QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YANGI MAHSULOTLAR YETISHTIRISH O‘ZLASHTIRILMOQDA

🔰13-iyun kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “AGRO IMPEX GOLD” xususiy korxonasiga qarashli issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur issiqxona 2019-yilda barpo etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Issiqxonaning 4 gektar maydoniga pomidor ekilgan bo‘lsa, qolgan 10 gektar maydon golubika uchun ajratilgan.
*****
ОСВАИВАЕТСЯ ПРОИЗВОДСТВО НОВЫХ ВИДОВ ПРОДУКЦИИ

🔰
13 июня министр сельского хозяйства Азиз Воитов ознакомился с работой тепличного хозяйства частного предприятия «AGRO IMPEX GOLD», расположенного в Ташкентском районе Ташкентской области.

Руководитель министерства интересовался эффективностью оборудования в теплице, которая была оснащена по голландской технологии. Помимо этого, большое внимание было уделено показателям урожайности голубики, высаженной на площади 10 гектаров. Сама теплица была возведена в 2019 году. Общая стоимость проекта составляла 4,5 миллиона долларов США.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashriif #golubika #pomidor #yetishtirish #eksport #issiqxona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONADA JAHON BANKI ISHTIROKIDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA

🍓Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “Dolina Stroy” MCHJga ham 2019-yilda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 600 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bu yerda hozirda doimiy 14 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu issiqxonada bir yilda 50 tonnagacha hosil yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

#qishloq_xojaligi #Jahon_banki #Oziq_ovqat #kredit #issiqxona #qulupnay #gidroponika

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoji” fermer xo‘jaligi mamlakatimizda suv tejamkorligini oshirishga qaratilgan  tashabbusni birinchilardan bo‘lib qabul qilgani, tumandagi 1200 gektar dala maydonini bosqichma-bosqich suvning ortiqcha sarfini kamaytiruvchi ilg‘or texnologiyalarga o‘tkazayotgani haqida so‘z yuritiladi.

#repost #Ozbekiston_24 #suv_tejovchi_texnologiyalar #fermer_xojaligi #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​QISHLOQ XO‘JALIGINING QAYSI SOHASIDA FAOLIYAT YURITASIZ? #sorov #faoliyat»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONANING ZAMONAVIY STANDARTLARGA MOS MEVALARI JAHON BOZORIGA CHIQARILMOQDA

🍒Zamonaviy bozor talabi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportini kengaytirishda zamonaviy logistika markazlari, issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar qurishni ham taqozo qilmoqda.

Buni Fag‘onadagi “Uz-Segang” qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatida ham ko‘rish mumkin. Korxona Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida joylashgan bo‘lib, faoliyatini 2018-yilda boshlagan. Ushbu kompaniyaning asosiy faoliyati qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saralash, qadoqlash, saqlash va xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan iborat.

“Uz-Segang” qo‘shma korxonasi yiliga 16 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish quvvatiga ega.

#qishloq_xojaligi #qayta_ishlash #Uz_Segang #Fargona
*****
ФЕРГАНСКИЕ ФРУКТЫ ПОСТАВЛЯЮТСЯ НА МИРОВОЙ РЫНОК В СООТВЕТСТВИИ С МЕЖДУНАРОДНЫМИ СТАНДАРТАМИ

🍒Современная рыночная конъюнктура помимо качества продукции, также требует строительства современных логистических центров, теплиц
и холодильных камер и другой необходимой инфраструктуры.

Все эти аспекты присутствуют в деятельности сельскохозяйственного предприятия «Уз-Сеганг» в Фергане. Оно расположено в областном центре и начало функционировать в 2018 году. Основные направления: выращивание, сортировка, упаковка, хранение и экспорт сельскохозяйственной продукции в зарубежные страны.

Совместное предприятие «Уз-Сеганг» имеет возможность перерабатывать и экспортировать 16 тысяч тонн сельхозпродукции в год.

#сельское_хозяйцство #переработка #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
AGROSANOATDA KONSALTING SOHASIDA XALQARO TAJRIBA O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “McKinsey” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari, vazirlik mutasaddi xodimlari qatnashdi, kompaniyaning xorijdagi xalqaro ekspertlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Seminarda “McKinsey” tomonidan O‘zbekistondagi agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting faoliyatini yuritish borasida taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik alaoqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #seminar #video_konferensiya #taqdimot #subsidiya #raqamlashtirish #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ИЗУЧЕН МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ В СФЕРЕ КОНСАЛТИНГА В АГРОПРОМЫШЛЕННОМ КОМПЛЕКСЕ

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан прошёл совместный с компанией «McKinsey» семинар на тему расширения консалтинга в приоритетных направлениях развития агропромышленного комплекса Узбекистана.

В мероприятии приняли участие министр сельского хозяйства Азиз Воитов, специалисты международной компании, сотрудники министерства, а эксперты компании за рубежом участвовали онлайн через платформу ZOOM. В ходе семинара состоялась презентация проектов компании «МcKinsey» по организации консалтинговой деятельности в наиболее значимых направлениях развития агропромышленного комплекса республики.

По результатам дискуссии, полной вопросов и ответов, была достигнута договоренность об укреплении кооперационных отношений в развитии сферы. Следует отметить, что данная встреча стала логическим продолжением мероприятия, организованного совместно с представителями международной консалтинговой компании «McKinsey&Company» по вопросам взаимного сотрудничества по совершенствованию стратегии развития агропромышленного комплекса и ускорению трансформационных процессов в сфере.

#международное_сотрудничество #министр #семинар #видеоконференция #презентация #субсидия #цифровизация #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYOLIK G‘ALLAKORLAR MAMLAKATIMIZDA BIRINCHI BO‘LISHDI

🌾89,3 ming gektar
maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlagan surxondaryolik g‘allakorlar shu kungacha qabul punktlariga 209 ming 185 tonna sara don topshirib, shartnomaviy rejani 101,1 foizga bajardilar.

Jumladan, Angor, Termiz, Denov, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi bir qator fermer xo‘jaliklari 95-100 sentnerdan hosil olib, viloyat xirmoniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

Viloyat g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, klasterlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligi samarasidir.

Joriy yilda Surxondaryo g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 76,6 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 695 ming 500 tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda. Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

#G'alla #Surxondaryo #o'rim_yig'im #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram