QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ITALIYA BIZNES DOIRASI VAKILLARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

👥Shu kunlarda Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasi delegatsiyasi Italiyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Italiyaning Cheneza shahrida yirik italyan kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmalari tashkilotchisi “Macfrut” kompaniyasining prezidenti Renzo Piratssini, CERMAC agrotexnika ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Enriko Turoni, Romanya, Forli-Chezena va Rimini muzofotlari tijorat palatasi prezidenti Karlo Battistini kabi Italiya biznes doirasining yuzga yaqin vakillari qatnashdi.
*****
УЗБЕКИСТАН-ИТАЛИЯ: КРУГЛЫЙ СТОЛ С ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ ИТАЛЬЯНСКОГО БИЗНЕС-СООБЩЕСТВА

👥Делегация в составе представителей продовольственной и сельскохозяйственной сферы Узбекистана во главе с Азизом Воитовым находится с визитом в Италии. В его рамках состоялся круглый стол с представителями крупных итальянских компаний и местными предпринимателями в городе Чезена.

В диалоге приняли участие около ста итальянских бизнесменов, в том числе президент компании "Macfruit", организующей международные продовольственные выставки Ренцо Пираззини, президент ассоциации производителей агротехники CERMAC Энрико Турони, президент Торговой палаты провинций Романья, Форли-Чезена и Римини Карло Баттистини.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #davra_suhbati #международное_сотрудничество #министр #круглый_стол

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH LINIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI O‘RGANILDI

👥Shu kunlarda Italiyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston agrar sohasi delegatsiyasi Bolonyadagi “Unitec” kompaniyasida bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar sirasida ushbu mamlakat agrosanoat korxonalarida ham bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganish ham alohida o‘rin tutgan.

Binobarin, Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Bolonya shahridagi “Unitec” korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu korxona meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik tovar aylanmasi 300 mln yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda korxona ishlab chiqargan meva-sabzavotni qayta ishlash liniyalari dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida ishlab turibdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #Unitec #meva_sabzavot #qayta_ishlash #ishlab_chiqarish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi dala maydonida qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etilgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda O‘rta Chirchiq tumanidagi “Salanus” MChJ dala maydonida bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish masalari yuzasidan tajriba almashilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘tgan haftada qishloq, o‘rmon va baliqchilik sohasida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchani tashkil qilishi bilan qiziqqandik.

👥So‘rovda jami 295 nafar kishi qatnashdi. Shundan 59 kishi to‘g‘ri javobni topa oldi “O‘zstandart” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani tashkil qiladi, jumladan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 500 ta shu turdagi korxona faoliyat yuritadi.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #qishloq_xojaligi #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
На прошлой неделе был проведен опрос о том, сколько предприятий с участием иностранного капитала функционирует в сферах сельского, лесного и рыбного хозяйства.

👥Всего в опросе приняло участие 295 человек. Из них 59 человек ответили вернопо данным агентства “Узстандарт”, по состоянию на 1 июня 2023 года, всего в республике осуществляют свою деятельность 12 807 предприятий с иностранным капиталом. Из них 500 работают в сферах сельского, лесного и рыбного хозяйства.

📝Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#опрос #сельское_хозяйство #статистика

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT FAO MINBARIDA O‘ZBEKISTONDAGI AGRO ISLOHOTLAR TAQDIM ETILDI

👥Joriy yilning 25-iyul kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida  O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘ldi.

160 dan ortiq davlatlardan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi dastlab butun dunyo e'tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasiga e'tibor qaratdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanilishiga erishiladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RESPUBLIKA BOʻYLAB YOGʻINGARCHILIK KUTILMOQDA

‼️27-30-iyul kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqini roʻy berishi mumkin.

“Oʻzgidromet”
markazi xabar berishicha, joriy yilning 27-30-iyul kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida, jumladan:

📍Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
📍Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
📍Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
📍Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
📍Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
📍Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
📍Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

‼️Togʻoldi va togʻli hududlarda faoliyat yurituvchi fermer va dehqonlardan tegishli ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

#ob_havo #iqlim #tezkor

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПО РЕСПУБЛИКЕ ОЖИДАЮТСЯ ОСАДКИ

‼️27-30 июля по отдельным районам республики возможны селе-паводковые явления.

По данным центра «Узгидромет», в связи с ожидаемыми дождями 27-30 июля текущего года по предгорным и горным районам республики:

📍Кашкадарьинской области: по Яккабагскому, Дехканабадскому, Чиракчинскому, Китабскому, Шахрисябзкому, Камашинскому, Гузарскому районам;
📍Сурхандарьинской области: по Сарыасийскому, Узунскому, Алтынсайскому, Денаускому, Байсунскому, Шерабадскому, Шурчинскому, Кумкурганскому, Музрабатскому районам;
📍Джизакской области: по Зааминскому, Бахмальскому, Галляаральскому, Шараф-Рашидовскому, Фаришскому, Янгиабадскому районам;
📍Ташкентской области: по Ахангаранскому, Бостанлыкскому, Паркентскому, Пскентскому, Уртачирчикскому, Юкоричирчикскому районам и городам Ангрен, Алмалык;
📍Наманганской области: по Папскому, Касансайскому, Чартакскому, Чустскому, Наманганскому, Янгикурганскому районам;
📍Ферганской области: по Сохскому, Шахимарданскому, Ферганскому, Бешарыкскому районам;
📍Андижанской области: по Андижанскому, Асакинскому, Джалакудукскому, Кургантепинскому, Пахтаабадскому, Избасканскому, Хожаабадскому, Мархаматскому районам и городу Ханабад возможны селе-паводковые явления.

‼️Фермеров и дехкан, ведущих деятельность в предгорных и горных районах, просим соблюдать меры предосторожности.

#погода #климат

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM