QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI DELEGATSIYASI TURKIYANING KONYA PROVINSIYASIDA

🔰Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xodimlaridan iborat delegatsiya agrar soha tadbirkorlari tajribasini o‘rganish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turkiyada bo‘lib turishibdi.

Turkiyadagi sertifikatlangan urug‘lik bo‘yicha 30 foiz ulush aynan mana shu Konya provinsiyasiga tegishli ekanini alohida ta’kidlash joiz. Hududda 90 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar faoliyat yuritmoqda, ularning 13 mingdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi.

Konya mamlakatda yirik va mayda shoxli chorva mollarini boqish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi. Bu yerda 9 mln boshdan ortiq yirik shoxli va 3 mln boshdan ortiq mayda shoxli chorva mollari mavjud.
*****
ДЕЛЕГАЦИЯ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ СИСТЕМЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА НАХОДЯТСЯ С ВИЗИТОМ В ПРОВИНЦИИ КОНЬЯ ТУРЕЦКОЙ РЕСПУБЛИКИ

🔰В эти дни делегация в составе сотрудников Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, НИИ и высших учебных заведений, входящих в структуру министерства, а также Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) находится с визитом в Турции с целью тщательного изучения опыта турецкого бизнеса, работающего в агросфере, и налаживания с ним тесного сотрудничества.

Необходимо особо отметить, что 30 процентов сертифицированного семенного материала приходится как раз на провинцию Конья. На территории этого региона осуществляют свою деятельность свыше 90 тысяч сельхозпроизводителей, при этом 13 тысяч из них – управляются женщинами.

Область находится на ведущих местах по разведению крупного и мелкого рогатого скота. Всего их популяция в регионе составляет 9 миллионов и 3 миллиона голов соответственно.

#xalqaro_hamkorlik #международное_сотрудничество

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI
🇺🇿🤝🇭🇺
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nusxasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #videokonferensaloqa #memorandum #inkubatsiya #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH AFZALLIKLARI

🔰Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  mazmun-mohiyati  joylarda targ‘ib qilinmoqda.

2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etilishini ko‘zda tutgan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda sohaga aloqador tashkilotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbirlar ayni paytda  mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Jumladan Andijon viloyati Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida tashkil etilgan seminar-trening ham aynan mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

#seminar_trening #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“OLTIARIQ TAJRIBASI” ASOSIDA UZUM PLANTASIYALARI TASHKIL QILINADI

“2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi Prezident qarori (PQ–260-son, 03.08.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023–2024 yillarda:

🟢187 614 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo qilinadi;
🟢respublikaning 51 ta tuman va shahrida “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2–2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantasiyalari tashkil etiladi.

2023 yil 1 avgustdan:

🟢Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qilish, ko‘chat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

#uzumchilik #vinochilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПЛАНТАЦИИ ВИНОГРАДА БУДУТ ОРГАНИЗОВАНЫ ПО "АЛТЫАРЫКСКОМУ ОПЫТУ"

Принято постановление Президента Республики Узбекистан "О мерах направленных на дальнейшее развитие виноградарства и виноделия в 2023-2026 годах" (ПП -260 от 03.08.2023г.).

Согласно постановлению, в 2023-2024 годах:

🟢на площади в 187614 гектаров будут разбиты новые виноградники;
🟢в 51 районах и городах республики на основе "Алтыарыкского опыта" будут организованы плантации винограда по 2-2,5 тысячи гектаров.

С 1 августа 2023 года:

🟢Разрешается закладка новых виноградников, подготовка саженцев и «in-vitro», реализация проектов по созданию новых лабораторий за счет средств Государственного фонда поддержки сельского хозяйства, направляемых на выращивание фруктов, винограда, овощей, картофеля, бахчевых культур, цветов, зелени и лекарственных растений, кукурузы зерновых, бобовых и масличных культур.

#виноградарство #виноделие

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, mutasaddi tashkilotlarning rahbar va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Lavhamizda ushbu seminar tafsilotlari va soha mutaxassislarining mavzuga oid fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA “O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi agentlik vakillari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.

#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM