QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘rin tutishi ma'lum.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulotlarining ulushi qancha bo‘lgan?
Final Results
27%
Beshdan bir
22%
To‘rtdan bir
29%
Uchdan bir
18%
Yarmi
16%
Uchdan ikki
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘rin tutishi ma'lum.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulotlarining ulushi qancha bo‘lgan?
»
Известно, что сельское хозяйство играет важную роль в экономике Узбекистана.

Какова по итогам 2022 года доля продукции сельского, лесного и рыбного хозяйства в валовом внутреннем продукте Узбекистана?
Final Results
27%
Одна пятая
35%
Четверть
30%
Треть
15%
Половина
8%
Две трети
SOHA OLDIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI, GALDAGI VAZIFALAR BELGILANDI

👥O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rahbarligida mamlakat agrar sohasi oldida turgan dolzarb masalalar va galdagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferens-aloqa asosida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari qatnashdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan vazir Aziz Voitov kun tartibida turgan birinchi masala – bu yilgi g‘alla o‘rim-terimini yakunlash mavzusiga to‘xtaldi. Vazir ta'kidlaganidek, shu kunga qadar 8,1 mln tonnadan ziyod g‘alla yig‘ib olindi. 2 mln tonnadan ortiq mahsulot don zaxirasi uchun jamg‘arildi. Bu yo‘nalishda respublika bo‘ylab 37 000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari jonbozlik ko‘rsatdilar.

G‘alladan bo‘shagan maydonlarga 2023-yil hosili uchun takroriy ekinlarni ekish masalasi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotganini tilga olgan vazir ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular bevosita joylarda hududiy boshqarmalar bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlayotganligini qayd etdi.

Bu yil 905 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekish mo‘ljallangan bo‘lsa, shu kunga qadar 803 ming gektar yerga ekin ekilganligi aytib o‘tildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa #galla_orim_terimi #takroriy_ekin

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKACHILIKNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN LOYIHA NATIJALARI SARHISOB QILINDI

👥Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Covid-19 pandemiyasiga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha yakuniy seminar ikki yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi hisoblanadi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi kartoshkachilik imkoniyatlarini inobatga olib, biz ikki yil oldingi davrga nazar tashlasak, 1 gektar yer maydonidan 20-25 tonnagacha hosil olinardi. Hozirda kartoshkachilikda ham innovatsion, ilg‘or texnologiyalarni, xususan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishni qo‘llagan holda har bir gektar yerdan 40-45 tonnagacha hosil olishga erishgan fermer xo‘jaliklarimiz mavjud.

#tadbir #qishloq_xojaligi #FAO #kartoshkachilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Semurg Insurance” sug‘urta kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Georgiy Lavrishev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sug‘urta tizimining amaldagi holati va mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalash tizmini takomillashtirish zaruriyati xususida fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, ob-havoning anomal isishi va sovishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga jiddiy zarar yetayotgani, buning oqibatida fermer xo‘jaliklari rahbarlari, dehqonlar va tomorqa yer egalarining mahsulot yetishtirishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayayotgani hamda sug‘urta kompaniyalariga ishonchi kamayib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, respublikada 34 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Sug‘urta kompaniyalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatib kelishayotgan bo‘lishsa-da, mamlakat agrosug‘urta sohasida hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun sug‘urta kompaniyalaridan faollik talab etilishi aytib o‘tildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #uchrashuv #qishloq_xojaligi_sugurta_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan lavha efirga uzatildi.

Unda qaror bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan natijalarini amaliyotga tadbiq etish, kadrlar tayyorlashda agroklasterlar, kooperativlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining real ehtiyojlarini inobatga olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etish, buning uchun ilmiy innovatsion guruhlar tashkil qilish, shuningdek, ilm-fan yutuqlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzishlishi haqida batafsil so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘lkam, adog‘i yo‘q adirlaring bor...

#kun_fotosi #tabiat
*****
У моего края необъятные склоны

#фото_дня #припода

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OLTINKO‘LLIK CHORVADOR IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANMOQDA

🐄Andijonlik tadbirkorlar, respublika qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi chorvachilikning o‘rnini to‘g‘ri tushungan holda, fermer xo‘jaliklarida yirik va mayda shoxli qoramol parvarishlab, aholi dasturxoniga sut va go‘sht mahsulotlari taqdim etish yo‘lida unumli mehnat qilib kelmoqdalar. Buni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoji” fermer xo‘jaligi faoliyatida ham ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu fermer xo‘jaligi 2004-yilda tashkil topgan. Xo‘jalik qoshidagi fermada asosan sut yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar parvarishlanadi. Ularning bari Avstriyadan keltirilgan sersut naslli chorva bo‘lib, fermer xo‘jaligida joriy etilgan zamonaviy texnologik ish usullari tufayli qisqa fursatda bir necha barobarga ko‘paygan. 400 bosh qoramol keltirilgan bo‘lsa, bugungi kunda fermer xo‘jaligidagi qoramollar 1000 boshdan oshgan. Sog‘ib olinayotgan sut hajmi ham shunga yarasha – kuniga 24-25 tonnani tashkil qiladi.
*****
АЛТЫНКУЛЬСКИЙ ЖИВОТНОВОД ГРАМОТНО ИСПОЛЬЗУЕТ СОЗДАННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ

🐄Предприниматели из Андижана, отдавая должное значимости животноводства в агропромышленном комплексе республики, разводят в фермерских хозяйствах крупный и мелкий рогатый скот и обеспечивают молоком, мясом и продуктами их переработки население.

Деятельность фермерского хозяйства «Бахт имкон ривожи» в Алтынкульском районе Андижанской области полностью соответствует вышеназванным критериям. Хозяйство было основано в 2004 году. Здесь в основном разводят молочный скот. Все высокопродуктивные животные завезены из Австрии, и благодаря внедрению в хозяйстве современных технологических методов работы, их поголовье за короткое время увеличилось в несколько раз. Изначально завезено 400 голов крупного рогатого скота, а сегодня их более 1000. Объем производимого молока составляет 24-25 тонн в сутки.

#chorvachilik #qoramol #sut #pishloq #brinza #Andijon #животноводство #крупнорогатый_скот #сыр #брынза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EKINLAR TO‘G‘RISIDAGI RAQAMLASHGAN MA'LUMOTLARDAN FERMERLARGA MOLIYAVIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA FOYDALANILADI

💻Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya'ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilsa, mazkur ma'lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.

Avval xabar berganimizdek, paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Vazirlik mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim “CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta'minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.

#qishloq_xojaligi #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #agroplatforma #CropAgro #raqamlashtirish #raqamli_texnologiyalar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM