QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
DALA CHETLARIDA MAHSULOT YETISHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI O‘RGANILMOQDA

👥Yer va suv resurslari tanqisligi kuzatilayotgan bugungi kunda har bir qarich yerdan mahsulot olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olimlar, fermerlar, tadbirkorlar, suvchilar va  qayta ishlovchilarning  hamkorligi muhim ahamiyat kasb qiladi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlash doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi — AKISda ish boshlagan seminar ham dala chetlaridan unumli foydalanish masalasiga bag‘ishlandi.

Tadbirni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminarda dala chetlaridan foydalanishda tuproq tahlilining o‘rni; dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlarini ekish, ko‘chatlarni tayyorlash va mahsulot yetishtirish; mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Qaysi ekin turini, qanday navlarini, qanday usulda ekish va parvarishlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

#seminar #vazir #qishloq_xojaligi #dala_chetlari #AKIS

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QO‘SHTEPA TUMANIDA O‘RIKNING “RUBISTA” NAVI EKSPORT QILINMOQDA

🌳2020-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Grapes and Gardens Investment” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan intensiv bog‘ misolida vodiy bog‘dorchiligi kelajagini ko‘rish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatida bog‘dorchilik yo‘nalishida o‘rik, gilos va shaftoli ko‘chatlarini ekish uchun 151 gektar yer maydoni ajratilgan.

Bu yer maydonlariga o‘rik ko‘chatining 11 xil navi, gilosning 3 xil navlari ekilgan. Jumladan, o‘rikning “Primaya”, “Luna”, “Rubista”, “Kosmos”, “Kolorado” kabi navlari yurtimiz iqlimiga mosligi bilan bir qatorda hosildorligi, 97-98 foizgacha sifatli meva berishi, ertapisharligi, ayniqsa, eksportbopligi bilan ajralib turadi.
*****
ПРОИЗОДСТВО СОРТОВ АБРИКОСА И ВИШНИ

🌳На примере интенсивного сада, созданного в 2020 году АО «Grapes and Gardens Investment» в Коштепинском районе Ферганской области, можно увидеть будущее садоводства Ферганской долины. В акционерном обществе под посадку абрикосовых, вишневых и персиковых саженцев плодовых деревьев выделен 151 гектар земли.

На этих участках посажено 11 сортов абрикосов и 3 сорта вишни. В частности, такие сорта абрикоса, как «Примая», «Луна», «Рубиста», «Космос» и «Колорадо» отличаются хорошей приспособленностью к климату нашей страны, высокой урожайностью, высоким уровнем плодоношения (до 97-98%) и скороспелостью, в том числе с возможностью экспорта.

#bog‘dorchilik #o‘rik #gilos #eksport #IFAD #Farg‘ona #садоводство #абрикос #вишня #экспорт #Фергана

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Avstraliya sug‘orish kanallarini avtomatlashtirish konsorsiumi vakillari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda dastlab ikki tomon o‘z imkoniyatlari va aniq maqsadlarini bayon etishdi.

Ma’lumki, dunyoda suv iste‘moli demografik o‘sish va iqtisodiy rivojlanish bilan hamohanglikda ortib bormoqda. Shuningdek, odamlarning suv resurslariga ta‘siri natijasida hamda iqlim o‘zgarishi tufayli ularning miqdori pasaymoqda. Mamlakatimiz suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, suvni tejash masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda va uni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ko‘lami kengaytirilmoqda. Bu esa, qishloq xo‘jaligida suvni sezilarli darajada tejashga va undan samarali foydalanishga hamda ekinlarning hosildorligini oshirishga xizmat qiladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uhrashuv #suv_resurslarini_boshqarish #suv_xojaligi #gidro_inshootlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida qishloq xo'jaligida tuproq unumdorligini oshirish haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda dunyo va respublika miqyosidagi tuproqlar hozirgi holati, mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash maqsadida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan olib borilayotgan tuproq tadqiqot ishlari haqida so'z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Men e-auksion orqali dehqon xo‘jaligi uchun 30 yil muddatga tomorqa olgan edim. G‘olib bo‘lish uchun qo‘shimcha pul to‘lagandim. Qanday qilib to‘lasam bo‘ladi?

Ushbu masalada tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga qo‘shimcha to‘lovlar grafigini taqdim etilishini soʻrab murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #soliq_inspeksiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VAZIR FARG‘ONALIK GULCHILAR BILAN UCHRASHDI

🌹Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish, yangi tashabbuslar bilan tanishish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashishdan iborat.

Dastlab Aziz Voitov Farg‘ona shahridagi 101 gektarda tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kooperatsiyaga 150 nafar dehqon doimiy asosda biriktirilgan bo‘lsa, 500 nafar ishchi mavsumiy faoliyat yuritadi. Hududda 85 ta oila tomonidan atirgulning 400 xildan ortiq navi ekilib parvarishlanmoqda. Albatta, daromad ham shunga yarasha. Yil davomida 30 million dona atirgul ko‘chatlari ekilib, eksport va mahalliy bozorga yo‘naltiriladi.

#vazir #tashrif #atirgulchilik #kooperatsiya #dehqon #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI QONUN LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Aziz Voitov yurtimizda shu kungacha amalda bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi qonun 1998-yilda qabul qilingani, u bugungi kundagi korporativ talablarga mos kelmasligini, shu bois yangi qonun loyihasi ishlab chiqilganini aytar ekan, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga yaqindan yordam bergan Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi – GIZning mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Hamkorlik munosabatlari nafaqat Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan, balki uning tizimidagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan ham yaqindan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu sohalarda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.

#vazir #uchrashuv #videokonferensaloqa #Qishloq_xojaligi_kooperativi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM