QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
MINTAQADA EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI TAHLIL QILINDI

🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir Xo‘jayli tumanidagi sholi ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Aytish mumkinki, sholi aynan ball boniteti to‘g‘ri keladigan yerlarga ekilishi maqsadga muvofiqdir.

Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy issiqxona majmuasi bilan tanishuvni davom ettirdi. 10 gektar yer maydonidagi issiqxonada gidroponika usulida tashqi bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Aynan mana shu kunlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari parvarishiga juda katta e’tibor qaratiladigan oy desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Issiqning boshlanishi barcha ekin turlaridan yuqori hosil olish uchun har tomonlama maqbul yetishtirish uslubiyatiga o‘tishni talab qiladi. Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif lokatsiyasi – Kegeyli tumanidagi paxta dalasida bunga e’tibor bilan yondashildi.

#vazir #tashrif #klaster #issiqxona #sholi #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GILOS BOGʻLARIDA MEVALARNI TERISH JARAYONLARI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

🍒Gilos yetishtirish 10 ming yillik tarixga ega. Atirgullilar oilasiga mansub bu danakli meva daraxti jahonning koʻplab mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham qadim zamonlardan ekib kelinadi. Gilos yuz yilgacha yashaydi va har bir tupi 300 kilogramgacha hosil beradi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati 12,4 ming tonna gilos bilan respublikada yetakchi bo‘lgan.

👉Batafsil

#gilos #hosil #fermer_xojaligi #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ПРОЦЕСС СБОРА ЯГОД В ЧЕРЕШНЕВЫХ САДАХ ПРОДОЛЖАЕТСЯ

🍒История ее выращивания насчитывает 10 тысяч лет. Это плодовое дерево, относящееся к семейству розовых, издревле культивируется во многих странах мира, в том числе и в Узбекистане. Черешня может жить до ста лет, а каждый её куст дает до 300 килограммов урожая.

По данным Госкомстата, среди регионов, экспортировавших черешню в страны дальнего зарубежья в январе-июне 2022 года, лидировала Ферганская область с 12,4 тысячами тонн.

👉Подробнее

#черешня #урожай #фермерское_хозяйство #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" dasturida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida eksport salohiyatining jadal ortayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda gilosning ko‘plab navlari yetishtiriladigan Farg‘ona viloyati va uning eksport imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Viloyatdagi adirliklarning dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zlashtirilishi va bog‘larga aylantirilayotgani eksport salohiyatining yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shayotgani ham keltirilgan.

Lavhadan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida qiymati 4 mln dollarga yaqin miqdordagi qariyb 5 ming tonna gilos mahsuloti qo‘shni davlatlarga hamda Belorussiya va Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgani va bu ko‘rsatkich yanada oshishi haqida bilib olishingiz mumkin.

#repost #Yoshlar #yangi_davr #gilos #hosil #eksport #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI HAMKORLIK

👥Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatlarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepma, loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tomonidan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshiriliayotgan islohotlarga ko‘mak tariqasida taqdim etilayotgan 27 million yevro miqdoridagi grant mablag‘lari va uni maqsadli yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Iqtisodiyot_va_moliya_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi #grant #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INNOVATSIYA, STARTAP VA YANGILANISHLAR OG‘USHIDAGI QORAQALPOG‘ISTON

🔰Qoraqalpoq zamini tarixan qishloq xo‘jaligi uchun maqbul hudud sifatida qayd etilgan. Ayni davrda ham shunday. Mintaqa uchun o‘ziga xos agrar tarmoq yo‘nalishlari bor. Bu paxtachilik, don-dukkakli o‘simliklar, sholichilik, chorvachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik.

Mazkur ko‘rsatkichlar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazgan amaliy uchrashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Nukus tumani “Biogumus farm” startapini olib ko‘raylik. 60 gektar yerga pomidorning Italiyadan olib kelingan “Sanmarsano” navi ekilgan.

Organika yetishtirish uslubiga xos navlar 30 gektarga joylangan. Usuli shunday. Kasallikka va tuproq sho‘rlanishiga chidamli. Har tupidan 280 kilogrammga qadar meva beradi, qoyilmisiz? Hosili uzunchoq, bizni bozorlarda ko‘zga tashlanmaydigan nav. Ko‘zimiz o‘rganmagan-da. Ammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan xaridor bisyor. Yillik eksport 310 ming dollar. Loyiha qiymati – 3,07 mlrd so‘m. Korxonada 90 ta doimiy, mavsumda qo‘shimcha 110 nafar ishchi mehnat bilan ta'minlangan. Hali bu hammasi emas. Uning biznes rejalari bor. Pomidorga yog‘ aralashmasida ishlov berib, qo‘shimcha qiymat yaratish niyatida. Shunda 1 dollarlik mahsulot, tayyor 7-10 dollarlik qiymat hosil qiluvchi mahsulotga aylanadi.

#vazir #tashrif #klaster #startap #sholichilik #chorvachilik #baliqchilik #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“DOLZARB O‘TTIZ KUNLIK BIOHIMOYA” TADBIRI BOSHLANDI

🪲Inson o‘zini xavfsiz va himoyalangan his qilsagina, uning ishida unum, baraka bo‘ladi. Bizning xavfsizligimiz esa nafaqat huquqiy jihatdan kafolatlanganligiga, balki biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar, nafas olayotganimiz – toza havo va bizni qurshab turgan tabiatning sofligiga ham bog‘liq.

Ushbu mezonni bir maromda saqlab turish maqsadida esa qishloq xo‘jaligi sohasida ham bir qator himoya chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Tabiatda biofonni boyitish va zararli organizmlar keng tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab 2023-yil 29-maydan 28-iyunga qadar “Dolzarb o‘ttiz kunlik biohimoya” tadbiri e‘lon qilindi.

G‘o‘za maydonlarida trixogrammaning zamonaviy texnologiya uskunalarida tarqatish ishlari ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ushbu oylik doirasida mevali bog‘, poliz, issliqxona, dukkakli va boshqa ekinlarda uchraydigan zararkunandalarga qarshi oltinko‘z va brakon entomofaglarining gektariga 2000-3000 donadan 3 marotaba tarqatilishini ta‘minlash hamda dala va issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va sitrus ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi biologik kurashda ularning zichligiga qarab, gektariga 3000-5000 donadan oltinko‘z entomofaglarini tarqatish ham rejalashtirilgan.

#qishloq_xojaligi #entomofag #oltinkoz #zararkunanda #biologik_kurash #trixogramma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari va hukumat vakillari kutib olishdi. Ikki davlat yetakchilari shohsupaga ko‘tarilgach, mamlakatlar madhiyalari yangradi.

Samarqand shahridagi Kongress markazida davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarning hamkorlikdagi muzokalari bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram