QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QORAQALPOG‘ISTONNING AGRAR SOHADAGI IMKONIYATLARI O‘RGANILMOQDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish, joylarda amalga oshirilayotgan loyihalarning izchilligini ta’minlash maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Dastavval vazir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi – AKISning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiali uchun foydalanishga taklif etilgan binosi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Xo‘jayli tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi “Mild Asia tekstile” MChJning 45,8 gektar yer maydoniga paxta ekilgan. 90 gektar yerga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.

Mazkur klasterning hududiga yondosh 8 gektar yer maydonida yangi intensiv bog‘ barpo qilish rejasi aynan shu yerda ma’lum qilindi. Yangi loyiha muhokamasi chog‘ida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladigan bog‘ning Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos bo‘lishi nuqtai-nazaridan fikrlar bildirildi.

#vazir #tashrif #AKIS #intensiv_bog #paxta #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 29-MAY 3-IYUN 2023

🚜ISH QUROLING SOZ BO‘LSA, MASHAQQATING OZ BO‘LUR

🤝BUYUK BRITANIYA DELEGATSIYASI BILAN MEVA-SABZAVOT EKSPORTI MUHOKAMA ETILDI

🍉POLIZ MAHSULOTLARI EKSPORTI DAVOM ETMOQDA

🐛PILLACHILIK: KICHIK QURTDAN BETAKROR PILLAGACHA

🤝MISR DELEGATSIYASI BILAN QAND LAVLAGI YETISHTIRISH BORASIDAGI HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI

🥔KARTOSHKA URUG‘CHILIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA YANGI HAMKORLIK

🫑MEHNATI BILAN “TEMIR DAFTAR”DAN CHIQQAN AYOL

🤝ERON BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG KO‘LAMLI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI

🌾SIRDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🧄YANGI SABZAVOT EKINLARINING SELEKSIYASI AVJ PALLADA

🤝QO‘SHMA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🇮🇹QISHLOQ XO‘JALIGI MUTASADDILARI ITALIYADA BO‘LDILAR

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥗Pishiqchilik

#kun_fotosi #pishiqchilik

*****
🥗Пора созревания

#фото_дня #созревание

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🌕To‘lin oy: 5-iyun
🌖Tugayotgan oy: 6-iyundan 11-iyungacha

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-3-2-2-2-2-2).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida ekstremal (11 ball) darajada bo‘ladi, juma kuni 12 ball bo‘lishi kutilmoqda

🔤Havoning namligi: 5-iyun – 21%; 6-iyun – 18%; 7-iyun – 17%; 8-iyun – 17%; 9-iyun – 19%; 10-iyun – 24%; 11-iyun – 24%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:

⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-25°, kunduzi 30-42° bo’ladi.

Respublikaning togʻoldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:

📝Bu haftada dehqon va fermer xo‘jaliklari sabzavot, poliz va kartoshka ekilgan maydonlarda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini olib borishi, shuningdek, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va chopiq, kultivatsiya ishlarini amalga oshirish lozim.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MINTAQADA EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI TAHLIL QILINDI

🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir Xo‘jayli tumanidagi sholi ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Aytish mumkinki, sholi aynan ball boniteti to‘g‘ri keladigan yerlarga ekilishi maqsadga muvofiqdir.

Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy issiqxona majmuasi bilan tanishuvni davom ettirdi. 10 gektar yer maydonidagi issiqxonada gidroponika usulida tashqi bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Aynan mana shu kunlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari parvarishiga juda katta e’tibor qaratiladigan oy desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Issiqning boshlanishi barcha ekin turlaridan yuqori hosil olish uchun har tomonlama maqbul yetishtirish uslubiyatiga o‘tishni talab qiladi. Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif lokatsiyasi – Kegeyli tumanidagi paxta dalasida bunga e’tibor bilan yondashildi.

#vazir #tashrif #klaster #issiqxona #sholi #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GILOS BOGʻLARIDA MEVALARNI TERISH JARAYONLARI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

🍒Gilos yetishtirish 10 ming yillik tarixga ega. Atirgullilar oilasiga mansub bu danakli meva daraxti jahonning koʻplab mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham qadim zamonlardan ekib kelinadi. Gilos yuz yilgacha yashaydi va har bir tupi 300 kilogramgacha hosil beradi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati 12,4 ming tonna gilos bilan respublikada yetakchi bo‘lgan.

👉Batafsil

#gilos #hosil #fermer_xojaligi #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ПРОЦЕСС СБОРА ЯГОД В ЧЕРЕШНЕВЫХ САДАХ ПРОДОЛЖАЕТСЯ

🍒История ее выращивания насчитывает 10 тысяч лет. Это плодовое дерево, относящееся к семейству розовых, издревле культивируется во многих странах мира, в том числе и в Узбекистане. Черешня может жить до ста лет, а каждый её куст дает до 300 килограммов урожая.

По данным Госкомстата, среди регионов, экспортировавших черешню в страны дальнего зарубежья в январе-июне 2022 года, лидировала Ферганская область с 12,4 тысячами тонн.

👉Подробнее

#черешня #урожай #фермерское_хозяйство #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" dasturida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida eksport salohiyatining jadal ortayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda gilosning ko‘plab navlari yetishtiriladigan Farg‘ona viloyati va uning eksport imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Viloyatdagi adirliklarning dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zlashtirilishi va bog‘larga aylantirilayotgani eksport salohiyatining yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shayotgani ham keltirilgan.

Lavhadan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida qiymati 4 mln dollarga yaqin miqdordagi qariyb 5 ming tonna gilos mahsuloti qo‘shni davlatlarga hamda Belorussiya va Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgani va bu ko‘rsatkich yanada oshishi haqida bilib olishingiz mumkin.

#repost #Yoshlar #yangi_davr #gilos #hosil #eksport #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI HAMKORLIK

👥Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatlarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepma, loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tomonidan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshiriliayotgan islohotlarga ko‘mak tariqasida taqdim etilayotgan 27 million yevro miqdoridagi grant mablag‘lari va uni maqsadli yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Iqtisodiyot_va_moliya_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi #grant #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INNOVATSIYA, STARTAP VA YANGILANISHLAR OG‘USHIDAGI QORAQALPOG‘ISTON

🔰Qoraqalpoq zamini tarixan qishloq xo‘jaligi uchun maqbul hudud sifatida qayd etilgan. Ayni davrda ham shunday. Mintaqa uchun o‘ziga xos agrar tarmoq yo‘nalishlari bor. Bu paxtachilik, don-dukkakli o‘simliklar, sholichilik, chorvachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik.

Mazkur ko‘rsatkichlar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazgan amaliy uchrashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Nukus tumani “Biogumus farm” startapini olib ko‘raylik. 60 gektar yerga pomidorning Italiyadan olib kelingan “Sanmarsano” navi ekilgan.

Organika yetishtirish uslubiga xos navlar 30 gektarga joylangan. Usuli shunday. Kasallikka va tuproq sho‘rlanishiga chidamli. Har tupidan 280 kilogrammga qadar meva beradi, qoyilmisiz? Hosili uzunchoq, bizni bozorlarda ko‘zga tashlanmaydigan nav. Ko‘zimiz o‘rganmagan-da. Ammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan xaridor bisyor. Yillik eksport 310 ming dollar. Loyiha qiymati – 3,07 mlrd so‘m. Korxonada 90 ta doimiy, mavsumda qo‘shimcha 110 nafar ishchi mehnat bilan ta'minlangan. Hali bu hammasi emas. Uning biznes rejalari bor. Pomidorga yog‘ aralashmasida ishlov berib, qo‘shimcha qiymat yaratish niyatida. Shunda 1 dollarlik mahsulot, tayyor 7-10 dollarlik qiymat hosil qiluvchi mahsulotga aylanadi.

#vazir #tashrif #klaster #startap #sholichilik #chorvachilik #baliqchilik #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram