QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON VA FAO HAMKORLIGI MUHOKAMA ETILDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43- konferensiyasi doirasida FAO bosh direktorining o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning FAO bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarining jami soni 66 ta bo‘lib, umumiy qiymati 70,05 mln dollarni tashkil etadi. Bugunga  qadar jami 15,03 mln dollarlik 33 ta loyihani amalga oshirish yakunlandi. Hozirda 33 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda (umumiy qiymati – 55,14 mln dollar) va umumiy qiymati 41,3 mln dollarga teng 4 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.
*****
НАПРАВЛЕНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И ФАО

🤝Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов на полях 43-й конференции Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО), проходящей в Риме, встретился с заместителем Генерального директора ФАО, Региональным представителем по Европе и Центральной Азии Владимиром Рахманиным.

Общее
количество совместных проектов Узбекистана и ФАО составляет 66 на сумму 70,05 миллионов долларов США. На сегодняшний день завершена реализация 33 проектов на сумму 15,03 миллионов долларов США. В настоящее время ведутся работы по 33 проектам (на 55,14 миллионов долларов США) и в процессе разработки находятся 4 проекта стоимостью 41,3 миллиона долларов США.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #FAO #международное_сотрудничество #министр #встреча #делегация #Узбекистан #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri Tan Jenszyan bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligiga oid hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtab o‘tildi. Aziz Voitov ikki vazirlik shafeligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi kurslarini muntazam tashkil etishni taklif etdi.
🇺🇿🤝🇦🇿
Aziz Voitovning navbatdagi uchrashuvi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holatiga baho berildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Agrosug‘urta va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish, paxtachilikda o‘zbek seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarini Ozarbayjonda ommalashtirish, shuningdek ipakchilik va veterinariya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi.
🇺🇿🤝🇪🇪
Estoniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Madis Kallas bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikning bosh yo‘nalishi sifatida agrota’lim sohasidagi hamkorlik tilga olindi. Jumladan, ikki mamlakat agrar universitetlari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti istiqbollari muhokama etildi, jumladan Boltiqbo‘yi mamlakatiga barra qovun, ko‘kat, shuningdek turshak va mayiz yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #Xitoy #Ozarbayjon #Estoniya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SABZAVOT EKINLARINING SELEKSIYA USULLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

🌱Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sabzavot ekinlarining seleksiya usullari” mavzusida o‘quv seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Treningda bir qator mavzular, xususan, seleksiya uchun birlamchi manbalar (genbank, kolleksiyalar, introduksiya, iqlimlashtirish, mahalliy materiallar), sabzavot o‘simliklarining belgilari va ularning o‘zgaruvchanligi, solanatsiya ekinlarni ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi (pomidor, qalampir, baqlajon, kartoshka), qovoq ekinlarini ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi (bodring, tarvuz, qovun, qovoq, qovoqcha), karamdosh va ildizmevali ekinlarini ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi borasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
*****
ПРОВЕДЕН СЕМИНАР-ТРЕНИНГ ПО МЕТОДАМ СЕЛЕКЦИИ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

🌱В НИИ овощебахчевых культур и картофеля прошел учебный семинар-тренинг на тему «Методы селекции овощных культур».

Обучение включало в себя ряд тематических направлений, по которым были заслушаны доклады специалистов. В частности, это первоисточники для селекции (генобанк, коллекции, интродукция, акклиматизация, местные материалы), признаки овощных растений и их изменчивость, солонационные методы размножения культур и биология цветения (томат, перец, баклажан, картофель), способы размножения тыквенных культур и биология цветения (огурец, арбуз, дыня, тыква, кабачок), способы размножения капусты и корнеплодов и биология цветения.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #seminar_trening #seleksiya #НИИ #семинар_тренинг #селекция

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O’zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida tomchilatib sug’orish samaradorligi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi paxta dalalari misolida suv tejamkor texnologiyalari — tomchilatib sug’orish texnologiyasining afzalliklari haqida so’z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2023

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2023

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA POLSHA TAJRIBASI O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining (ISCAD) mutaxassislaridan iborat guruh Yevropa Ittifoqining ASK (Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish) dasturi doirasida Polsha Markaziy statistika ofisi va Qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi.

Polsha Markaziy statistika ofisi tomonidan milliy qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni amalga oshirib kelinmoqda. 2010-yildan milliy qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab yangi so‘rov metodologiyasi qo‘llanila boshlandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lganlar o‘zini onlayn ro‘yxatlashtirishi, intervyu oluvchi tomonidan telefon orqali suhbat yoki ro‘yxatlashtirayotgan agent tomonidan o‘tkaziladigan yuzma-yuz muloqot orqali maʼlumot berishi yo‘lga qo‘yildi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #Qishloq_xojaligi_vazirligi #ISCAD #ASK #royxatdan_otkazish_jarayoni #Polsha

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM