QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.5K photos
2.69K videos
7 files
9.36K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAYOT FANLARI FESTIVALI – AGRAR VA BIOLOGIYA FANLARI UYG‘UNLIGI

🔰Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali” ish boshladi.

Tadbirni ochar ekan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tadbir ishtirokchilarini qutlab, respublika agrar sohasi oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.

Tadbirning birinchi kunida “Yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasida robotlar va avtomatlashtirilgan mashinalar, zamonaviy qurilmalar va yangi texnologiyalar, shuningdek laboratoriya tajribalari taqdim etildi. “Sifatli ta'lim va muvaffaqiyatli martaba” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, unda abiturientlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining faoliyati hamda xorijdagi o‘quv kurslari uchun ariza taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishdilar, karera bo‘yicha maslahatlar oldilar.

#festival #vazir #FAO #BMT #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat
*****
ФЕСТИВАЛЬ НАУК О ЖИЗНИ - ВЗАИМОДОПОЛНЕНИЕ АГРАРНЫХ И БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК

🔰Сегодня в Международном сельскохозяйственном университете стартовал «Фестиваль наук о жизни».

Открывая мероприятие, министр сельского хозяйства Азиз Воитов поприветствовал участников и остановился на задачах, стоящих перед сегодняшним агропромышленным комплексом республики.

В первый день мероприятия на выставке «Инновации для лучшей жизни» были представлены роботы и автоматизированные машины, современные приборы и новые технологии, а также лабораторные эксперименты. Помимо этого, была организована ярмарка вакансий «Качественное образование и успешная карьера», где абитуриенты ознакомились с деятельностью Международного сельскохозяйственного университета и порядком подачи заявлений на обучение на курсах за рубежом, а также получили консультации для карьерного роста.

#фестиваль #министр #ФАО #ООН #инновация #ярмарка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YOSH OLIMLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

📚Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda iqtidorli yosh doktorantlardan tashkil topgan 5 ta guruh o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollarga belgilangan vaqt ichida aniq javoblar berishga harakat qildilar.

Bellashuv yakuni bo‘yicha Abdurahmon Rasuljonov sardorligidagi 1-guruh jamoasi 1-o’rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #zakovat #yoshlar_kuni #agrar_soha_yoshlari
*****
СРЕДИ ЮНЫХ УЧЁНЫХ ПРОШЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ»

📚В научно-исследовательском институте механизации сельского хозяйства прошла интеллектуальная игра «Заковат».

В находчивости и интеллектуальном развитии соревновались пять групп талантливых молодых докторантов. Участники старались давать точные ответы на поставленные жюри вопросы в отведенное время.

По итогам соревнований команда 1-й группы под руководством Абдурахмана Расулджанова заняла 1-е место и была награждена грамотой и призами от организаторов.

#НИИ #заковат #день_молодёжи #молодежь_аграрной_сферы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ YOSHLARI SURXONDARYODA JAM BO‘LISHDI

👥Boysun. Temir yo‘l vokzali. Bir tomonda karnay surnay sadosi, bir tomonda chanqovuzning kishini bepoyon kengliklar sari chorlovchi mayin ovozi yangramoqda. Milliy kiyinib olgan jajji bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan raqs kishi ko‘zini quvnatadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari hozirgina kelib to‘xtagan poezddan tushib kelmoqda.

Viqorli tog‘lar, daraga tarovati taralgan gullar, pishqirib oqayotgan daryo. Forum ishtirokchilari Darband darasi tomon avtobuslarda borarkan yurtimizning betakror go‘zalligi o‘z nashidasini kuylayotgandek bo‘ladi. Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili so‘lim maskan “Xo‘jaimayxon ota” bo‘ldi.

Ushbu ziyoratgoh o‘zining bulog‘i bilan mashhur. Buloqdan bir soniyada bir necha kub metr suv yer ostidan qaynab chiqadi. Muzdek, tanga rohat beruvchi suv Boysun hamda Sherobod tumanlarini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

#Yoshlar_forumi #Yoshlar_kuni #forum #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY USKUNALAR — FERMERLARGA KO‘MAKCHI

💧Zamin o‘zining cheksiz imkoniyatlari bilan insoniyatni doim hayratlantirib, ruhlantirib kelgan. Ayniqsa, ekin ekishga yaroqsiz, tashlandiq yerni o‘zlashtirib, obod ekinzorga aylantirish insonning yerga bo‘lgan mehr-muhabbatidan, qo‘li gulligidan darak beradi.

Suvni tejash va yerdan unumli foydalanish maqsadida bu yerda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi. Buning uchun Avstriyadan keltirilgan “Bauer” yomg‘irlatib sug‘orish uskunasi o‘rnatildi. Hozirga kunda ushbu uskuna yordamida kartoshkani sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu tarzda sug‘orishning afzalligi shundaki, u suv va mineral o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekinning ildiziga yetib borishini taʼminlaydi. Shuningdek, suvni tejash orqali yerdan unumli foydalanishga erishiladi va ishchi kuchining ortiqcha sarflanishi tejaladi. Har biri 60 gektardan 120 gektar maydonni sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilma suvni 50% ga tejaydi va yerning meliorativ holatini yaxshilaydi. Bu kabi innovatsion usulda ertagi kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali mahsulotning hosildorlik unumdorligini ikki barobarga oshirish mumkin. O‘tgan yili 25 tonna hosil olingan bo‘lsa, ushbu uskuna yordamida joriy yilda hosildorlikni 45-50 tonnaga yetkazish kutilmoqda.

#qishloq_xojaligi #yomgirlatib_sugorish #Bauer

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida o‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash tadbirlari haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda igna bargli daraxtlar va butalar respublikamizning yashil maydonlarida katta hududlarni egallashi, ushbu o‘simliklarning asosiy kushandasi «Archa unsimon» qurti hisoblanib hashorat archaning navda va barglariga o‘rnashib katta zarar yetkazishi va bu zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurashish tadbirlani olib borish maqsadida Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan karantin nazorat tadbirlari olib borilayotgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🪡Yetti xazinaning biri

#kun_fotosi #pilla
*****
🪡Одно из семи сокровищ

#фото_дня #кокон

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BEPUL BUG‘DOY TARQATILDI

🌾Azaldan mirishkor bobodehqonlarimiz yetishtirgan hosilning ma’lum bir qismini qo‘ni-qo‘shnilarga, o‘zlari istiqomat qiladigan mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan insonlarga ulashib kelgan. O‘zgalar holidan xabar olish, bemor insonlardan ko‘ngil so‘rash yurtdoshlarimizning asl fazilatlaridan biri. Xalqimizning bag‘rikengligi ham shunda mujassam. Bunday xayrli an’analar rizq-ro‘zimiz bo‘lgan galla hosili yig‘ib olinayotgan bugungi kunda ham amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning Farg‘ona viloyatida g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilda furqatlik g‘allakorlar 6450 gektar yer maydonida mahalliy iqlimga mos, tezpishar g‘alla navlarini yetishtirib, mo‘l hosil to‘plamoqdalar. Hududdagi aksariyat fermer xo‘jaliklari g‘alla topshirish shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajarishmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joiz, ilg‘or g‘allakorlar tomonidan yetishtirilgan hosildan kam taʼminlangan oilalarga moddiy ko‘mak berish kabi ezgu amalga ham qo‘l urildi. Fermer xo‘jaliklarining bu tashabbusini tuman hokimi Jahongir Jumanov ham qo‘llab-quvvatlab, bu ishda bosh-qosh bo‘lmoqda. Ushbu tashabbus doirasida shu kungacha tumandagi 204 ta kam taʼminlangan oilaga 40,8 tonna bug‘doy bepul tarqatildi.

G‘alla yig‘im-topshirish ishlari va bu kabi ezgu amallar davom etmoqda.

#galla #hosil #fermer_xojaliklari #bugdoy #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram