QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TOSHKENT VILOYATI: DALADA – G‘ALLA, ZOVUR CHETLARIDA – SABZAVOTLAR PISHIB YETILDI

🌾Ayni damda yurtimiz dalalarida g‘alla  o‘rim-yig‘imi avj pallada. Bu yil Toshkent viloyatida 14 ta g‘allachilik klasteri hamda 2 ming 529 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 106 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirildi.

Viloyatda g‘alla o‘rish 5-iyundan boshlangan bo‘lib, 20-iyun holatiga ko‘ra, jami 205 ming 52 tonna g‘alla sotildi. Bu rejaning 76,8 foizi demakdir.

Viloyat miqyosida olganda, 6 721 ta fermer xo‘jaligining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib, 14 mln 387 ming dona ko‘chat ekildi. Bundan tashqari, 569 gektar yerga poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekildi. Qolaversa, dala shiyponlarida asalari uyalari saqlash, parrandalar parvarishlash urfga aylandi.

#G'alla #o'rim_yig'im #klaster #sabzavot #dala_chetlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” YANGI BILIMLAR MANBAI BO‘LDI
2️⃣2️⃣2️⃣
Poytaxtdagi Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan “Hayot fanlari festivali”ning ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi kuni ham ko‘rgazmali yarmarkalar va taqdimotlarga boy tarzda o‘tdi. Xususan, “Mening eng yaxshi karyeram” mavzusida eng yaxshi talabalar nutqi, “Dunyo bo‘ylab taomlar”, “Oziq-ovqat turizmi”, “Oziq-ovqat ilhomlari” bo‘yicha  taqdimotlar, “Oziq-ovqat xavfsizligi muammolari” mavzusida davra suhbatlari, Ta’lim va martaba yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga 2023-2024-yillar uchun o‘qishga hujjat topshirgan yoshlar orasidan saralab olingan 75 nafar yoshlarga sertifikatlar taqdim etildi. E’tiborlisi, ushbu sertifikatlar bilan talabalikka qabul qilinadigan yoshlar 4 yil davomida universitetda bepul ta’lim olishadi. Saralash mezonlari ularning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishi, o‘z kelajagini ushbu  soha bilan bog‘laganligi hamda ingliz tilini bilish darajasi yuqoriligidan iborat bo‘ldi.

#festival #FAO #BMT #IAU #tadbir #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ФЕСТИВАЛЬ НАУК О ЖИЗНИ: ИСТОЧНИК НОВЫХ ЗНАНИЙ
2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣
Второй день Фестиваля наук о жизни, который открыт для широкой публики, с успехом прошел в столичном Ташкентском международном сельскохозяйственном университете.

Второй день мероприятия был насыщен выставками и презентациями. В частности, были заслушаны студенческие выступления на тему «Моя лучшая карьера», показаны презентации на темы «Блюда всего мира», «Гастрономический туризм», «Продовольственное вдохновение», а также проведены круглые столы, затронувшие тематику продовольственной безопасности. Помимо этого, состоялась ярмарка образования и карьеры.

В ходе мероприятия Минсельхоз вручил сертификаты 75 молодым людям, отобранным из числа абитуриентов, сдавших документы для начала обучения в Международном сельскохозяйственном университете в 2023-2024 учебном году. Немаловажно, что молодые люди, сумевшие поступить в университет, имея к тому же такие сертификаты, получают возможность бесплатно учиться в университете в течение 4 лет. Критериями отбора были их интерес к сфере сельского хозяйства и то, что они связывали свое будущее с агросферой, а также высокий уровень владения английским языком.

#фестиваль #ФАО #ООН #IAU #инновация #ярмарка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanaliga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" shiori ostida “III Yoshlar forumi” haqida videorolik joylashtirildi.

Unda Surxondaryo viloyati Boysun temir yo‘l vokzalida “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari tantanali kutib olingani, Qaraqalpag‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yoshlar viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgani, forum doirasida tashkil etilgan turli tadbirlar aks ettirilgan.

#repost #Ozdavyerloyiha

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘ZBEKISTON – FURSATDAN UNUMLI FOYDALANADIGAN INSONLAR YURTI

🔰Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi tashrifini Navoiy viloyatiga amalga oshirdi.

Aytib o‘tishimiz joizki, Navoiy qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos maktab va o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu borada tuman mehnatkashlari paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki meva-chevalarmi – har sohada yuzlari yorug‘ bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

Birgina misol: dastavval Xatirchi tumanidagi yangi tashkil etilgan “Navoiy Fayzkom tekstil” misolida ko‘radigan bo‘lsak, ayni paytda bu yerda 450 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Endi esa bu yerda to‘quv, bo‘yash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda esa yana qo‘shimcha 550 ta ish o‘rni yaratiladi. Demakki, bitta loyiha mingta hamyurtimizni doimiy ish o‘rni bilan ta'minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tsak, 8,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Korxonada kuniga 15 tonna kalava chiqarilayotgan bo‘lsa bu oyiga 450 tonna demakdir. Eng asosiysi, mahsulotlar bugungi kunda Rossiya, Polsha, Turkiya kabi mamlakatlarga yo‘l olmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #tekstil #ip_kalava #eksport #Navoiy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SIRDARYO G‘ALLAKORLARI BELGILANGAN MARRAGA YETDILAR

🌾Yig‘im-terim ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi oldinga qo‘yilgan maqsadga bor-yo‘g‘i 16 kunda erishish imkonini berdi.

Viloyatda ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi, qish-bahor oylarining dehqonchilik uchun noqulay kelgani ham Sirdaryo mirishkorlarini shashtlaridan qaytara olmadi.

Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy agrotexnik tadbirlar, ilm-fanning amaliyotga tatbig‘i, shaxsiy manfaatdorlikka berilgan e'tibor va eng muhimi – yerga bo‘lgan mehr va fidokorona mehnat erishilgan natijalar omili bo‘ldi.

Sirdaryoda bu yil g‘alla uchun 76,2 ming gektar yer ajratildi. Hozirga qadar 64,2 ming gektar yerda 465 ming 500 tonna don yig‘ib olindi. Bu esa, viloyat uchun rekord ko‘rsatkich – gektariga 72,5 sentnerlik natijaga erishilganini anglatadi. Quvonarlisi shundaki, viloyatdagi ayrim fermer xo‘jaliklari 85-100 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘ldilar.

G‘alla hosili uchun kurashda g‘olib kelgan sirdaryolik mirishkorlar bir kun bo‘lsin, tin olmay, yangi kurashga bel bog‘ladilar – g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish agrotexnik tadbirlarini amalga oshirishga kirishdilar. G‘allasi o‘rib olingan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalab, takroriy ekin ekishga yerni tayyorlamoqdalar va takroriy ekinlar ekish rejasini olmoqdalar.

#G'alla #Sirdaryo #o'rim_yig'im #hosil #takroriy_ekin

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZOTLI QORAMOLLAR PARVARISHIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI

🐄Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor natijasida chorvachilik xo‘jaliklari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi “UZ ENGINEERING CONSTRUCTION NDH” MCHJ ham 2022-yildan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Majmua asosan sut ishlab chiqarish yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Hozirgi kunda
fermer xo‘jaligida 460 bosh sog‘in sigir mavjud bo‘lib, har bir sog‘in sigirdan 27-30 litrgacha sut olinmoqda. Bu esa kuniga 10-12 tonnagacha sut olinishini ta’minlaydi.
🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПО УХОДУ ЗА ПЛЕМЕННЫМ СКОТОМ

🐄Благодаря вниманию к развитию агросферы в Узбекистане с каждым годом увеличивается число животноводческих хозяйств. К примеру, ООО «UZ ENGINEERING CONSTRUCTION NDH» в Кашкадарьинской области занимается животноводством с 2022 года.

Комплекс, в основном, специализируется на производстве молока. Животноводческая ферма оснащена немецкими доильными аппаратами «GEA», а в доильном зале одновременно могут находиться 20 животных. В хозяйстве 460 молочных коров, каждая из которых ежедневно дает в среднем 27-30 литров молока. Это обеспечивает получение 10-12 тонн молока в сутки.

#chorvachilik #qoramol #golshtin_friz #sut #Qashqadaryo #животноводство #молоко #Кашкадарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN BARAKA TOPAYOTGAN FERMER

🌱Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi a’zolari ezgu maqsadni diliga tugib, yerga urug‘ qadaganlardan. Tashkil etilganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, fermer xo‘jaligi hozirda yetishtirgan mahsuloti bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

“Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda fermer xo‘jaligining 18 gektar yer maydonida turli sabzavot ekinlari ekilmoqda. Xususan, 3 gektar yer maydoniga ertapishar piyoz ekildi. Shuningdek, 3 gektar maydonga ekilgan sarimsoqdan mo‘l hosil olinib, eksportga yuborish arafasida.

Ishning ko‘zini bilgan fermerning bir qarich yeri ham bo‘sh qolmayapdi. 5 gektarlik maydon “Lajain” navli pomidorga ajratildi. Ushbu nav suvsizlikka chidamli, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi Gollandiyaning “Evolyushn”, “Arizona” navli kartoshkalarini ham sinov tariqasida ekdi. Ushbu kartoshka navi mamlakatimizning tuproq iqlim sharoitiga mosligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

#fermer #dehqon #sabzavot_ekinlari #ertapishar_piyoz #pomidor #kartoshka #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining “ZAMON” informatsion dasturida AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #zamon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
NAVOIY VILOYATI: YANGI O‘ZLASHTIRILGAN YERLARDA HAM HOSIL MO‘L

🍉Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ta'minlashga kirishish va bugungi topshiriqlarning mohiyati va mazmunini eng quyi bo‘g‘ingacha yetkazish.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan Oq oltin massividagi o‘zlashtirilgan yerlarda mehnat qilayotganlar bilan bo‘lib o‘tdi. Bu yerda bir necha yil avval qarovsiz yotgan adirliklar bugungi kunda ko‘zni quvontiradigan yashil maydonga aylangan. 222 gektar maydonda uzum bog‘i barpo etilgan. Uzumdan tashqari tarvuz, handalak, qovun kabi poliz ekinlari ham ekilgan. Shuningdek 15 gektar yerga olma va shaftoli ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ular aynan ilk hosillarini berishga ulgurdi. Mazkur hududda 300 dan ziyod ishchi mavsumiy mehnat bilan band bo‘lsa, 40 dan ortiq oila vodiy viloyatlaridan kelib mehnat qilishmoqda.

Bilamizki, Navoiy viloyatining Xatirchi tumani azaldan don va dukkakli o‘simliklarni ekishga ixtisoslashtirilgan. Demakki, g‘alladan bo‘shagan yerlarda aynan mosh ekiladi. Mosh Xitoy Xalq Respublikasiga eksportga chiqariladi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #uchrashuv #poliz_ekinlari #eksport #Navoiy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram