QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA SAMARQAND DEKLARATSIYASI QABUL QILINDI

🖋7–8-sentyabrda, O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishining yakuniy xulosasi o‘laroq, tadbir ishtirokchilari Samarqand deklaratsiyasini qabul qildilar.

Samarqand deklaratsiyasi 10 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 7 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.
*****
ПРИНЯТА САМАРКАНДСКАЯ ДЕКЛАРАЦИЯ ПО ГЛОБАЛЬНОЙ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

🖋Участники Международной конференции по продовольственной безопасности, организованной правительством Узбекистана при технической поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО), по итогам мероприятия, приняли Самаркандскую декларацию по глобальной продовольственной безопасности.

Документ закрепит договоренности, достигнутые в рамках конференции, на которой участвовали министры сельского хозяйства 10 стран, заместители министров 7 стран, высокопоставленные дипломаты 13 стран и представители свыше 30 международных и научных организаций, а также финансовых институтов.

#Xalqaro_konferensiya #deklaratsiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #Международная_конференция #декларация #продовольственная_безопасность #форум #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISROIL BILAN AGRAR SOHAGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JALB ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

🤝Shu kunlarda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston va Isroil Qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov isroillik hamkasbini qabul qilar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy hamkorlikda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi o‘ziga xos o‘rin tutishini qayd etdi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qator davlatlarning Qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
*****
ПОДПИСАН МЕМОРАНДУМ О ВЗАИМОПОНИМАНИИ С ИЗРАИЛЕМ ПО ПРИВЛЕЧЕНИЮ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В АГРАРНЫЙ СЕКТОР

🤝На полях международной конференции по вопросам продовольственной безопасности, проходящей в эти дни в Самарканде, состоялась встреча министров сельского хозяйства Узбекистана и Израиля.

Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Войтов, принимая своего израильского коллегу, отметил, что направление сельского хозяйства занимает особое место в тесном экономическом сотрудничестве между нашими странами.

Также в рамках Международной конференции министр сельского хозяйства Азиз Воитов провел встречи с министрами сельского хозяйства ряда стран, таких как Бангладеш, Монголия, Турция, Кыргызстан и Таджикистан.

#Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #Международная_конференция #международное_сотрудничество #встреча #продовольственная_безопасность #форум #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARI BILAN TANISHMOQDA

Konferensiya qatnashchilari Samarqand viloyatining ayrim tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi obyektlariga tashrif buyurishdi.

Dastlabki manzil Pastdarg‘om tumani Zarafshon MMTPga qarashli “TEPA” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanish anʼanaga aylangan. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan 14 gektar maydonga takroriy ekin sifatida fasol urug‘i qadalgan. Eʼtiborlisi, “Jingalak” navli fasoldan gektariga 30 sentnerdan hosil olish mumkin.

Konferensiya mehmonlarining keyingi manzili Samarqand shahriga yondosh joylashgan Konigil qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda ular Samarqand qog‘ozini tayyorlash jarayoni bilan tanishdilar.

Siyob daryosi bo‘yida barpo etilgan korxona faoliyati bilan tanishgan xorijiy va mahalliy konferensiya ishtirokchilari hayratlarini yashirmadilar – ikki ming yillik an’analarni o‘zida jamlagan, asrlar davomida o‘zgarmay tura oladigan Samarqand qog‘ozini har kim o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni, qo‘li bilan ushlashni xohladi. Mehmonlarga esa, ipak qog‘ozni ushlabgina qolmay, uni tayyorlash jarayonida bevosita qatnashish imkoniyati ham berildi.

#Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
УЧАСТНИКИ МЕЖДУНАРОДНОЙ КОНФЕРЕНЦИИ ЗНАКОМЯТСЯ С ОБЪЕКТАМИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

Участники мероприятия посетили сельскохозяйственные объекты в некоторых районах Самаркандской области.

Первым пунктом назначения было фермерское хозяйство «TEPA», принадлежащее Зарафшанскому ММТЗ Пастдаргомского района. Стоит отметить, что семена фасоли были посажены повторной культурой на 14 гектарах земли. Фасоль «Jingalak» дает урожай 30 центнеров с гектара.

Далее гости конференции ознакомились с процессом подготовки Самаркандской бумаги.

Группа участников посетила село Конигил, расположенное рядом с городом Самарканд, где ознакомилась с процессом производства бумаги в старинном стиле, возрождённым на предприятии «Мерос». Гостям была предоставлена возможность участвовать в ее приготовлении.

#Международная_конференция #международное_сотрудничество #продовольственная_безопасность #форум #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYANING YORQIN LAHZALARI

📍Samarqand
*****
ЯРКИЕ МОМЕНТЫ С МЕЖДУНАРОДНОЙ КОНФЕРЕНЦИИ ПО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

📍Самарканд

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand #Международная_конференция #продовольственная_безопасность #форум #ФАО #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PAXTA HAQIDA 5 TA QIZIQ FAKT

🟢Paxta – insoniyat madaniylashtirgan ilk o‘simliklardan biri. Arxeologlar isbotlashicha, Hind vodiysida paxta 7000 yil oldin ham yetishtirilgan.

🟢Paxta tolalari hayratlanarli shimuvchanlik xususiyatiga ega. Paxta o‘z vaznidan 27 barobar ko‘proq suvni shimishi mumkin. Ivish orqali paxta faqat mustahkamroq bo‘lib boradi.

🟢To‘rt mamlakatning davlat ramzida paxta aks etgan: O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston.

🟢Tabiiy paxta uch rangda bo‘ladi: oq, jigarrang, yashil.

🟢Ilk paxta terish mashinalari XIX asrda paydo bo‘lgan, shunday bo‘lsa-da, hozirgacha dunyoda paxtaning 60 foiziga yaqini qo‘lda teriladi. Paxta hosili to‘liqligicha mashinada teriladigan mamlakatlar faqat AQSh va Avstraliyadir. Xitoy, Hindiston va Pokistonda butun paxta hosili qo‘lda terib olinadi.

#bu_qiziq #paxta

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM