QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI RIMDA
🇺🇿🤝🇮🇹
Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Italiya poytaxti yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qiladi. Qarorgohi Rimda joylashgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘zining 43-konferensiyasini o‘tkazayapti. Mazkur anjuman doirasida navbatdagi muddatga tashkilot bosh direktori saylanadi va lavozimiga kirishadi.

Ayni jarayonda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari Rimda bo‘lib turishibdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchilik qilmoqda.

Konferensiya davomida turli sessiyalar tashkil etilishi belgilangan. Unda ishlab chiqarishni takomillashtirish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat isteʼmoli sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash hamda hayot tarzini takomillashtirishga oid qator masalalar muhokama qilinadi. Yagona va konstruktiv yechimlar belgilanishi kun tartibidan o‘rin olgan.

Bugundan O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashkilot tadbirlarida ishtiroki boshlandi. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy tadbirlarda O‘zbekistondan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.

FAO konferensiyasining kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bugungi global o‘zgarishlar davrida o‘zining ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. O‘zbekiston uchun ham inchunun. Bunda har tomonlama maqbul qishloq xo‘jaligini tashkil qilish, tashqi omillar taʼsiridan himoyalana oladigan agrotizim yaratish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini majmuaviy yechimi hamda istiqbollarini belgilash shular jumlasidan.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #delegatsiya #konferensiya #Ozbekiston #Italiya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 26-IYUN — 1-IYUL 2023-yil

🌾MAMLAKATIMIZDA G‘ALLA O‘RIMI AVJ PALLASIGA KIRDI

🏢O‘ZBEKISTONDA ILK BOR “OZIQ-OVQAT SANOAT TEXNOPARKI” BARPO ETILMOQDA

📰27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING BAYRAM TABRIGI

💻HUDUDLAR O‘Z GEOPORTALLARIGA EGA BO‘LDI

🌾G‘ALLA MAYDONLARIDA ISH QIZG‘IN BORMOQDA

📐G‘ALLADAN BO‘SHAGAN YERLAR EHTIYOJMANDLARGA AJRATIB BERILMOQDA

🌙O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI AZIZ VOITOVNING QURBON HAYITI TABRIGI

🐓“DENOV MAROQAND PARRANDA”: AHOLI EHTIYOJI UCHUN IMKONIYATLAR MASKANI

🧑‍🎓O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI 30-IYUN – YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SAMIMIY TABRIKLAYDI

🍅ISSIQXONA XO‘JALIGI: MUHIMI – BIR JOYDA TO‘XTAB QOLMASLIK

🤝O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI RIMDA

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishlog‘imning osmono‘par uylari

#kun_fotosi #qishloq
*****
Небоскребы моей деревни

#фото_дня #деревня

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🌕To‘lin oy: 3–4-iyul
🌖Tugayotgan oy: 5–9-iyul

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-2-2-2-2-4-3).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Dushanba-seshanba va juma kunlari ekstremal (11 ball) darajada bo‘ladi, haftaning qolgan kunlari juda yuqori daraja (10 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 3-iyul – 24%; 4-iyul – 24%; 5-iyul – 26%; 6-iyul – 31%; 7-iyul – 39%; 8-iyul – 35%; 9-iyul – 34%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha
:

⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6-iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-22°, kunduzi 30-38°bo’ladi.

Respublikaning togʻoldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:

📝Fermer xo‘jaliklariga takroriy sabzavot, poliz, kartoshka ekinlarini ekish ishlarini tezlashtirish, shuningdek, asosiy maydonlardagi ertagi meva-sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlarini yig‘ishtirib olish tavsiya etiladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌕Полнолуние: 3–4 июля
🌖Убывающая луна: 5–9 июля

🧲Геомагнитная активность: Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 3-2-2-2-2-4-3).

🔅Ультрафиолетовый индекс: В начале недели и в пятницу наблюдается экстремальный уровень (11 баллов), в остальные дни ожидается очень высокий уровень (10 баллов).

🔤Влажность воздуха: 3-июля – 24%; 4-июля – 24%; 5-июля – 26%; 6-июля – 31%; 7-июля – 39%; 8-июля – 35%; 9-июля – 34%.

Еженедельная сводка погоды:

⛅️На этой неделе, по большей части территории Узбекистана небольшая, временами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с, в отдельных районах с пылью. Температура: ночью15-22°, днем 30-38°.

По горным районам республики небольшая, временами переменная облачность, местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер восточный 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пылью. Температура ночью 10-15°, днем 20-25°.

Рекомендации для фермеров и дехкан:

📝Фермерам рекомендуется ускорить посадку повторных посевов овощей, бахчевых культур и картофеля, а также продолжать сбор с основных полей ранние плодовоовощные, бахчевые культуры и картофель.

#погода #климат #рекомендации

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA FAO HAMKORLIGI MUHOKAMA ETILDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43- konferensiyasi doirasida FAO bosh direktorining o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning FAO bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarining jami soni 66 ta bo‘lib, umumiy qiymati 70,05 mln dollarni tashkil etadi. Bugunga  qadar jami 15,03 mln dollarlik 33 ta loyihani amalga oshirish yakunlandi. Hozirda 33 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda (umumiy qiymati – 55,14 mln dollar) va umumiy qiymati 41,3 mln dollarga teng 4 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.
*****
НАПРАВЛЕНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И ФАО

🤝Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов на полях 43-й конференции Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО), проходящей в Риме, встретился с заместителем Генерального директора ФАО, Региональным представителем по Европе и Центральной Азии Владимиром Рахманиным.

Общее
количество совместных проектов Узбекистана и ФАО составляет 66 на сумму 70,05 миллионов долларов США. На сегодняшний день завершена реализация 33 проектов на сумму 15,03 миллионов долларов США. В настоящее время ведутся работы по 33 проектам (на 55,14 миллионов долларов США) и в процессе разработки находятся 4 проекта стоимостью 41,3 миллиона долларов США.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #FAO #международное_сотрудничество #министр #встреча #делегация #Узбекистан #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri Tan Jenszyan bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligiga oid hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtab o‘tildi. Aziz Voitov ikki vazirlik shafeligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi kurslarini muntazam tashkil etishni taklif etdi.
🇺🇿🤝🇦🇿
Aziz Voitovning navbatdagi uchrashuvi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holatiga baho berildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Agrosug‘urta va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish, paxtachilikda o‘zbek seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarini Ozarbayjonda ommalashtirish, shuningdek ipakchilik va veterinariya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi.
🇺🇿🤝🇪🇪
Estoniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Madis Kallas bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikning bosh yo‘nalishi sifatida agrota’lim sohasidagi hamkorlik tilga olindi. Jumladan, ikki mamlakat agrar universitetlari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti istiqbollari muhokama etildi, jumladan Boltiqbo‘yi mamlakatiga barra qovun, ko‘kat, shuningdek turshak va mayiz yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #Xitoy #Ozarbayjon #Estoniya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM