QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.98K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QARIYB 3 MILLION DOLLARLI LIMON EKSPORT QILINDI

🍋Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatga jami qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, xorijiy bozorga limon yetkazib berish hajmi 968 tonnaga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistondan eng ko‘p limon sotib olgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yetakchilik qiladi – ushbu mamlakatga jami 2,7 ming tonna sitrus mevasi sotilgan.

Shuningdek, yetakchi importyorlar uchtaligidan Qirg‘iziston (388 tonna) va Qozog‘iston (357 tonna) ham joy olgan.

#limon #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
УЗБЕКИСТАН ЭКСПОРТИРОВАЛ ЛИМОНЫ ПОЧТИ НА 3 МИЛЛИОНА ДОЛЛАРОВ

🍋По предварительным данным Агентства по статистике, сельскохозяйственные предприятия Узбекистана в январе-июне 2023 года экспортировали 3,5 тыс. тонн лимонов в 7 зарубежных стран на общую сумму 2,9 млн долларов США.

По сравнению с соответствующим периодом 2022 года объем поставок лимона на внешний рынок увеличился на 968 тонн.

За прошедший период текущего года Россия лидирует в списке стран, закупивших больше всего лимонов у Узбекистана – всего в эту страну было продано 2,7 тыс. тонн цитрусовых.

Кыргызстан
(388 тонн) и Казахстан (357 тонн) также входят в тройку ведущих импортеров.

#лимон #статистика

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

👥Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.

В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.

Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.

#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KANAKUNJUT YETISHTIRISH BO‘YICHA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
🇺🇿🤝🇮🇹
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Italiyaning «EniS.p.A.» kompaniyasi Jamoatchilik bilan aloqalar direktori Lapo Pistyelli boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Suhbatda vazir Aziz Voitov O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ko‘pqirrali munosabatlar jadal rivojlanib, keng hamkorlik amaliy tus olayotgani va O‘zbekistonning nafaqat Italiya, balki, butun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorligi oxirgi yillarda sezilarli darajada faollashganini aytib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida kanakunjutni mamlakatimizning sug‘oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin sifatida yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi, uning oziq-ovqat, dori-darmon hamda soch va terini parvarish qilish mahsulotlariga qo‘shimchalar, shuningdek sanoatda moylash materiallari va biodizel yoqilg‘isi komponenti sifatida ishlatilishi qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kanakunjutni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib olishdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #oziq_ovqat #biodizel #kanakunjut

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida yurtimizda ilk bor joriy qilinayotgan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bosqichni boshlab berishi haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida joylashgan Qoraqalpog‘iston sholi va don ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonida yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihaning afzalliklari, hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchi marotaba amaliyotga joriy qilinishi, aqlli suv tejovchi texnologiyalarning samaradorlik ko‘rsatgichlari haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #aqlli_qishloq_xojaligi #suv_tejovchi_texnologiyalar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
STATISTIKA: MEVA-SABZAVOT EKSPORTI OSHIB BORMOQDA

📈Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida gilos eksporti o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 marta, o‘rik eksporti – 6,4 marta, tariq eksporti esa, naq 152,9 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

🫐Olxo‘ri – 20,3 ming tonna
🍇Uzum (quritilgan) – 32,9 ming tonna
🍑Shaftoli – 25,6 ming tonna
🍉Qovun va tarvuz – 90,6 ming tonna
🍒Gilos – 45 ming tonna
🥬Karam – 75,2 ming tonna
🍅Pomidor – 40,8 ming tonna
🫘Mosh – 57,9 ming tonna
🧅Piyoz – 237,7 ming tonna

#statistika #meva_sabzavot #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
СТАТИСТИКА: ЭКСПОРТ ФРУКТОВ И ОВОЩЕЙ РАСТЕТ

📈По данным агентства по статистике, в первом полугодии текущего года по сравнению с аналогичным периодом прошлого года экспорт черешни увеличился в 2,1 раза, экспорт абрикосов – в 6,4 раза, а экспорт проса – ровно в 152,9 раза.

В январе-июне 2023 года объем экспорта плодоовощной продукции составил:

🫐Слива – 20,3 тыс. тонн
🍇Виноград (сушеный) – 32,9 тыс. тонн
🍑Персики — 25,6 тыс. тонн
🍉Дыня и арбуз — 90,6 тыс. тонн
🍒Вишня — 45 тыс. тонн
🥬Капуста — 75,2 тыс. тонн
🍅Томаты — 40,8 тыс. тонн
🫘Маш — 57,9 тыс. тонн
🧅Лук — 237,7 тыс. тонн

#статистика #плодоовощная_продукция #экспорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi mamlakatda istalgan shaklda, masalan kub shaklida tarvuz yetishtirishni oʻrganib olganlar?
Final Results
55%
Xitoyda
35%
Yaponiyada
4%
Rossiyada
5%
Hindistonda
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «Qaysi mamlakatda istalgan shaklda, masalan kub shaklida tarvuz yetishtirishni oʻrganib olganlar?»