QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTONDA ORGANIK O‘G‘IT ISHLAB CHIQARISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

🤝Vengriyalik organik o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda ham faoliyat yuritishga qiziqish bildirdilar. Amaliy tashrif bilan ushbu Sharqiy Yevropa mamlakatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov “Agriturf” kompaniyasi rahbari Andras Dovgal bilan uchrashdi.
*****
ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ ПРОИЗВОДСТВА ОРГАНИЧЕСКИХ УДОБРЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

🤝Венгерские производители органических удобрений выразили заинтересованность в работе в Узбекистане. Заместитель министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Умид Мамадаминов, находящийся с рабочим визитом в восточноевропейской стране, встретился с Главой компании «Agriturf» Андрасом Довгалом.

#xalqaro_hamkorlik #organik_ogit #uchrashuv #международное_сотрудничество #jрганическое_удобрение #встреча

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qayerda turganing emas, nazaring qayerga yo‘nalgani muhim.

#kun_fotosi #qishloq #bolalik
*****
Важно не то, где ты находишься, а то, куда ты смотришь.

#фото_дня #село #детство

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SIFATLI MAKKAJO‘XORI YETISHTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Makkajo‘xorini sifatli yetishtirish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Ikki kunga mo‘ljallangan ushbu o‘quv seminarining nazariy qismida germaniyalik mutaxassis Robert Grimm o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Seminar davomida makkajo‘xori yetishtirishda sifat mezonlari, o‘simlikni yetishtirish bo‘yicha tadbirlar, makkajo‘xori ekish, siloslik makkajo‘xori navlari, siloslik makkajo‘xori yetilishi, nav tanlash va donli makkajo‘xori ekish, o‘g‘itlash, zararkunandalarga hamda begona o‘tlarga qarshi kurashish borasida maslahatlar berdi.
*****
ПРОВЕДЕН ОБУЧАЮЩИЙ СЕМИНАР ПО ВЫРАЩИВАНИЮ ВЫСОКОКАЧЕСТВЕННОЙ КУКУРУЗЫ

👥Сегодня в Международном аграрном университете прошел обучающий семинар на тему «Качественное выращивание кукурузы». Немецкий эксперт Роберт Гримм поделился своими рекомендациями в теоретической части этого двухдневного обучающего семинара.

В ходе семинара были даны рекомендации по критериям качества выращивания кукурузы, проведению мероприятий по выращиванию растительности, посадке кукурузы, выращиванию высококачественной кукурузы, подбору удобрений и борьбе с вредителями.

#seminar #tavsiyalar #makkajoxori #IAU #семинар #рекомендации #кукуруза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni  Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif mobaynida Davlatimiz rahbari Oltiariq tumanida "Xayrullo Bahrom Boymatov" fermer xo‘jaligi tomonidan 2020-yilda tashkil etilgan uzum plantatsiyasini borib ko‘rdi. Bu yerda "xusayni", "kelinbarmoq", "rizamat", "mersedes" kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta'kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONA TASHRIFI: AGROTA'LIM VA ILM-FAN UYG‘UNLIGI TAHLIL QILINDI

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi va bu yerda prezidentimiz qishloq xo‘jaligi hamda sanoatda amalga oshirilayotgan yangi istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.

Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘onadagi ishchi tashrifini Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutidan boshladi.

Umumiy maydoni 5 gektar
ni tashkil qiluvchi ushbu institut eng zamonaviy talablar asosida qad rostlagan bo‘lib, bu yerda 4 ta ta’lim yo‘nalishida bakalaviriat va 2 ta ta’lim yo‘nalishida magistraturaga qabul boshlangan. Ta'lim muassasasiga jami 527 nafar talaba qabul qilinadi.

#tashrif #vazir #oziq_ovqat #AKIS #OTM #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TADBIRKORLIK SUBYEKTI TOMONIDAN TEXNIK KANOP O‘SIMLIGIDAN 3,5 METRLIK HOSIL OLINDI

🌱Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yangi sohalarda investitsiya yo‘nalishlarini joriy etish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoatbop texnik kanop o‘simligini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir.

Mazkur yo‘nalishda tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan texnik kanop o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha qonuniy asoslar yaratildi.

Xususan, ushbu yo‘nalishda sezilarli yutuqqa erishgan RS SUCCESS AGRO biotexnologiya industrial kompleksi O‘zbekiston Respublikasi hududida texnik kanop o‘simligini yetishtirish sanoatini atigi 4 yil ichida qayta yo‘lga qo‘ydi. Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tarixda ilk marta balandligi 3,5 metrga yetadigan texnik kanop hosili yig‘ildi.

#texnik_kanop #qayta_ishlash #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHLOQDA BARPO ETILGAN BO‘STON

🔰Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul bo‘lgan yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning navbatdagi manzili Fag‘ona tumani “Mindonobod” qishlog‘idagi adirliklardan o‘zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan bodom bog‘i bo‘ldi.

Adirliklardan 250 gektar yer o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 100 gektarini aynan bodom bog‘i tashkil etadi. Mazkur yangi loyiha mana 3 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. O‘tgan yili 50 tonna bodom hosili olingan. Bu yilgi rejalar undan ham mo‘l. Tadbirkorning ma’lum qilishicha, bu yil bog‘dan 200 tonna hosil olishni rejalashtirmoqda.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov mazkur bodom bog‘iga yondosh hududda joylashgan yana bir qishloq xo‘jaligi obyekti «Fergana Asiana» paxta-to‘qimachilik klasterining paxta dalasini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur fermer xo‘jaligi ham aynan qaqrab yotgan toshloq yer maydonlarini o‘zlashtirib, 1000 gektarida paxta ekib parvarishlamoqda. E’tiborlisi, ushbu paxta dalasiga to‘liq tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, o‘zlashtirilgandan so‘ng atrofga go‘zal manzara berib turibdi. Qayd etilishicha, bu yerlarga joriy yil ikkinchi marotaba paxta ekilib, gektaridan 35 sentnerdan paxta hosilini olishni reja qilinmoqda.

#tashrif #vazir #bodom #paxta_toqimachilik #klaster #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM