QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.8K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VENGRIYA BILAN AGRAR TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI

🤝Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya Agrar va amaliy biologiya fanlari universiteti professori Zoltan Lakner bilan uchrashdi.

Vengriya agrar sohasi rivojiga oʻzining ilmiy jihatdan asoslangan tajribalari bilan munosib hissa qoʻshgan professor ayni paytda universitetning “Agrar-sanoat kompleksidagi korxonalar iqtisodiyoti va boshqarmalari” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
*****
НАРАЩИВАЕТСЯ СОТРУДНИЧЕСТВО С ВЕНГРИЕЙ В ОБЛАСТИ ОБРАЗОВАНИЯ В АГРОСФЕРЕ

🤝Министр сельского хозяйства Азиз Воитов провёл встречу с профессором университета аграрных и прикладных биологических наук Золтаном Лакнером.

Представитель учёных кругов, внесший весомый вклад, основанный на научных исследованиях, в развитие аграрной сферы Венгрии,в настоящее время осуществляет свою деятельность в качестве заведующего кафедрой «Экономика и управление предприятиями в агропромышленном комплексе» данного университета.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #videokonferensiya #международное_сотрудничество #министр #встреча #видеоконференция

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tong yorishadi. Hali quyosh zaminga bo‘y ko‘rsatishga ulgurmasidan Hisor tog‘ tizmalari davomiga tomon odimlayotgan cho‘pon va uning suruviga ko‘zingiz tushadi. Bu yo‘llar, qir-adirlar cho‘ponga ham, suruvga ham yod bo‘lib ketgan.

Otameros kasb bo‘lgan cho‘ponchilik va uning o‘ziga xos jihatlari, mashaqqat-u afzalliklari haqida boysunlik cho‘pon Qahhor bobo Aliqulovning dilkash so‘zlari, qo‘ychilikning sir-sinoatlari haqidagi film sizga ham qiziqmi, unda bizni kuting!

Tez kunda ushbu film namoyishini saytimizda tomosha qiling.

#qoychilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik. Ushbu qaror va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

Lavhada “Agroplatforma” axborot tizimining joriy etilishi va bu orqali agrar soha vakillariga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi xodimlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.

Shuningdek, lavhadan 2024-yil hosilidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirilishi haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Mening_yurtim #Hudud #Agroplatforma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
XORAZMDA QOVUN SAYLI O‘TKAZILADI

🍈Keyingi yillarda Xorazm viloyati hududida an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan “Qovun sayli” festivali viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy hamda chet ellik sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.

Bu galgi “Qovun sayli” festivali ham joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan-qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.

Festivalda qovunlarning «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» kabi bir-biridan totli yuzlab navlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, bu yerda turli meva-sabzavotlar, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi.

Sizni unitilmas qovun saylida kutamiz!

#qovun #festival

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
В ХОРЕЗМЕ ПРОЙДЕТ ФЕСТИВАЛЬ ДЫНИ

🍈Последние годы Фестиваль дыни, который традиционно проводится в Хорезмской области, дарит незабываемые впечатления местным и иностранным туристам, посещающим регион.

В этом году Фестиваль дыни пройдет 12-13 августа на территории Государственного музея-заповедника «Ichan-qal’a» в городе Хиве, Хорезмской области.

Целью данного фестиваля, который организовывается совместно с Министерством культуры и туризма и Хорезмской областной администрацией, является демонстрация агротуристического потенциала региона, популяризации уникальных видов и сортов продукции и садоводческой продукции.

На фестивале будут сотни различных сортов дыни , такие как «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla».

Кроме того, здесь организуются выставки различных фруктов и овощей, кондитерских изделий, продуктов пчеловодства, ремесел, животноводства и рыболовства.

Ждем вас на незабываемом дынном фестивале!

#дыня #фестиваль

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA POKISTON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
🇺🇿🤝🇵🇰
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Pokiston Respublikasi Panjob viloyati Bosh vaziri Said Mohsin Raza Naqvi va “Ejaz Group” kompaniyasi rahbari Gohar Ijaz boshchiligidagi delgatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning strategik xususiyatlari va agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaq topishidagi hamkorlikning mavjud imkoniyat va resurslarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik borasida hamkorlik qilish hamda birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi.

#xalaqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxta_yetishtirish #urugchilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOS TUMANIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN UNUMLI FOYDALANILMOQDA

💧Xovos tumani mamlakatimizning yerlari hosildorligi bilan ajralib turadigan o‘ziga xos maskanidir. Sirdaryo viloyatining boshqa joylariga qaraganda bu yerda qishloq xo‘jaligi ekinlari tez pishib yetiladi. Ekinlar esa suv bilan barhayot. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asosan toshloq yerlar suvni ko‘p talab qiladi. Joriy yilda tumanda 8 ming gektar ekin maydoniga g‘alla, 8,5 ming gektarga chigit ekildi. Bu maydonlarda 650 nafar fermer faoliyat yuritmoqda.

Suv tanqisligi inobatga olinib, joriy yilda viloyatda suvni tejaydigan texnologiyalar orqali 2600 gektarga yaqin paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimlarini qayta ishga tushirish uchun qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, 1400 gektar bog‘lar tomchilatib sug‘orilmoqda hamda 400 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orishga erishildi.

#sugorish_texnologiyalari #tomchilatib_sugorish #yomgirlatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

💻Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

#seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Anvar Karimov Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarma rahbarlari va departament boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda vazirlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda birgalikda hamjihat bo‘lib mehnat qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Anvar Karimov Rasulevich 1977-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti - oliy. 1998-yilda Guliston Davlat universiteti hamda 2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini tamomlagan. Anvar Karimov mazkur tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Xaydarov Axadbek Yahyobekovich Prezidentning tegishli qarori (PQ-261, 07.08.2023-yil) bilan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

#tayinlov

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM