QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌳Bugun daraxt soyasida olarkansan tin,
Unutma – kimdir nihol qadagan, koʻp yillar oldin.

#kun_fotosi #daraxt

🌳Отдыхая в тени дерева, не забудь –
Посадил же его когда-то, кто-нибудь...

#фото_дня #дерево

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI DELEGATSIYASI TURKIYANING KONYA PROVINSIYASIDA

🔰Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xodimlaridan iborat delegatsiya agrar soha tadbirkorlari tajribasini o‘rganish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turkiyada bo‘lib turishibdi.

Turkiyadagi sertifikatlangan urug‘lik bo‘yicha 30 foiz ulush aynan mana shu Konya provinsiyasiga tegishli ekanini alohida ta’kidlash joiz. Hududda 90 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar faoliyat yuritmoqda, ularning 13 mingdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi.

Konya mamlakatda yirik va mayda shoxli chorva mollarini boqish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi. Bu yerda 9 mln boshdan ortiq yirik shoxli va 3 mln boshdan ortiq mayda shoxli chorva mollari mavjud.
*****
ДЕЛЕГАЦИЯ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ СИСТЕМЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА НАХОДЯТСЯ С ВИЗИТОМ В ПРОВИНЦИИ КОНЬЯ ТУРЕЦКОЙ РЕСПУБЛИКИ

🔰В эти дни делегация в составе сотрудников Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, НИИ и высших учебных заведений, входящих в структуру министерства, а также Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) находится с визитом в Турции с целью тщательного изучения опыта турецкого бизнеса, работающего в агросфере, и налаживания с ним тесного сотрудничества.

Необходимо особо отметить, что 30 процентов сертифицированного семенного материала приходится как раз на провинцию Конья. На территории этого региона осуществляют свою деятельность свыше 90 тысяч сельхозпроизводителей, при этом 13 тысяч из них – управляются женщинами.

Область находится на ведущих местах по разведению крупного и мелкого рогатого скота. Всего их популяция в регионе составляет 9 миллионов и 3 миллиона голов соответственно.

#xalqaro_hamkorlik #международное_сотрудничество

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI
🇺🇿🤝🇭🇺
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nusxasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #videokonferensaloqa #memorandum #inkubatsiya #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM