QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“BONAFARM GROUP” PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHLADI

🤝Joriy yilning 6-iyul kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi bosh direktori Attila Chanyi oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Samimiy va do‘stona ruhda oʻtgan muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi jadal yig‘im-terim ishlariga qiziqishlarini bildirdilar.

Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Bonafarm Group” kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, vinochilik va parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.

Ushbu yirik kompaniyaning savdo aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilishmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #klaster #parrandachilik #video_konferensiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JAHON BANKINING AGRAR SOHAGA OID HISOBOTI TINGLANDI

🤝2023-yilning 7-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va Jahon Banki vakillari Bayarsaihan Timurdavaa hamda Dilshod Xidirovlar o‘rtasida hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bayarsaihan Timurdavaa mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va missiya yakunlari bo‘yicha muhokama etiladigan masalalar yuzasidan hisobotni taqdim etdi. Jumladan, hisobot doirasida “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida kredit liniyalari bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishlarini qo‘shish va lizing kompaniyalarini ishtirokiga ruxsat berish o‘rganildi.
*****
ЗАСЛУШАН ОТЧЕТ ВСЕМИРНОГО БАНКА О РАЗВИТИИ АГРАРНОЙ СФЕРЫ

🤝7 июля 2023 года в Министерстве сельского хозяйства состоялась отчетная встреча между министром Азизом Воитовым и представителями Всемирного банка Баярсайханом Тимурдаваа и Дильшодом Хидировым.

В её рамках Баярсайхан Тимурдаваа представил отчет о реализованных проектах в аграрном секторе нашей страны и вопросах, требующих обсуждения по итогам миссии. В частности, в докладе изучена возможность добавления продовольственных направлений в кредитные линии и разрешение на участие лизинговых компаний в рамках проекта «Модернизация сельского хозяйства в Республике Узбекистан».

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #oziq_ovqat #lizing #Jahon_Banki #международное_сотрудничество #встреча #лизинг #Всемирный_банк

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YAYLOVLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

👥2023-yil 7-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish» mavzusidagi davra suhbati yer resurslaridan oqilona foydalanish muammosining yechimini izlashga bag‘ishlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad keng jamoatchilikning, xususan, olimlar va mutaxassislarning e’tiborini yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning samarali yechimi bo‘yicha islohotlarni belgilab olish bo‘ldi.

#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #Ozdavyerloyiha #yaylovlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YAPONLARDAN YANGICHA MEVA – LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?

💡Yaqindan boshlab Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. G‘ayrioddiy ko‘rinishga va ajoyib ta'mga ega bu meva yaponlarga ma'qul keldi.

Yangi meva katta emas – tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin, shu bilan birga limonni eslatuvchi biroz nordon ta'mga ham ega. Uni tatib ko‘rganlar yoz uchun eng bop meva deya ta'riflaydilar.

Bundan tashqari, limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, limon-qovun ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.

Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, yorqin sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta'mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e'tibor bilan yetishtirmoqdalar.

#bu_qiziq #limon_qovun

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
НОВЫЙ ФРУКТ ОТ ЯПОНЦЕВ – СЛЫШАЛИ О ЛИМОННОЙ ДЫНИ?

💡Лимонная дыня – это уникальный фрукт, который только недавно появился на прилавках японских магазинов. Этот фрукт имеет необычный внешний вид и прекрасный вкус, который покорил сердца многих японцев.

Лимонная дыня – это небольшой фрукт, размером примерно с куриное яйцо.
Она имеет сочный, сладкик вкус с легкой кислинкой, напоминающему лимон.
Те, кто успел попробовать его, считают, что это идеальный освежающий фрукт для лета.

Кроме того, лимонная дыня богата витаминами С, А, Е и группы В, а также микроэлементами, такими как калий, магний и железо. Эти вещества помогают укрепить иммунную систему, улучшить зрение, ускорить обмен веществ и повысить уровень гемоглобина в крови. Также лимонная дыня является отличным диуретиком и помогает очищать организм от токсинов и шлаков.

Откуда появилась лимонная дыня?
Лимонная дыня - это новый фрукт, который появился в Японии сравнительно недавно. Его история начинается в 1980-х годах, когда были проведены эксперименты по скрещиванию двух видов дыни. В результате получился уникальный гибрид, который получил свое название благодаря яркому желтому цвету и нежной текстуре мякоти, напоминающей лимон.

Несмотря на то, что лимонная дыня является относительно новым фруктом, он уже завоевал популярность благодаря своему необычному вкусу и полезным свойствам. Кроме того, этот фрукт стал объектом гордости для японских фермеров, которые выращивают его с большой любовью и заботой.

#это_интересно #лимонная_дыня

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNING ISTIQBOLINI BELGILOVCHI OMIL

🔰Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov joylarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab, vazir “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu chorvachilik kompleksining tashkil etilganiga uch yilgina bo‘lishiga qaramay bugungi kunda respublikadagi boshqa chorvachilik komplekslariga na’muna bo‘lib kelmoqda. Ilm va innovatsiyani to’gri joriy qila olish chorvachilik sohasining keyingi istiqbolini belgilovchi omil ekanligiga mana shu yerda guvoh boʻlasiz. Chorva mollarini musiqa qo’yish orqali parvarish qilish, ularni boqishda gigienik talablarga qat’iy rioya qilish, maxsus oziqlantirish ratsioni bu yerda amaliyotga puxta joriy etilgan.

Bugungi kunda chorvachilik majmuasida jami 3 000 bosh sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanib kelinmoqda. Shundan 1 000 bosh Golshtin, Simmental va Shvis zotli sog‘in sigirlardir. Naslchilik seleksiya ishlarini keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida hozirda bu yerda Angus va Belgiya zotli qoramollar ham keltirilib parvarishlanmoqda.

Bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha 28 litr kunlik esa jami 28 tonna sut olishga erishildi.

Shuningdek, bu yerda intensiv gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1 kg bug‘doydan 7 kg yashil ozuqa, kunlik esa 3 tonna 800 kg yetishtirib berilmoqda.

Bundan tashqari chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik kompleksiga 400 gektar ozuqa ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lib beda, silos va don uchun makkajo‘xori va oraliq ekinlardan roj bilan tritikali ekib kelinmoqda.

#tashrif #vazir #chorvachilik_kompleksi #qoramol #Chorvadorlar_maktabi #intensiv_gidroponika #ozuqa_bazasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 2—8-IYUL 2023-yil

🤝O‘ZBEKISTON VA FAO HAMKORLIGI MUHOKAMA ETILDI

🇮🇹QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

🇮🇱CHO‘L HUDUDLARIGA ISHLOV BERISHDA ISROIL TAJRIBASI QO‘LLANILADI

🗣YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

🌳BUGUNGI SURXON – BOG‘LARGA KON

DALA CHETIGA QANDAY EKIN EKISH MA'QUL?

🌿EKINLAR DIVERSIFIKATSIYASI – SAMARALI DEHQONCHILIK OMILI

🔰YANGI O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🌱O‘LKAMIZDA BU MAVSUMDAGI ILK PAXTA OCHILDI

🇳🇱NIDERLANDIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

🌐XALQARO DAVRA SUHBATI

🫘SOYA URUG‘INI YETISHTIRISHDAGI ANGORLIK PESHQADAM

🇭🇺“BONAFARM GROUP” PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHLADI

🌐JAHON BANKINING AGRAR SOHAGA OID HISOBOTI TINGLANDI

👥YAYLOVLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️Quyoshning zarrin nurlari

#kun_fotosi #tabiat
*****
☀️Золотистые лучи солнца

#фото_дня #природа

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Oyning tugashi: 10–16-iyul

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi, faqat payshanba kuni yengil bo‘ron kuzatiladi (Kp-indeks: 2-3-1-5-3-3-3).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Seshanba-payshanba kunlari ekstremal (11 ball) darajada bo‘ladi, haftaning qolgan kunlari juda yuqori daraja (10 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 10-iyul – 25%; 11-iyul – 20%; 12-iyul – 17%; 13-iyul – 16%; 14-iyul – 19%; 15-iyul – 20%; 16-iyul – 23%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-42°bo’ladi.

Respublikaning togʻoldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
🌡Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
📝Fermer xo‘jaliklariga takroriy sabzavot, poliz, kartoshka ekinlarini ekish ishlarini tezlashtirish, shuningdek, asosiy maydonlardagi ertagi meva-sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlarini yig‘ishtirib olish tavsiya etiladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Убывающая луна: 10–16 июля

🧲Геомагнитная активность: Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели, только в четверг ожидаетя легкая буря (Кп-индекс: 2-3-2-5-3-3-3).

🔅Ультрафиолетовый индекс: Со вторника по четверг наблюдается экстремальный уровень (11 баллов), в остальные дни ожидается очень высокий уровень (10 баллов).

🔤Влажность воздуха: 10 июля – 25%; 11 июля – 20%; 12 июля – 17%; 13 июля – 16%; 14 июля – 19%; 15 июля – 20%; 16 июля – 23%.

Еженедельная сводка погоды:
⛅️На этой неделе, по большей части территории Узбекистана, небольшая облачность, без осадков.
💨Ветер восточный 7-12 м/с.
🌡Температура ночью 22-27°, днем 33-42°.

По горным районам республики небольшая, временами переменная облачность без осадков.
💨Ветер восточный 7-12 м/с.
🌡Температура ночью 15-20°, днем 25-30°.

Рекомендации для фермеров и дехкан:
📝Фермерам рекомендуется ускорить посадку повторных посевов овощей, бахчевых культур и картофеля, а также продолжать сбор с основных полей ранние плодовоовощные, бахчевые культуры и картофель.

#погода #климат #рекомендации

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM