QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekistonda 2022-yilda qaysi meva-sabzavot turi eksportda eng katta ulushga ega bo‘lgani haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 111 kishi ishtirok etdi. Ulardan 38 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – 2022-yilda eksportdagi meva-sabzavotlar ichida eng katta ulush uzum/mayizga tegishli bo‘lgan.

📈Eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushga ega meva-sabzavotlar:
uzum (mayizni qo‘shgan holda) 24,7%;
mosh — 8,2%;
shaftoli — 6,0%;
pomidor — 5,1%;
xurmo — 4,6%;

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #meva_sabzavot #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мы проводили опрос, в ходе которого спрашивали: какой вид фруктов и овощей имел самую большую долю в экспорте в 2022 году?

Всего в голосовании приняли участие 111 человек. Из них 38 человек ответили верно – в 2022 году больше всего было отправлено на экспорт винограда (изюма).

📈Фрукты и овощи, с самыми высокими показателями объемов экспорта в 2022 году:
виноград (вместе с изюмом) 24,7%;
маш — 8,2%;
персик — 6,0%;
томаты — 5,1%;
хурма — 4,6%.

👥Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или же удостовериться, что вы хорошо знакомы с тенденциями развития сельского хозяйства.

#опрос #фрукты_овощи #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQA YER EGALARIGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR BISYOR

🌱Bugun mamlakatimizda yerga mehr bergan mehnatkash dehqonga, xususan tomorqa yer egalariga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hududlarda tashkil etilgan tomorqa xo‘jaliklari kichikroq maydondagi yerdan ham topayotgan daromadlari evaziga nafaqat o‘z oilalarining, balki xalqimizning ham dasturxonini to‘kin qilishga, aholi bandligini taʼminlashga erishmoqda.

Zahmatkash dehqonlar maskani Andijonda ham 563 ming 992 ta xonadonda 25 ming 575 gektarli tomorqa yerlari mavjud. Jumladan, 11,6 ming gektar maydonlarga ertagi ekinlar, 18,5 ming gektarga takroriy va 20,3 ming gektarga to‘qsonbosti ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l tomorqa xizmatlari” va Asaka tumanidagi “Obod diyor tomorqa xizmati” MChJlar negizida klaster korxonalari faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi.

#qishloq_xojaligi #dehqon #fermer #ertagi_ekinlar #toqsonbosti_ekinlar #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERON BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG KO‘LAMLI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida Eron sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Sayid Mahdiy Niyoziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni ochar ekan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganligini ta'kidladi.

Eron delegatsiyasi O‘zbekiston tomonining takliflarini qizg‘in qabul qildi, ular o‘zlari oldinga surmoqchi bo‘lgan takliflar bilan uyg‘un ekanligidan mamnuniyat bildirdi. Chunonchi, eronlik mehmonlar Buxoroda issiqxonalar qurilishi, biotexnologiya va innovatsiyalar bilan almashish, kuchli bosimga chidamli quvurlar yetkazish va ishlab chiqarish, o‘simlik karantini, O‘zbekistonda za'faron ishlab chiqarib, Eronga eksport qilish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #qishloq_xojaligi #delegatsiya #Ozbekiston #Eron

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEHNATI BILAN “TEMIR DAFTAR”DAN CHIQQAN AYOL

🫑Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani “Poloson” qishlog‘i aholisi tomorqadan samarali va unumli foydalanib kelayotgan mirishkorlardan sanaladi. Ular qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga va mo‘maygina hosil olishga erishishmoqda. Jumladan, polosonlik Tursunoyxon Alimqulova ham yerga bo‘lgan mehri va mehnati ortidan issiqxona barpo etib, qovun, bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yetishtirdi.

Oila a’zolarining tinimsiz mehnatlari o‘z mevasini berdi. O‘tgan yilgi daromad yomon bo‘lmadi: xonadonda chorva mollari soni ortdi. Uch yil oldin “Temir daftar”ga kiritilgan Tursunoyxon opa ishning ko‘zini bilishi, mehnatdan bo‘yin tovlamasligi tufayli ushbu daftardan chiqib ketgan yurtdoshlarimizdan biridir.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #qovun #bulgor_qalampiri #hosil #temir_daftar
*****
ЖЕНЩИНА, КОТОРАЯ БЛАГОДАРЯ СВОЕМУ ДЕЛУ ВЫШЛА ИЗ СПИСКА «ЖЕЛЕЗНОЙ ТЕТРАДИ»

🍈Жители села Полосон Алтыарыкского района Ферганской по праву считаются опытными земледельцами, эффективно и продуктивно использующими свои подсобные хозяйства. Они прекрасно возделывают свои угодья и получают хороший урожай. Например, Турсунойхон Алимкулова благодаря своей любви к земле и трудолюбию построила теплицу и вырастила рассаду дынь и болгарского перца.

Турсунойхон опа, три года назад включённая в реестр, нуждающихся в социальной поддержке, одна из тех, кто сумел благодаря своим стараниям и упорству покинуть список в «Железной тетради».

#сельское_хозяйство #теплицы #дыня #болгарский_перец #урожай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YERLAR DEGRADATSIYASI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

💧Bugun respublikamizda yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham aynan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, yagona makonda shakllantirish va foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumki, respublikamizda mavjud yerlar degradatsiya tadbirlari monitoringini yuritish, baholash va zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Yer degradatsiyasi” geoportalining dastlabki tahriri ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ma‘sul vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokidagi tadbirda esa “Yer degradatsiyasi” geoportalini takomillashtirishda fazoviiy ma‘lumotlarni shakllantirish, uning tuzilmasi, idoralararo ma‘lumot uzatish, hisobot shakllari va boshqa masalalarga e‘tibor qaratildi.

Shuningdek, tegishli texnik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va idoralarda shakllanayotgan ma‘lumotlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha ham o‘zaro kelishib olindi.

#Yer_degradatsiyasi #geoportal #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar” telekanalining informatsion dasturida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agronomlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda o‘quv kursi tinlovchilari poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘lishgani va xorijlik professor o‘qituvchilar tomonida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etiishgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Yoshlar #fermer_xojaligi #dehqon_xojaligi #agronom #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi.

Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi?

#sorovnoma #meva #pishiqchilik
В нашем краю созрели фрукты.

Какие фрукты вы предпочитаете?

#опрос #фрукты #созревание
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi. Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi? #sorovnoma #meva #pishiqchilik»
SIRDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🌾Kuni kecha sirdaryoliklar ham g‘alla o‘rimiga kirishdilar. Viloyatning Boyovut, Xovos, Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin, Guliston va Sirdaryo tumanlarida 2023-yilgi hosilini nes-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlariga start berildi.

Joriy yilda sirdaryoliklar 73 ming gektar maydonda boshoqli don parvarishlab, undan 540 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan. O‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 280 dan ziyod yuqori unumli don o‘rish kombaynlari va 843 ta tashish texnikalari jalb qilindi.

O‘rim mavsumi arafasida bevosita joylarda rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni qisqa muddatlarda, nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga oid seminarlar tashkil qilingani mavsumni ko‘tarinki ruhda va samarali o‘tkazishga zamin yaratdi, deydi mutaxassislar.

Darhaqiqat, Sirdaryodagi klasterlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo‘lgan boshqa mutasaddilar o‘z oldida turgan vazifalarni chuqur his qilgan holda, yig‘im-terim ishini uyushqoqlik bilan boshladilar.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Sirdaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram