QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BUYUK BRITANIYA DELEGATSIYASI BILAN MEVA-SABZAVOT EKSPORTI MUHOKAMA ETILDI

🤝Buyuk Britaniya Qirollik kolleji tinglovchilarining kontradmiral S. Deynton boshchiligidagi delegatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi.

Vazirlikda o‘tgan suhbatning asosiy mavzusi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatimiz agrar tizimida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etishga bag‘ishlandi. Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan suv tejovchi texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi doirasida reja va strategiyalar va eksport salohiyatini oshirish borasida fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Buyuk_Britaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
POLIZ MAHSULOTLARI EKSPORTI DAVOM ETMOQDA

🍉Bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga xorijda o‘ziga xos talab shakllanib ulgurdi. Yangi bozorlarda esa ayni mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Surxon zaminining qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan tanishuvini davom ettirdi. Sohadagi rivoj va taraqqiyot omillariga diqqatini qaratdi.

Termiz tumani misolida fikrimiz davom etadi. Tadbirkor Azamat Musurmonov umumiy maydoni 7 gektarlik yerni ijaraga olib, tarvuz va qovun urug‘larini qadagan. 5 gektar yerga ekilgan “Dolbi” navli tarvuz 70 kunda pishib yetilgan. Gektaridan 50 tonnaga yaqin hosil olish mo‘ljali bor. Shunday chiqayapti ham. 1 ta ko‘chat o‘rtacha 18-20 kilogramm mahsulot bermoqda. Bozordagi narxdan hisob-kitob qilsak, gektaridan 500 million so‘mga yaqin daromad ko‘rish mumkin.

#vazir #tashrif #tarvuz #qovun #Surxondaryo #eksport
*****
ПРОДОЛЖАЕТСЯ ЭКСПОРТ БАХЧЕВОЙ ПРОДУКЦИИ

🍈В рамках рабочего визита министра сельского хозяйства Азиза Воитова продолжилось знакомство с сельскохозяйственным потенциалом Сурхандарьинской области. Руководитель профильного министерства обратил особое внимание на факторы развития и прогресса в сфере.

Предприниматель Азамат Мусурманов арендовал 7 гектаров земли и высадил семена арбузов и дынь. Арбуз сорта «Долби», размещенный на 5 гектарах земли, созрел за 70 дней. Планируется собрать по 50 тонн с гектара. Один саженец дает в среднем 18-20 килограммов продукции. Если просто посчитать по рыночной цене, то прибыль должна составить около 500 миллионов сумов с гектара.

#министр #визит #арбуз #дыня #Сурхандарья #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston-24” telekanalining informatsion dasturida “Tomorqa — daromad manbai” mavzusida maxsus reportaj efirga uzatildi. Unda Jizzax viloyatining Forish tumanida 4 000 dan ziyod tomorqa maydonlarining 3 500 gektarida tokzorlar barpo etilgani, yiliga ulardan o‘rta hisobda 15 000 tonna mahsulot olinishi, ushbu hosilning asosiy qismi tabiiy usulda quritish orqali 3 000 tonnadan ziyod soyaki mayiz tayyorlanishi haqida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, reportajda tomorqa madaniyatiga qaratilayotgan e'tibor natijasida hududda so‘nggi yillarda kartoshkachilik va meva-sabzavotchilik sohalari ham jadal rivojlanayotgani ta'kidlangan.

#repost #Ozbekiston_24 #tomorqa

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PILLACHILIK: KICHIK QURTDAN BETAKROR PILLAGACHA

🐛Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

Qisqagina 25 kunlik umri davomida 4 xil ko‘rinishga ega bo‘ladigan jonivor bor – avval tuxum, keyin qurt, g‘umbak va kapalak. Bu – umrida faqat tut bargi yeb, betakror ipak to‘qiydigan ipak qurti. Umuman olganda, ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir bosqich uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya etish talab etiladi.

Ipak qurtlari o‘zining 23-25 kundan iborat qurtlik davridan pilla o‘ragunga qadar 4 marotaba po‘st tashlab, 5 yoshdan iborat davrni bosib o‘tadi. Shundan 1,2,3 yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4-5 yoshini esa katta yoshlari deb ataladi.

#qishloq_xojaligi #Pillachilik #ipak_qurti #pilla

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MISR DELEGATSIYASI BILAN QAND LAVLAGI YETISHTIRISH BORASIDAGI HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
🇺🇿🤝🇪🇬
Poytaxtimizda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov yurtimizga tashrif buyurgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Saviris boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan
uchrashdi.

Uchrashuvda Misr investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistonda qand lavlagini yetishtirish va shakar ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

O‘zbekistonga 2022-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarga teng kundalik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan bo‘lib, uning asosiy qismini go‘sht va don mahsulotlari, kungaboqar yog‘i hamda shakar tashkil etgan.

Ushbu hamkorlik loyihasi uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yer maydonlari bilan tanishish taklif etildi. “Orascom Investment Holding” kompaniyasi vakillari loyihaning dastlabki fazasida taxminan 200-300 mln dollar miqdorida investitsiya kiritilishi, 30-50 ming gektar yer maydonida qand lavlagi yetishtirilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #delegatsiya #eksport #import

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALGIGI SUG‘URTASI BORASIDA HAMKORLIKKA KELISHIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turkiyaning “TARSIM” qishloq xo‘jaligi sug‘urta puli va “Semurg Insurance” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

2006-yildan buyon sug‘urta bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan Turkiya qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi puli (TARSIM) agrosanoat xatarlarini sug‘urtalash sohasida davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik modelini yaratish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. “Semurg Insurance” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi muhim xususiy sug‘urta kompaniyalaridan biri sifatida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha strategik qadamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi xatarlarni samarali sug‘urta qilish tizimini yaratish maqsadida kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro tajriba almashishga kelishib oldilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #sugurta #uchrashuv

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM