐟Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli baliq turlarini iqlimlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, fermerlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.

#baliqchilik #seminar #oziq_ovqat #akvaponika_tizimi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI KO‘RGAZMALARIGA MARHAMAT!

‼️2023-yil 29-noyabrdan 1-dekabrgacha “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi muhim ikki voqea — “Agroexpo Uzbekistan” hamda “Agrotechmash expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

📌Ko‘rgazmada 20 dan ortiq davlatlardan 100 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuasiga oid zamonaviy texnologiyalar, mahsulotlar, uskunalar va yangiliklarni namoyish etadi.

Qishloq xo‘jaligi yangiliklaridan bexabar qolmay desangiz, ko‘rgazmalarga tashrif buyuring!

TASHKILOTCHILAR:
🔴“O‘zekspomarkaz”
🔴IFWexpo Heidelberg GmbH

📞Batafsil ma'lumot olish uchun: 71 238 56 00

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI

💧Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi masalalar muhokama qilindi va yechimlar izlandi.

O‘zbekiston Respublikasidagi katta maydonlarda hozirgi kunda suv tejovchi texnologiyalar joriy etib kelinmoqda. Ulardan eng afzali tomchilatib sug‘orish deb tan olinib kelinmoqda. Masalan, suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, diskret usulida sug‘orish, shuningdek lazerli tekislash yordamida suvni tejashga qaratilgan turli xil texnologiyalar joriy etilgan. Shularning ichida eng ommabopi – bu tomchilatib sug‘orishdir. Uning bir qator afzalliklari mavjud. Tomchilatib sug‘orish asosan paxta maydonlarida keng qo‘llanilib kelmoqda. Bunda 40-45 foizgacha suv resurslarini tejash imkoniyatlari yaratilyapti.
*****
ОБМЕН ОПЫТОМ В СФЕРЕ ВНЕДРЕНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ

💧На международной конференции, проходившей в Самарканде, обсуждались ключевые вопросы продовольственной безопасности и вырабатывались единые подходы к поиску решений.

В настоящее время водосберегающие технологии внедряются на обширных территориях Узбекистана. Лучший вариант — капельное орошение. Например, среди водосберегающих технологий в арсенале имеются различные технологии, направленные на экономию воды с использованием капельного, дождевального, дискретного орошения и лазерного нивелирования. Самый популярный вид – капельное орошение. Он имеет ряд преимуществ. Метод в основном широко используется в хлопководстве. Таким образом можно сэкономить 40-45% водных ресурсов.

#tomchilatib_sugorish #suvdan_foydalanish_tizimi #yomgirlatib_sugorish #lazerli_tekislash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETIDA TANISHUV HAFTALIGI

👨‍🎓11-sentyabr kuni o‘ziga xos yo‘nalish va taʼlim tizimiga ega bo‘lgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida joriy yilda qabul qilingan talabalar uchun o‘quv yilining boshlanishi va tanishuv haftaligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bu yil universitetimizga juda ko‘p abituriyentlar hujjatlarini topshirishdi va biz ularning orasidan 160 nafarini saralab oldik. Bu talabalar asosan ingliz tilida dars o‘tiladigan guruhlarga qabul qilindi. Bundan tashqari, bu yilda magistratura yo‘nalishini ham tashkil etdik va bu yo‘nalishga ham 20 nafarga yaqin abituriyentlarni talabalikka qabul qildik. Shuningdek, 3 nafar xorijiy talaba o‘qishi kutilmоqda.
*****
НЕДЕЛЯ ЗНАКОМСТВА В МЕЖДУНАРОДНОМ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ

👩‍🎓11 сентября в Международном сельскохозяйственном университете, с особой специализацией, состоялось мероприятие, посвященное началу учебного года и ознакомительной неделе для студентов, поступивших в этом году.

В этом году в наш университет подали документы очень много абитуриентов, и мы отобрали 160 из них. Эти студенты были приняты в группы, где уроки преподаются преимущественно на английском языке. Помимо этого, в этом году мы организовали еще и магистратуру и приняли на этот курс около 20 человек. Также ожидается обучение 3 иностранных студентов.

#IAU #talabalar #tadbir

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAPONIYA OROLBO‘YI MINTAQASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHADI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Hatori, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Fayyad Qarman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi  hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihada Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan dolzarb muammolarni hal qilish, Qoraqalpog‘iston aholisi o‘rtasida moslashish va chidamlilikni oshirishga ko‘maklashishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda qayd etilishicha, ushbu tashabbus Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi tufayli amalga oshiriladi. Qiymati 2 million dollarga teng mazkur dastur Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bu orqali iqtisodiyotni rivojlantirish  maqsadida joriy etilyapti.

#xalqaro_hamkorlik #Orolboyi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM