QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY USKUNALAR — FERMERLARGA KO‘MAKCHI

💧Zamin o‘zining cheksiz imkoniyatlari bilan insoniyatni doim hayratlantirib, ruhlantirib kelgan. Ayniqsa, ekin ekishga yaroqsiz, tashlandiq yerni o‘zlashtirib, obod ekinzorga aylantirish insonning yerga bo‘lgan mehr-muhabbatidan, qo‘li gulligidan darak beradi.

Suvni tejash va yerdan unumli foydalanish maqsadida bu yerda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi. Buning uchun Avstriyadan keltirilgan “Bauer” yomg‘irlatib sug‘orish uskunasi o‘rnatildi. Hozirga kunda ushbu uskuna yordamida kartoshkani sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu tarzda sug‘orishning afzalligi shundaki, u suv va mineral o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekinning ildiziga yetib borishini taʼminlaydi. Shuningdek, suvni tejash orqali yerdan unumli foydalanishga erishiladi va ishchi kuchining ortiqcha sarflanishi tejaladi. Har biri 60 gektardan 120 gektar maydonni sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilma suvni 50% ga tejaydi va yerning meliorativ holatini yaxshilaydi. Bu kabi innovatsion usulda ertagi kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali mahsulotning hosildorlik unumdorligini ikki barobarga oshirish mumkin. O‘tgan yili 25 tonna hosil olingan bo‘lsa, ushbu uskuna yordamida joriy yilda hosildorlikni 45-50 tonnaga yetkazish kutilmoqda.

#qishloq_xojaligi #yomgirlatib_sugorish #Bauer

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida o‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash tadbirlari haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda igna bargli daraxtlar va butalar respublikamizning yashil maydonlarida katta hududlarni egallashi, ushbu o‘simliklarning asosiy kushandasi «Archa unsimon» qurti hisoblanib hashorat archaning navda va barglariga o‘rnashib katta zarar yetkazishi va bu zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurashish tadbirlani olib borish maqsadida Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan karantin nazorat tadbirlari olib borilayotgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🪡Yetti xazinaning biri

#kun_fotosi #pilla
*****
🪡Одно из семи сокровищ

#фото_дня #кокон

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BEPUL BUG‘DOY TARQATILDI

🌾Azaldan mirishkor bobodehqonlarimiz yetishtirgan hosilning ma’lum bir qismini qo‘ni-qo‘shnilarga, o‘zlari istiqomat qiladigan mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan insonlarga ulashib kelgan. O‘zgalar holidan xabar olish, bemor insonlardan ko‘ngil so‘rash yurtdoshlarimizning asl fazilatlaridan biri. Xalqimizning bag‘rikengligi ham shunda mujassam. Bunday xayrli an’analar rizq-ro‘zimiz bo‘lgan galla hosili yig‘ib olinayotgan bugungi kunda ham amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning Farg‘ona viloyatida g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilda furqatlik g‘allakorlar 6450 gektar yer maydonida mahalliy iqlimga mos, tezpishar g‘alla navlarini yetishtirib, mo‘l hosil to‘plamoqdalar. Hududdagi aksariyat fermer xo‘jaliklari g‘alla topshirish shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajarishmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joiz, ilg‘or g‘allakorlar tomonidan yetishtirilgan hosildan kam taʼminlangan oilalarga moddiy ko‘mak berish kabi ezgu amalga ham qo‘l urildi. Fermer xo‘jaliklarining bu tashabbusini tuman hokimi Jahongir Jumanov ham qo‘llab-quvvatlab, bu ishda bosh-qosh bo‘lmoqda. Ushbu tashabbus doirasida shu kungacha tumandagi 204 ta kam taʼminlangan oilaga 40,8 tonna bug‘doy bepul tarqatildi.

G‘alla yig‘im-topshirish ishlari va bu kabi ezgu amallar davom etmoqda.

#galla #hosil #fermer_xojaliklari #bugdoy #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
KUNJUTNI QAYSI PAYTGACHA EKSA BO‘LADI, HOZIR EKSA HAM BO‘LADIMI? QANDAY EKISH KERAK?

🌱Respublikamizda kunjut urug‘ligi may oylarining oxiri va iyun oyining boshlarida tuproq iqlim sharoitiga qarab ekiladi.

🟢Janubiy hududlarda aprelning uchinchi o‘n kunligida;
🟢Markaziy hududlarda esa may oyi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida amalga oshiriladi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kunjut

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” - AGRAR SOHADAGI YANGI BILIMLAR IMKONIYATI

🔰Poytahtimizdagi Toshkent Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan Hayot fanlari festivali bo’lib o’tmoqda.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib berdi va ishtirokchilarini qutlab, “Hayot fanlari festivali”ni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xususida to‘xtalib o‘tdi.

Festival tarzida o‘tayotgan universitetning “ochiq eshiklar kuni” hayot haqidagi fanlar – tirik organizmlar va hayot jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yangicha formatdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

#festival #vazir #FAO #BMT #IAU #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
TUPROQ HAQIDA BESHTA FAKT

🟠Tuproqsiz hayot yo‘q. Va hayotsiz tuproq ham bo‘lmaydi.
Amerika tuproqshunoslari jamiyatiga ko‘ra, tuproq – bu foydali qazilmalar, havo, suv va tirik organizmlar yig‘indisi bo‘lib, ular qatlamlarda to‘planib, vaqt o‘tgan sayin zichlashib boraveradi. Tuproq bioxilma-xillikning eng yirik rezervuarlaridan biri bo‘lib, sayyoradagi hayotning qariyb uchdan bir qismini o‘zida jamlaydi! Bir qoshiq tuproq milliardlab mikroblar uchun vatan bo‘lishi mumkin.

🟠Tuproq – okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi uglerod omboridir.
Tuproq ulgerodning eng yirik manbai,
shuningdek, yirik ombori ham – unda quruqlikdagi uglerodning taqriban 75%i saqlanadi. Tuproqning uglerodni saqlashdek tabiiy qobiliyati iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashishda muhim ahamiyatga ega.

🟠Tuproq – sayyoradagi tabiiy suvlarning eng yirik filtri.
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, lekin dunyodagi butun toza suv ta'minoti tuproq tufayli ro‘y beradi – u har yili o‘n ming kubokilometrlab suvni filtrlab beradi. Qattiq yuzaga tushgan suv okeanga butun iflosliklarni olib borib tashlaydi. Tuproqqa tushgan suv esa, tabiiy filtratsiyadan o‘tadi.

🟠Tuproq – jahon oziq-ovqat xavfsizligining kafolati.
Oziq-ovqat bilan ta'minlash tuproqdan boshlanadi, chunki tuproq – biz yeyayotgan barcha narsaning manbasidir.

🟠Sog‘lom tuproq – sog‘lom odamlar.
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlardan tibbiyotda davolash uchun foydalanishlarini bilarmidingiz? Aslini olganda, infeksiyalarga qarshi kurashishda biz qo‘llaydigan barcha antibiotiklarning kelib chiqishi tuproqqa borib taqaladi. Aynan tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar insoniyatga streptomitsin va siklosporin kabi hayotiy muhim dori-darmonlar in'om etgan.

#bu_qiziq #tuproq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПЯТЬ ФАКТОВ О ПОЧВЕ

🟠Нет жизни без почвы и нет почвы без жизни.
Согласно обществу почвоведов Америки, почва определяется сочетанием полезных ископаемых, воздуха, воды и живых организмов, которые накапливаются в слоях и спрессовываются с течением времени. Ученые обнаружили, что почва является одним из наших крупнейших резервуаров биоразнообразия, содержащим почти треть всей жизни планеты! Чайная ложка почвы может быть домом для миллиардов микробов.

🟠Почва является вторым после океанов крупнейшим хранилищем углерода на планете.
Почва также является крупнейшим источником углерода,
и кроме того вместилищем приблизительно 75% углерода на суше. Естественная способность почвы сохранять углерод имеет важное значение для смягчения и адаптации к изменению климата.

🟠Почва — крупнейший фильтр природных вод планеты.
Это может показаться странным, но все снабжение чистой водой в мире происходит благодаря почве, которая фильтрует десятки тысяч кубических километров воды ежегодно. Вода, которая падает на поверхности с твердым покрытием, направляется прямо в океан, прихватив с собой все, чем загрязнена окружающая среда. Вода, которая попадает в землю, очищается природным процессом фильтрации.

🟠Почва гарантирует продовольственную безопасность мира.
Обеспечение продовольствием начинается с почвы, так как почва - это источник всего, что мы едим.

🟠Здоровая почва — здоровые люди.
Знаете ли Вы, что микроорганизмы, которые живут в почве, используются в медицине для лечения заболеваний? На самом деле, почти все антибиотики, которые помогают нам бороться с инфекциями, происходят из почвы. Эти организмы дали нам много жизненно необходимых лекарств, таких как антибиотик стрептомицин и препарат циклоспорин.

#это_интересно #почва #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 12-17-IYUN 2023-yil

🍅DAROMADINI OSHIRAYOTGAN TOMORQA EGALARI

🖋QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI QOZOG‘ISTONNING MAMLAKATIMIZDAGI ELCHIXONASIDA BO‘LDI

👨‍🎓YOSHLAR — QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI EʼTIBORIDA

🔰YANGI MAHSULOTLAR YETISHTIRISH O‘ZLASHTIRILMOQDA

🍓FARG‘ONADA JAHON BANKI ISHTIROKIDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA

🤝AGROSANOATDA KONSALTING SOHASIDA XALQARO TAJRIBA O‘RGANILDI

🐛"KUMUSH TOLA" MIRISHKORLARI PILLA XIRMONINI KO‘TARMOQDALAR

🔰HAYOT FANLARI FESTIVALI — AGRAR VA BIOLOGIYA FANLARI UYG‘UNLIGI

👥AGRAR SOHA FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA–TADBIRLARI BELGILAB OLINDI

👥O‘QUV–SEMINAR AMALIYOT BILAN UYG‘UNLIKDA O‘TKAZILDI


💧ZAMONAVIY USKUNALAR — FERMERLARGA KO‘MAKCHI

🔰HAYOT FANLARI FESTIVALI — AGRAR SOHADAGI YANGI BILIMLAR IMKONIYATI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🌾Mo‘l hosil zahmati

#kun_fotosi #sholikorlik
*****
👨‍🌾Трудности обильного урожая

#фото_дня #рисоводство

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan joriy yilning 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘ldi.

Tashrif davomida Tehron shahridagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

#Prezident #tashrif #Eron #hujjatlar #uchrashuv

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram